Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Qorinning ichki qiyshiq muskuli 
(m. obliquus internus abdominis) tashqi 
qiyshiq muskuli ostida joylashgan bo‘lib, Yonbosh suyagining qirrasi, Chov 
boylamining tashqi 2/3 qismi va Ko‗krak-bel fassiyasi (fascia thoracolumbalis) dan 
boshlanib, yelpig‗ichga o‘xshab Yuqoriga ko‘tariladi va XII, XI, X qovurg‗alarga 
yopishadi. Muskul tolalarining pastki tutamlari qorin to‘g‗ri muskuli chetiga 
yaqinlashganda serbar pay (aponevroz)ga aylanadi va ikki varaqqa bo‘linadi. 
Aponevrozning oldingi varag‗i qorin to‘g‗ri muskuli (m. rectus) ning old tomonidan, 
orqa varag‗i esa muskulning orqa tomonidan o‘tib, muskulning medial qirrasida 
qo‘shilib, yana bitta payga aylanadi va qorinning oq chizig‗i (linea alba) ni hosil 
qilishda qatnashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: nn. Intercostales (Th VI–XII), n. iliohypogastricus (Th 
XII–LI), n. ilioinguinalis (LI) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores, aa. epigactricae inferior et 
superior, a. musculophrenica. 
Qorinning ko‟ndalang muskuli 
(m. transversus abdominis). Muskul tolalari 
ko‘ndalang yo‘nalib pastki oltita qovurg‗aning ichki Yuzasidan, Ko‗krak-bel 
fassiyasi (fascia thoracolumbalis) ning chuqur varag‗i, Yonbosh suyagi qirrasi va 
Chov boylamining tashqi 2/3 qismidan boshlanib, qorin devorining old qismida 
serbar payga aylanadi va qorin to‘g‗ri muskulining orqa tomonidan o‘tib, qarama-
qarshi joylashgan shu nomli aponevroz bilan tutashadi hamda qorinning oq chizig‗ini 
hosil qiladi. 
Qorin ko‘ndalang muskulini ichkari tomondan qorinning ko‘ndalang fassiyasi 
qoplab turadi. 
Qorinning ichki qiyshiq muskuli va ko‘ndalang muskullarning pastki qismidan 
m. cremaster (moyakni ko‘taruvchi muskul) ajraladi. 
I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (ThVII–XII), nn. iliohypogastricus et 
ilioinguinalis (ThXII–LI)dan. 
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales, aa. epigastricae superior, a. 
musculophrenica. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin