Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Panjani bukuvchi Yuza muskul 
(m. flexor digitorum superficialis) yelka 
suyagining medial g‗adir-budur do‘mboqchasi (epicondylus medialis), tirsak 
suyagining tojsimon o‘sig‗i (processus coronoideus) va bilak suyagining Yuqori 
qismidagi old Yuzadan boshlanadi. Kaftdagi muskul payi to‘rtta alohida paylarga 
ajralib, II–V barmoqlarga yaqinlashadi. Har qaysi pay o‘z navbatida ayrisimon ikkita 
payga bo‘linib, barmoq suyaklaridan ikkinchisining ikki Yoniga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarganda II–V barmoqlar buqiladi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CVI–VII) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. radialis, a. ulnaris. 
Bilakning Yuza qavat muskullari. 
1–epicondylus medialis; 2–m. pronator teres; 3–m. flexor carpi ulnaris; 4–m. 
palmaris longus; 5–m. flexor digitorum superficialis; 6–fascia antebrachii; 7–m. 
palmaris brevis; 8–hypothenar; 9–aponeurosis palmaris; 10–fasciculi transversi; 11–
thenar; 12–m.abductor pollicis longi payi; 13–m. flexor pollicis longus; 14–m. flexor 
digitorum superficialis; 15–m. flexor carpi radialis; 16–m. brachioradialis; 17–
aponeurosis m.bicipitis brachii (fascia Pirogowi); 18–m. biceps brachii payi; 19–m. 
brachialis; 20–m. biceps brachii. 
CHUQUR QAVAT MUSKULLARI 
Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul 
(m. flexor pollicis longus) bilak 
suyagining old Yuzasi, yelka suyagining medial g‗adir-budur do‘mboqchasidan 
boshlanib, kaftda retinaculum flexorum (bukuvchi muskul ushlagichi) tagidan o‘tib, 
bosh barmoqning ikkinchi barmog‗i suyagi asosiga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni bukadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CVI–VII) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. radialis, a. interossea anterior. 
Panjani bukuvchi chuqur muskul 
(m. flexor digitorum profundus) shu nomli 
Yuza muskul ostida joylashib, tirsak suyagining oldingi va medial sathi hamda 
suyaklararo pay pardadan boshlanib, bilakning o‘rtasida to‘rtta alohida payga 
bo‘linadi. Panjani bukuvchi Yuza muskul paylari va bilak kanalidan o‘tib 
barmoqlarga borganda II–IV barmoqlarning tirnoq falangasi suyaklariga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Barmoqlarni va kaftni bukadi. 


301 
I n n e r v a t s i y a s i: n. ulnaris, n. medianus (CV–ThI) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. ulnaris, a. radialis. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin