284
tashqi (annulus inguinalis superficialis) teshigi, to‘rtta devori bor. Chov kanalining
ichki chuqur teshigi qorin devorining lateral tomonida (lateral Chov chuqurchasi
sohasida) joylashgan bo‘lib, qorin bo‘shlig‗i tomonidan qorin fassiyasi (fascia
transversalis)ning qalin tortib chuqurlashgan voronkasimon qismi bilan qoplangan.
Kanalning tashqi (Yuza) teshigi to‘rtta devor bilan chegaralanib turadi.
Jumladan
lateral va medial devorlari qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozining ikkiga
ajralgan qismi (aponevroz oyoqchalari) dan iborat. Medial aponevroz oyoqcha (crus
mediale) qov birlashmasiga, lateral oyoqcha (crus laterale) esa qov do‘mboqchasi –
tuberculum pubicum ga yopishadi. Aponevroz
oyoqchalar tepa tomondan
oyoqchalararo fibroz tolalar (fibrae intercruralis) bilan birlashsa, past tomondan
qaytuvchi boylam (lig. reflexum) bilan chegaralanadi.
Chov kanali pastki devorini Chov boylami (lig. inguinale),
oldingi devorini
qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozining Chov sohasi, Yuqoridan qorinning ichki
qiyshiq muskuli bilan ko‘ndalang muskullarning pastki tutamlari, orqa devorini esa
qorin fassiyasi (fascia transversalis) chegaralab turadi.
Chov kanali qorin devorining eng bo‘sh qismlaridan bo‘lib, qorin bo‘shlig‗i
bosimi oshganda (ko‘proq ayollarda) kanal orqali churra tushishi mumkin.
96.
Chov kanali
1–m.
rectus abdominis; 2–vagina m. recti (oldingi varag‗i kesilgan); 3–
pyramidalis; 4–crus mediale; 5–fibrae intercrurales; 6–falx inguinalis; 7–crus laterale;
8–lig. reflexum; 9–m. cremaster; 10–hiatus saphenus; 11–crus mediale; 12–crus
laterale; 13–lig.inguinale reflexum; 14–aponeurosis m.
obliqui externi abdominis
(kesib ajratilgan); 15–m. obliquus internus abdominis; 16–m. obliquus externus
abdominis (kesilgan).
285
Chov kanalining ichki teshigi.
Dostları ilə paylaş: