III. Bosh barmoqni boshqa barmoqlarga qarshi qo‟Yuvchi muskul (m.
opponens pollicis) m. abductor pollicis ostida joylashgan bo‘lib, retinaculum
flexorum va trapetsiyasimon suyak do‘mbog‗idan boshlanib, I kaft suyagiga
yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlarga qarshi bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: r. palmaris superficialis, a. radialis, arcus palmaris
profundus.
IV. Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul (m. adductor pollicis) III kaft
suyagidan boshlanib, II kaft suyagi ustidan ko‘ndalang yo‘nalib, bosh barmoqning I
falanga suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. ulnaris (CVIII–ThI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: arcus palmaris superficialis et arcus palmaris profundus.
Jimjiloq tomondagi do‟mboq (hypothenor)ni kaftning kalta muskuli, jimjiloqni
uzoqlashtiruvchi muskul, jimjiloqni bukuvchi kalta muskul, jimjiloqni bosh
barmoqlarga qarshi qo‘Yuvchi muskullar hosil qiladi.
Hypothenar muskullari. I. Kaftning kalta muskuli (m. palmaris brevis) teri
ostida joylashadi, u kaft aponevrozi (retinaculum flexorum)ning tirsak tomonidan
boshlanib, teri osti to‘qimasiga qo‘shilib ketadi.
F u n k s i y a s i. Kaft aponevrozini taranglashtirib, terida bir qancha chuqurlik
hosil qiladi.
II. Jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul (m. abductor digiti minimi)
no‘xatsimon suyak va kaftni bukuvchi muskul payidan boshlanib, V barmoqning I
falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Jimjiloqni boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. ulnaris (CVII–ThI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: r. palmaris profundus, a. ulnaris.
III .
Jimjiloqni bukuvchi kalta muskul (m. flexor digiti minimi brevis)
retinaculum flexorum va os hamatum ilmog‗idan boshlanib, jimjiloqning I falanga
asosiga yopishadi.