Yonbosh-qovurg„a muskulining bo‟yin qismi (m. iliocostalis cervicis) III, IV
va VI qovurg‗alarning medial qismidan (Yonbosh qovurg‗a muskulining Ko‗krak
qismi yopishgan joyidan ichkariroqda) boshlanib, IV–VI bo‘yin umurtqalarining
ko‘ndalang o‘siqlari orqa do‘mbog‗iga yopishadi.
Uzun muskul (m. longissimus) medial holatda joylashgan bo‘lib, Ko‗krak,
bo‘yin va bosh qismlariga bo‘linadi.
Uzun muskulning Ko„krak qismi (m.
longissimus thoracis) dumg‗aza suyagining orqa Yuzasidan, bel umurtqalari va pastki
Ko‗krak umurtqalari ko‘ndalang o‘siqlaridan boshlanib, pastki 9 ta qovurg‗a
burchagidan ichki qismlariga, Ko‗krak umurtqalarining ko‘ndalang o‘siq uchlariga
yopishadi.
Uzun muskulning bo‟yin qismi (m. longissimus cervicis) I–V Ko‗krak
umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlari uchidan boshlanib, II–VI bo‘yin umurtqasining
ko‘ndalang o‘siqlari orqa do‘mboqlariga yopishadi.
Uzun muskulning bosh qismi (m. longissimus capitis) I–III Ko‗krak va III–VII
bo‘yin
umurtqalarining
ko‘ndalang
o‘siqlaridan
boshlanib,
to‘sh-o‗mrov-
so‘rg‗ichsimon va boshning tasma
muskullari ostidan ko‘tarilib, so‘rg‗ichsimon o‘siqning orqa Yuzasiga yopishadi.
Qirrali muskul (m. spinalis) Ko‗krak va bo‘yin umurtqalarining qirrali o‘siqlari
ustida medial holatda joylashgan, uning Ko‗krak, bo‘yin va bosh qismlari tafovut
etiladi.
Qirrali muskulning Ko„krak qismi (m. spinalis thoracis) I–II bel umurtqalari
va XI–XII Ko‗krak umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqlaridan boshlanib, I–VIII
Ko‗krak umurtqalari o‘siqlariga yopishadi.
Qirrali muskulning bo‟yin qismi (m. spinalis cervicis) I–II Ko‗krak va VII
bo‘yin umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqlaridan va lig.nuchae ning pastki qismidan
boshlanib, III–IV bo‘yin umurtqalari o‘siqlariga yopishadi.