Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №13 
Ko„krak mushaklari va fassiyalari. Diafragma. qorin sohasidagi mushaklar va 
fassiyalar. Qorin soxasining topografiyasi: qorin to„g„ri mushagining qini, oq 
chiziq, Chov kanali. 
Ko‗krak mushaklari va fassiyalari. Diafragma. Qorin soxasidagi 
mushaklar va fassiyalar. Qorin soxasining topografiyasi: qorin to‗g‗ri mushagining 
qini, oq chiziq, Chov kanali. 
Tananing old tomonidagi muskullar Ko‗krak va qorin muskullaridan tashkil 
topgan. 
Ko„krak muskullari. 
Ko‗krak muskullari ikki guruhdan tuzilgan bo‘lib, 
birinchi guruh Yuza – serbar muskullardan iborat. Ikkinchi guruh muskullari esa 
chuqur joylashgan Ko‗krak qafasining xususiy muskullaridir. 
Ko‗krak qafasining Yuza muskullari deb, embrion rivojlanishi jaraYonida 
avvalo qo‘lda paydo bo‘lib, keyin Ko‗krak qafasiga ko‘chgan muskullarga aytiladi. 
Ko„krakning katta muskuli 
(m. pectoralis major) o‗mrov suyagining medial 
qismi (pars clavicularis)dan, to‘sh suyagining dastasidan, II–VII qovurg‗alarning 
tog‗ay qismi (pars sternocostalis) va qorin to‘g‗ri muskuli qinining oldingi devori 
(pars abdominalis)dan boshlanib, yelka suyagi katta do‘mbog‗ining g‗adir-budur 
qirrasi (crista tuberculi majoris)ga yopishadi. Bu muskul deltasimon muskuldan 
deltasimon Ko‗krak egati bilan ajraladi. 
F u n k s i y a s i. Yuqoriga ko‘tarilgan qo‘lni pastga tortadi va Ko‗krakka 
yaqinlashtiradi. Pastga tushirilgan qo‘l esa ichkariga buriladi. Qo‘l qimirlamagan 
paytda qovurg‗alarni ko‘tarib, nafas olishga yordam beradi. 
I n n e r v a t s i y a s i: nn. pectorales lateralis et medialis (CV–VIII)dan. 
Qon tomirlari: a. thoracoacromialis, aa. intercostales posteriores, a. thoracica 
lateralis, rr. intercostales anteriores. 


277 
Ko„krakning kichik muskuli 
(m. pectoralis minor) Ko‗krakning katta muskuli 
ostida yotadi. II–V qovurg‗alardan boshlanib, kurakning tumshuqsimon o‘sig‗i 
(processus coracoideus)ga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarib yelka kamarini pastga tortsa, qo‘l qimirlamay 
turganda qovurg‗alarni ko‘tarib, Ko‗krak qafasini kengaytiradi, nafas olishga 
yordamlashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. pectorales medialis et lateralis (CVII–ThI)dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. thoracoacromialis.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin