Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №14 
Tananing orqa sohasidagi mushaklar va fassiyalar. Elka kamari mushaklari va 
fassiyalari.
Tananing orqa sohasidagi mushaklar va fassiyalar. (Yuzaki va chuqur) 
Elka kamari mushaklari va fassiyalari. 
Trapetsiyasimon muskul 
(m. trapezius) uchburchak shaklli serbar muskul 
bo‘lib, ensa suyagining g‗adir-budur chizig‗i ensa boylami (lig. nuchae)dan, barcha 
Ko‗krak umurtqalarining qirrali o‘siqlaridan boshlanadi. O‗mrov suyagining 
akromial tomondagi qismiga kurakning baland qirrasi (spina scapulae) yopishadi. 
O‘ng va chap tomondagi muskullar birgalikda trapetsiyaga o‘xshaydi. Muskullarning 
Yuqori tutamlari Yuqoridan pastga, o‘rta tutamlari ko‘ndalang, pastki tutamlari 
pastdan Yuqoriga ko‘tariladi.
F u n k s i y a s i. Muskulning Yuqori qismi qisqarganda yelka kamarini (kurak 
va o‗mrov suyaklarini) Yuqoriga ko‘taradi. Qo‘lni Yuqoriga ko‘tarishda qatnashib, 
kurakning pastki burchagini tashqariga tortadi. Trapetsiyasimon muskullarning pastki 
qismi qisqarsa, kurak pastga tortiladi. Ikki tomondagi muskulning hamma tolalari 
qisqarsa, ikkala kurak bir-biriga (umurtqa pog‗onasiga) yaqinlashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n.accessorius XI va
CII–CIV plexus cervicalis dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a.transversa colli, a.occipitalis, a.suprascapularis, 
aa.intercostales posteriores. 
Orqaning serbar muskuli 
(m. latissimus dorsi) orqa tomonning pastki qismini 
qoplab, teri ostida (Yuzada) yotadi. Bu muskul pastki to‘rtta ko`krak umurtqasining, 
barcha bel umurtqalarining qirrali o‘siqlaridan, Yonbosh suyagining tashqi qirrasidan 
va pastki to‘rtta qovurg‗adan boshlanadi. Muskul tolalari pastdan Yuqoriga va lateral 
tomonga yo‘nalib yig‗ilib, asta-sekin xipcha tog‗ayga o‘tadi va yelka suyagining 
kichik g‗adir-budur qirrasi (crista tuberculi minoris)ga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarib Yuqoriga ko‘tarilgan qo‘lni pastga, orqaga 
tortadi. Agar qo‘l qimirlamay tursa, Ko‗krak qafasi kengayadi, tana qo‘lga 
yaqinlashadi. 


286 
I n n e r v a t s i y a s i: n.thoracodorsalis, subscapularis (CIV–CVII)dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. trasnversa colli, a. cervicalis superficialis, a.cervicalis 
ascendens. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin