Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Umurtqalarning ko‟ndalang o‟siqlaridan boshlangan tanani aylantiruvchi



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Umurtqalarning ko‟ndalang o‟siqlaridan boshlangan tanani aylantiruvchi 
muskul 
(mm. rotatores) bitta umurtqa tepaga ko‘tarilib, uning o‘tkir o‘sig‗iga 
yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Muskullar qisqarganda tana o‘z o‘qi atrofida aylanadi. 
I n n e r v a t s i y a s i. CIII–SI nervlarning orqa tolalaridan. 
Q o n t o m i r l a r i: aa. lumbales, aa. intercostales posteriores, a. cervicalis 
profunda.
I–II bo‘yin umurtqalari bilan ensa suyagi orasida kalta muskullar chuqur 
joylashgan.
Boshning orqa katta to‟g„ri muskuli 
(m. rectus capitis posterior major) II 
bo‘yin umurtqasining qirralari o‘sig‗idan boshlanib, ensa suyagining pastki g‗adir-
budur chizig‗iga yopishadi. 
Boshning orqa kichik to‟g„ri muskuli 
(m. rectus capitis posterior minor) I 
bo‘yin umurtqasining o‘sig‗idan boshlanib, ensa suyagining pastki g‗adir-budur 
chizig‗iga yopishadi. 
Boshning Yuqori qiyshiq muskuli 
(m. obliquus capitis superior) II bo‘yin 
umurtqasining o‘tkir qirrasidan boshlanadi va I bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang 
o‘sig‗iga yopishadi. Boshning pastki qiyshiq muskuli (m. obliquus capitis inferior) II 


294 
bo‘yin umurtqasining qirrali o‘sig‗idan boshlanib, atlantning ko‘ndalang o‘sig‗iga 
yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskullar ikki tomondan qisqarganda kalla orqaga tortiladi. 
Bir tomonlama qisqarganda kallani o‘sha tomonga bukadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. suboccipitalis (C1)dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. cervicalis profunda. 
Qirralararo muskul 
(m. interspinalis). Bo‘yin va bel sohasida ikkita Yonma-
Yon joylashgan umurtqalarning qirrali o‘siqlari orasida joylashgan.
F u n k s i y a s i. Gavdani tik saqlashda va orqaga bukishda qatnashadi. 
Orqa 
fassiyasi.
Orqada 
Yuza 
va 
Ko‗krak-bel fassiyalari (fascia 
thoracolumbalis) tafovut etiladi. Teri ostida joylashgan orqaning Yuza fassiyalari 
trapetsiyasimon va orqaning serbar muskullarini ustidan o‘raydi. Ko‗krak-bel 
fassiyasi xiyla qalin bo‘lib, ikki varaqqa bo‘linadi. Yuza varag‗i umurtqa pog‗onasini 
tiklovchi muskulning ustki tomonidan o‘tib, bel umurtqalarining o‘tkir qirrali 
o‘siqlariga, Yonbosh suyagi qirrasining oraliq qirrasiga yopishadi. Chuqur varag‗i esa 
shu muskulni ostki tomonidan o‘rab orqaning chuqur muskuliga qin hosil qiladi va 
umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlariga, bel, qovurg‗a boylamiga, XII qovurg‗a hamda 
Yonbosh suyagining qirrasiga yopishadi. 
Fassiyaning chuqur va Yuza varaqlari muskullar tashqi chetida o‘zaro qo‘shilib, 
bitta fassiyani hosil qiladi. 
Ko‗krak-bel fassiyasi Yupqalashib Yuqoriga – Ko‗krak qafasiga o‘tib ketadi.


295 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin