Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

OYOQ KAFTI BOYLAMLARI 
Oyoq panjasidagi suyaklar har xil bo‘lganidan xilma-xil Bo‗g‗imlar hosil qiladi. 
Oyoq panjasida quyidagi Bo‗g‗imlar va boylamlar bor. 
1. Articulatio subtalaris (oshiq ostidagi Bo‗g‗im) oshiq suyagining pastki 
tomonidagi orqa Bo‗g‗im Yuzasi bilan tovon suyagining ustki orqa Bo‗g‗im Yuzasi 
qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bo‗g‗im xaltasi erkin joylashgan va to‘rt tomondan 
boylamlar bilan mustahkamlangan. Bu Bo‗g‗imdagi harakat chegaralangan sagittal 
o‘q atrofida bo‘ladi. 
2. Articulatio calcaneonavicularis (oshiq-tovon, qayiqsimon suyaklar o‘rtasidagi 
Bo‗g‗im) tovon suyagining old tomondagi ustki Bo‗g‗im Yuzasi, oshiq suyagining 
old tomonidagi ostki Bo‗g‗im Yuzasi va boshi hamda qayiqsimon suyakning chuqur 
Bo‗g‗im Yuzasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 
Bo‗g‗im xaltasi ana shu aytilgan uchta suyakning Bo‗g‗im Yuzalari chetiga 
yopishgan bo‘ladi. Bu Bo‗g‗im sirtdan quyidagi boylamlar bilan mustahkamlanadi: 
a) lig. talocalcaneum interosseum (oshiq-tovon suyaklari oralig‗idagi boylam) 
ikki suyakning bir-biriga qaragan Yuzalari o‘rtasidagi egatlar qo‘shilishidan hosil 
bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirib turadi va ikkala suyakni birlashtiradi;
b) lig. calcaneonaviculare plantare – tovon va qayiqsimon suyaklar o‘rtasidagi 
kaft boylami, tovon suyagi tanasining oldingi tomonidan boshlanib, qayiqsimon 
suyakning ichki chetiga yopishadi; 


271 
d) lig. talonaviculare (oshiq va qayiqsimon suyaklar o‘rtasidagi boylam) 
panjaning ust tomonida oshiq suyagi bilan qayiqsimon suyak o‘rtasida tortilgan;
Oshiq-boldir Bo‗g‗imi, oyoq kaftining boylamlari. 
1–malleous medialis; 2–articulatio talocruralis (kesilgan); 3–lig. mediale 
(deltoideum,pars tibianavicularis); 4–lig. talonaviculare; 5–lig. calcaneonaviculare; 
6–lig. calcaneocuboideum (5, 6 boylamlar qo‘shilib, lig. bifurcatum bo‘ladi); 7–lig. 
cuneonavicularia dorsalis; 8–capsula articulationis metatarsophalangeae I; 9–capsula 
articulationis 
hallucis 
interphalangeae; 
10–ligg. 
collaterale; 
11–articulatio 
metatarsophalangea IV; 12–ligg. metatarsea dorsalis; 13–ligg. tarsometatarsea 
dorsalis; 14–lig. cuneocuboidum dorsale; 15–lig. talocalcancum interosseum; 16–lig. 
talocalcaneum laterale; 17–lig. calcaneofibulare; 18–malleolus lateralis; 19–lig. 
talofibulare anterius; 20–lig. tibiofibulare anterius; 21–membrana interossea cruris. 


272 
e) lig. tibionaviculare (katta boldir suyagi bilan qayiqsimon suyak o‘rtasidagi 
boylam) katta boldir suyagi to‘pig‗idan boshlanib, qayiqsimon suyakning ichki-tepa 
Yuzasiga yopishadi. 
Bo‗g‗im sharsimon bo‘lsa ham unda harakat, asosan, sagittal o‘q atrofida 
bo‘ladi. Sagittal o‘q tovon suyagi bo‘ylab qayiqsimon suyak tomon o‘tgan bo‘lib, 
panja shu o‘q atrofida ichkariga va tashqariga salgina buriladi. Bundan tashqari, panja 
ichki va tashqi tomonga aylanganda, shuningdek, Yuqori va pastga bukilganda ham 
bu Bo‗g‗imda harakat sodir bo‘ladi. 
3. Articulatio calcaneocuboidea (tovon-kubsimon suyak Bo‗g‗imi) tovon 
suyagining old tomondagi Yuzasi bilan kubsimon suyakning orqa tomonidagi 
Bo‗g‗im Yuzasi o‘rtasida vujudga keladi. Bo‗g‗im xaltasi Bo‗g‗im Yuzalarining 
chetlari bo‘ylab tarang tortilgan va ikki tomonda joylashgan boylamlar bilan 
mustahkamlangan. Boylamlarning kaft tomonidagi lig. calcaneocuboideum plantare 
katta va kuchli bo‘lib, uzun kaft boylami – lig. plantare longum ning tagida 
joylashadi. Bu so‘nggi boylam tovon suyagidan boshlanib, uning sirtqi uzun tolalari 
kaft suyaklarining II va V sigacha bo‘lgan asosiga va kubsimon suyakka yopishadi. 
Odatda, articulatio calcaneocuboidea bilan uning qatoridagi ikkinchi Bo‗g‗im 
articulatio talonaviculare ni birgalikda bitta umumiy nom bilan, ya‘ni ko‘ndalang kaft 
usti Bo‗g‗imi – articulatio tarsi transversae (yoki Shopar Bo‗g‗imi) deb atash 


