Qorinning ichki qiyshiq muskuli (m. obliquus internus abdominis) tashqi
qiyshiq muskuli ostida joylashgan bo‘lib, Yonbosh suyagining qirrasi, Chov
boylamining tashqi 2/3 qismi va Ko‗krak-bel fassiyasi (fascia thoracolumbalis) dan
boshlanib, yelpig‗ichga o‘xshab Yuqoriga ko‘tariladi va XII, XI, X qovurg‗alarga
yopishadi. Muskul tolalarining pastki tutamlari qorin to‘g‗ri muskuli chetiga
yaqinlashganda serbar pay (aponevroz)ga aylanadi va ikki varaqqa bo‘linadi.
Aponevrozning oldingi varag‗i qorin to‘g‗ri muskuli (m. rectus) ning old tomonidan,
orqa varag‗i esa muskulning orqa tomonidan o‘tib, muskulning medial qirrasida
qo‘shilib, yana bitta payga aylanadi va qorinning oq chizig‗i (linea alba) ni hosil
qilishda qatnashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. Intercostales (Th VI–XII), n. iliohypogastricus (Th
XII–LI), n. ilioinguinalis (LI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores, aa. epigactricae inferior et
superior, a. musculophrenica.
Qorinning ko‟ndalang muskuli (m. transversus abdominis). Muskul tolalari
ko‘ndalang yo‘nalib pastki oltita qovurg‗aning ichki Yuzasidan, Ko‗krak-bel
fassiyasi (fascia thoracolumbalis) ning chuqur varag‗i, Yonbosh suyagi qirrasi va
Chov boylamining tashqi 2/3 qismidan boshlanib, qorin devorining old qismida
serbar payga aylanadi va qorin to‘g‗ri muskulining orqa tomonidan o‘tib, qarama-
qarshi joylashgan shu nomli aponevroz bilan tutashadi hamda qorinning oq chizig‗ini
hosil qiladi.
Qorin ko‘ndalang muskulini ichkari tomondan qorinning ko‘ndalang fassiyasi
qoplab turadi.
Qorinning ichki qiyshiq muskuli va ko‘ndalang muskullarning pastki qismidan
m. cremaster (moyakni ko‘taruvchi muskul) ajraladi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (ThVII–XII), nn. iliohypogastricus et
ilioinguinalis (ThXII–LI)dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales, aa. epigastricae superior, a.
musculophrenica.