Ko„krak fassiyasi . Ko‗krak muskullarida uchta: Yuza, xususiy va Ko‗krak
qafasining ichki Yuzasini qoplovchi fassiya tafovut qilinadi, ulardan biri teri osti yog‗
qavatining ostida joylashib, Ko‗krak muskullarini ustki tomondan qoplab, qo‘shni
soha tomonga yo‘naladi. To‘sh suyagi ustki pardasi tepada, ichki tomondan o‗mrov
ustki pardaga, tashqarida fascia deltoidea ga qo‘shilib ketadi. Ko‗krak xususiy
fassiyasi Ko‗krak katta muskulining tepa qirrasiga kelganda ikki varaqqa ajralib,
muskulni old va orqa tomondan o‘rab, qin hosil qiladi. Xususiy fassiyaning chuqur
varag‗i o‗mrov-Ko‗krak fassiyasi (fascia clavipectoralis) Ko‗krakning kichik muskuli
bilan o‗mrov osti muskuli sohasiga yaqinlashib, qalinlashadi. Ko‗krakning chuqur va
Yuza (teri osti) varaqlari – m. pectoralis major pastki chetida o‘zaro qo‘shilgach,
qo‘ltiq ostiga fascia axillaris bo‘lib o‘tadi. Ko‗krakning ichki fassiyasi (fascia
endothoracica) Ko‗krak qafasining devorini ichki tomondan o‘rab turadi.
QORIN MUSKULLARI Qorin Ko‗krak qafasining pastki hamda Chanoqning ustki chegarasi (teshigi)
o‘rtasida joylashgan. Qorin bo‘shlig‗ini old, ikki Yonbosh va qisman orqa tomondan
qorin muskullari qoplab turadi.
Qorinning tashqi qiyshiq muskuli (m. obliquus externus abdominis) Ko‗krak
qafasining pastki sakkizta qovurg‗asidan tishlar orqali boshlanadi. Muskulning pastki
tutamlari Yonbosh qirrasining tashqi labiga yopishadi. Qolgan o‘rta qismidagi
muskul tolalari yassi payga aylanib, qorinning to‘g‗ri muskuli ustidan o‘tib, qarama-
qarshi tomondagi shu nomli muskul payi bilan o‘rta chiziqda tutashadi va oq chiziq
(linea alba) ni hosil qiladi.
Qorin tashqi muskul payining bir qismi Yonbosh suyagining oldingi tepa do‘ngi
(spina iliaca anterior superior) bilan qov suyagining do‘mboqchasi (tuberculum
pubicum) o‘rtasida taranglashib, qalinlashadi va ichkarida tarnovsimon ariqcha hosil
qilib tutashadi. Shunday qilib, Chov boylami (lig. inguinale) hosil bo‘ladi. Bu boylam
tuberculum pubicum ga birlashishdan oldin ikki oyoqchaga bo‘linadi. Ulardan medial
oyoqcha – crus mediale qov simfiziga yopishsa, lateral oyoqcha – crus laterale
tuberculum pubicum ga yopishadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (Th V–XII), n. iliohypogastricus, n.
ilioinguinalis (Th III–LI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores, a. thoracica lateralis, a.
circumflexa ilium superficialis.