273 
mumkin. Bu ikki Bo‗g‗im bir-biridan oldinma-keyin joylashgani sababli ko‘ndalang 
turgan lotincha ―S‖ harfini eslatadi. 
Shopar Bo‗g‗imi ayrisimon boylam – lig. bifurcatum bilan tashqi tomondan 
mustahkamlanadi. Boylam tovon suyagining tashqi Yuzasidan boshlanib ikkiga 
bo‘linadi. Ularning biri – lig. calcaneonaviculare qayiqsimon suyakning ustki chetiga, 
ikkinchisi lig. calcaneocubodeum kubsimon suyakning ustki Yuzasiga yopishadi. 
Biror sabab bilan oyoq panjasining oldingi qismini shu Shopar Bo‗g‗imidan ajratish 
kerak bo‘lib qolsa, ayrisimon boylamni kesmasdan turib, bu Bo‗g‗imni ajratish qiyin. 
Shunga ko‘ra ayrisimon boylam Shopar Bo‗g‗imining kaliti hisoblanadi.Bo‗g‗im 
egarsimon bir o‘q atrofida salgina (ichkariga va tashqariga) harakat qiladi. nechta 
suyaklar ishtirokida paydo bo‘lishiga qaramay, umumiy bitta xalta bilan o‘ralgan. U 
har tarafdan bir suyakdan ikkinchisiga o‘tuvchi va shu suyaklarning nomi bilan 
ataluvchi ko‘p sonli (ligg. cuneonavicularia plantaria et dorsalia, ligg. 
intercuneiformia interossea va ligg. intercuneiformia dorsalia et plantaria) boylamlar 
vositasida mustahkamlanadi. Suyaklar oralig‗idagi torgina Bo‗g‗im bo‘shlig‗i bir-biri 
bilan 
tutashgan.
Oyoq kaftining Bo‗g‗imlari va boylamlari. 
1–lig. vaginale; 2–ligg. plantaria; 3–articulatio tarsometatarsea I; 4–m. peronei 
longi payi; 5–ligg. cuneonavicularia plantaria; 6–m. tibialis anterioris payi; 7–lig. 
cuboideonaviculare plantare; 8–m. tibialis posterior payi; 9–lig. calcaneo naviculare 
plantare; 10–m. flexor digitorum longi payi; 11–m. flexor hallucis longi payi; 12–
lig. plantare longum; 13–m. peroneii longi payi; 14–m. peronei brevis; 15–ligg. 
metatarsea plantaria; 16–ligg. collateralia; 17–articulatio metatarsophalangea; 18– 
articulatio interphalangea pedis; 19–capsula articularis (digiti). 
4. Articulationes tarsometatarseae (kaft usti va kaft suyaklari o‘rtasidagi 
Bo‗g‗imlar) uchta ponasimon va kubsimon suyaklarning proksimal uchlaridagi 
Bo‗g‗im Yuzalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu Bo‗g‗imlar birga qo‘shilib 
Lisfrank Bo‗g‗imi deb ham ataladi. 


274 
Birinchi ponasimon suyak bilan bosh barmoqning kaft suyagi o‘rtasidagi 
Bo‗g‗imning shakli egarsimon bo‘lib, alohida xalta bilan o‘ralgan. Ikkinchi va 
uchinchi ponasimon suyaklar o‘rtasidagi ikki Bo‗g‗im bitta xalta bilan, qolgan 
ikkitasi IV–V kaft suyaklari bilan kubsimon suyak o‘rtasidagi ikki Bo‗g‗im ham bitta 
xalta bilan o‘ralgan. 
Shunday qilib, ikki qator suyaklar oralig‗idagi Lisfrank Bo‗g‗imi ko‘ndalangiga 
yoy shaklida o‘rtasi Yuqoriga ko‘tarilgan, ikki cheti pastga tomon egilgan bo‘lib, 
harakat juda ham chegaralanganidan yarim Bo‗g‗imlar guruhiga kiradi. Bu 
Bo‗g‗imlarning har biri ust tomondan lig. tarsometatarsea dorsalia, kaft tomondan lig. 
tarsometatarsea plantaria va ikki Yon tomondan lig. tarsometatarsea interossea bilan 
mustahkamlangan.
Bo‗g‗im xaltalari ichidagi torgina bo‘shliqlar kaft suyaklarining Yon oraliqlariga 
ham kiradi. Shuning uchun II, III, IV va V kaft suyaklarining bir-biriga qaragan Yon 
Yuzalari o‘rtasidagi Bo‗g‗imlarga art. intermetatarseae deb nom berilgan. Bu so‘nggi 
Bo‗g‗imlar ust va ost (kaft) tomonlarda bir suyakdan ikkinchi suyakka ko‘ndalang 
o‘tuvchi lig. metatarsea interossea dorsalia va lig. metatarsea interossea plantaria 
boylamlari bilan mustahkamlanadi. 
5. Articulationes metatarsophalangeae – kaft suyaklari bilan barmoq suyaklari 
o‘rtasidagi Bo‗g‗imlar xuddi qo‘l panjasidagi singari kaft suyaklarining boshchalari 
bilan birinchi barmoq suyaklarining ustki uchlaridagi chuqurcha birlashishidan hosil 
bo‘ladi. Har qaysi Bo‗g‗imning xaltasi Bo‗g‗im Yuzalarining cheti (chegarasi) 
bo‘ylab erkin tortilgan. Bu Bo‗g‗imlarning ikki Yon tomonida joylashgan lig. 
collateralia va kaft tomondagi lig. plantaria dir. Beshta kaft suyaklarining 
boshchalarini ko‘ndalangiga tortilgan boylamlar (lig. metatarseum transversum 
profundum) ushlab turadi. 
Bu Bo‗g‗imlarda harakat ko‘ndalang o‘q atrofida Yuqori va pastga bukilsa, tikka 
o‘q atrofida barmoqlar uzoqlashib, yaqinlashadi. Bu harakatlar anchagina 
chegaralangan. Lekin qo‘lga nisbatan oyoqda barmoqlarning Yuqoriga tomon 
bukilishlari (ayniqsa, panjalarning uchi pastga qaratilgan holda) kuchli va ancha erkin 
sodir bo`ladi. 
6. Articulatio cuneocuboideonavicularis – ponasimon suyaklarning orqa 
Bo‗g‗im Yuzalari bilan qayiqsimon suyakning oldingi Bo‗g‗im Yuzasi hamda 
kubsimon suyakning medial tomonidagi Bo‗g‗im Yuzasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 
Bu Bo‗g‗im bir barmoqlarning Yuqoriga tomon bukilishlari (ayniqsa panjaning uchi 
pastga qaratilgan holda) kuchli va ancha erkin sodir bo‘ladi. 
7. Articulationes interphalangeae barmoq suyaklari (falangalari) o‘rtasidagi 
Bo‗g‗imlar xuddi qo‘ldagi barmoqlar oraliq Bo‗g‗imlariga o‘xshab tuzilgan. 
Umuman oyoq panjasi bajaradigan vazifasiga ko‘ra qo‘l panjasidan ancha farq 
qiladi. Odam og‗irligi faqat oyoqqa tushishi sababli oyoq panjasidagi suyaklarning 
shakli va joylashish tartibi ham o‘zgaradi. Masalan, qadam tashlash vaqtida gavda 
og‗irligini yengillatish va oyoqning yerga tegish vaqtidagi zarbni organizmga 
sezdirmaslik uchun oyoq [oyoq panjasiga ichki (medial) tomondan qaralsa] kaft 
suyaklarining oldingi (pastki) uchlari bilan tovon suyagining orqa do‘ngi yerga 
qadaladi va ikki punkt oralig‗i yerdan anchagina ko‘tarilib, gumbaz holiga kiradi. 
Tashqi (lateral) tomondan qaraladigan bo‘lsa, bunday holatni ko‘rmaymiz, chunki 
panjaning tashqi cheti ham yerga tegib turadi. 


275 
Gumbaz hosil bo‘lishida uzun kaft boylami – lig. plantare longum bilan oyoq 
tagidagi muskullarning katta ahamiyati bor. Agar shu omillar (boylam va muskullar) 
bo‘shashsa, oyoq gumbazi yo‘qolib, yalpoq panja vujudga keladi, bu esa Yurishni 
qiyinlashtiradi. 
Oyoq gumbazi Yurish paytida orqada qolgan oyoqni oldinga tashlash uchun 
ko‘tarish paytida gavdaning og‗irligini oyoqqa tushiradi va gumbaz eziladi, so‘ngra 
gumbaz sekin-asta bo‘shashib, gavdani oldingi tomonga (xuddi ressor singari) 
yo‘naltiradi, Yurishni osonlashtiradi. Oyoq panjasidagi suyak, muskul, pay, qon 
tomir va nervlarni ezilishdan saqlaydi. Ana shuning uchun ham oyoq gumbazi yassi 
(yassi panjali) kishilar uzoq masofaga Yura olmay tez charchaydilar. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin