279
Ko„krakning ko‟ndalang muskuli
(m. transversus thoracis) to‘sh suyagining
ichki Yuzasidan ko‘ndalang yo‘nalgan tolalaridan boshlanib, II–VI qovurg‗alarning
tog‗ay qismiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. To‘sh-qovurg‗alar Bo‗g‗imini mustahkamlaydi, qovurg‗alarni
pastga tortib nafas chiqarishda qatnashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (ThII–ThVI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. thoracica interna.
KO„KRAK-QORIN TO‟SIG„I – DIAFRAGMA
Ko‗krak-qorin to‘sig‗i – diafragma (diaphragma)
Yupqa muskuldan tuzilgan
bo‘lib, Ko‗krak qafasi tomonga gumbaz hosil qilib joylashgan. Diafragmaning o‘rta
(markaz) qismi (centrum tendineum) paydan tuzilgan. Chetlari muskul tolalaridan
iborat bo‘lib, bel, qovurg‗a va to‘sh qismlari tafovut qilinadi.
Bel qismidagi (pars lumbalis) ikkita o‘ng va chap oyoqcha (crus dextrum et
sinistrum) umurtqa pog‗onasi bilan aorta va uning
orqasidan ductus thoracicus
o‘tadigan uchburchak shaklli oraliq (hiatus aorticus) ni hosil qiladi. Bo‘shliq chetlari
pay plastinkalari bilan qoplangani uchun diafragma harakati aortaga ta‘sir etmaydi.
Bundan tashqari, o‘ng va chap tomondagi oyoqchalar oralig‗idan nn. splanchnici, v.
azygos, v. hemiazygos va simpatik nerv stvollari o‘tadi. Diafragmaning o‘ng va chap
oyoqchalari aorta oldida o‘zaro qo‘shilib Yuqoriga bir oz ko‘tarilgach, yana ajralib
qizilo‘ngach va adashgan nervlar o‘tishi uchun teshik (hiatus esohpageus) hosil etadi.
Teshik atrofini o‘ragan muskul tolalari qisqarib-ochilib, qizilo‘ngachdan
ovqatning
o‘tishini tartibga soladi.
Qovurg‗a (pars costalis) bilan bel qism (pars lumbalis) oralig‗idagi uchburchak
yoriq (trigonum lumbocostale) Ko‗krak bo‘shlig‗i fascia endothoracica va plevra
bilan o‘ralgan qorin bo‘shlig‗i tomonidan fascia subperitonealis biriktiruvchi to‘qima
parda orqali qoplangan. Ba‘zan qorin bo‘shlig‗ida
bosim haddan tashqari oshib
ketganda, ichak yoki qorin charvisi ana shu teshiklar orqali Ko‗krak bo‘shlig‗i
tomoniga yo‘nalib, diafragma churrasi Yuzaga kelishi mumkin.
Diafragma.
1–aorta; 2–m. transversospinalis; 3–m. erector spinae; 4–m. latis simus dorsi; 5–
m. serratus anterior; 6–centrum tendenium; 7–obliquus
externus abdominis; 8–m.
rectus abdominis; 9–pars sternalis diaphragmatis; 10–pars costalis diaphragmatis; 11–
pars lumbalis diaphragmatis; 12–v. cava inferior; 13–m. trapezius; 14–esophagus.
Qovurg‗a bo‘lagi (pars costalis) VII–XII qovurg‗alar tog‗ayidan boshlanib,
diafragma pay tomoniga qarab yo‘naladi. To‘sh qismi (pars sternalis) xanjarsimon
280
o‘siq qismidan boshlanib, diafragma markazi tomon yo‘naladi. Qovurg‗a-to‘sh qismi
oralig‗ida joylashgan teshik (trigonum sternocostale)dan a. thoracica o‘tadi.
Diafragma pay qismining o‘ng tomonida pastki kavak vena o‘tadigan teshik (foramen
venae cavae) joylashgan.
F u n k s i a s i. Diafragma qisqarib gumbazi yassilanadi va Ko‗krak
qafasi
kengayib, nafas olishga yordam beradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. phrenicus (CIII–V), (ThVII–XII), nn. intercostales,
plexus solaris dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. pericardiacophrenica, a. phrenica superior, a. phrenica
inferior, a. musculophrenica, aa. intercostales posteriores.
Dostları ilə paylaş: