Ko‟rsatkich barmoqni yozuvchi muskul (m. extensor indicis). Tirsak
suyagining orqa Yuzasidan boshlanib, panjani yozuvchi muskulning ko‘rsatkich
barmoqqa boruvchi payiga qo‘shilib ketadi.
F u n k s i y a s i. Ko‘rsatkich barmoqni yozadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. interosseae posterior.
PANJA MUSKULLARI Panja-kaft Yuzasidagi muskullar 3 guruhga bo‘linib joylashgan.
Bosh barmoq do‟mbog„i (thenar) bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta
muskul, bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul, bosh barmoqni boshqa barmoqlarga
qarshi qo‘Yuvchi va yaqinlashtiruvchi muskullar hosil qiladi.
Thenar muskullari. I. Bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta muskul (m.
abductor pollicis brevis) Yuza joylashgan retinaculum flexorum (yozuvchi muskul
ushlagichi) va qayiqsimon suyak g‗adir-buduridan boshlanib, bosh barmoqning I
falanga suyagi tashqi Yuzasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CV–ThI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: r. palmaris superficialis, a. radialis.
II .
Bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul (m. flexor pollicis brevis) –
retinaculum flexorum (bukuvchi muskul ushlagichi) dan (Yuza qismi) va katta-kichik
trapetsiyasimon hamda boshli suyaklardan (chuqur qismi) boshlanib, bosh barmoq I
falangasining asosiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni bukadi va boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. ulnaris (CVIII–ThI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: r.palmaris profundus, a. ulnaris.
Panja muskullari va sinovial qismlari (kaft Yuzasi).
1–m. pronator quadratus; 2–m. flexor digitorum profundus; 3–m. flexor
digitorum superficialis; 4–retinaculum flexorum (kesilgan); 5–vagina synovialis mm.
flexor communis; 6–vagina synovialis digiti minimi; 7–vaginae synoviales tendinum
digitorum; 8–vagina synovialis tendinis m. flexoris pollicis longi; 9–vagina tendinis
m. flexoris pollicis longi; 10–vagina synovialis tendinis m. flexoris carpi radialis.