Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

CHANOQ HAQIDA UMUMIY MA‟LUMOTLAR 
Yuqorida aytib o‘tilgan uchta birlashishdan hosil bo‘lgan, katta va kichik 
Chanoq deb Yuritiladigan (pelvis major et pelvis minor) ikki qismga bo‘linadi. Ularni 
chegaralovchi linea terminalis chizig‗i ajratib turadi. Chegaralovchi chiziq ikki 
tomondan Yonbosh suyagining ravoqsimon chizig‗i (linea arcuata), old tomondan esa 
qov ustki qirg‗og‗ining bir-biri bilan birlashishidan hosil bo‘ladi. 
Katta Chanoq ikki Yon tomondan Yonbosh suyaklarining qanotlari va orqa 
tomondan pastki ikkita bel umurtqasining tanasi bilan o‘ralgan bo‘lib, old tomoni 
suyakdan xoli, ochiq, faqat qorin devori muskullarining pastki qismidan iborat. Katta 
Chanoq bo‘shlig‗i qorin bo‘shlig‗ining davomi hisoblanadi va u yerda bir qancha 
a‘zolar joylashadi.
Katta va kichik Chanoqlarni ajratuvchi chiziq bilan chegaralangan teshik kichik 
Chanoqning ustki teshigi – apertura pelvis superior yoki katta Chanoqning pastki 
chegarasidan iborat bo‘ladi. Dum suyagi lig. sacrotuberale, quymich do‘mbog‗i, 
quymich va qov suyaklarining pastki shoxlari hamda lig. arcuatum pubis lar bilan 
chegaralangan teshik kichik Chanoqning pastki (chiqish) teshigi – apertura pelvis 
inferior deyiladi. Ana shu ustki va ostki teshiklar o‘rtasi kichik Chanoq bo‘shlig‗i 
(yoki Chanoq bo‘shlig‗i) – cavum pelvis bo‘lib, unda siydik va tanosil a‘zolari, 
yo‘g‗on ichakning bir qismi va to‘g‗ri ichak joylashgan. 
Kichik Chanoqning atrof devori bir xil kattalikda va tekislikda emas. Orqa 
devorni dumg‗aza va dum suyaklari tashkil qilganidan uzun va keng bo‘ladi. Ikki 
Yon devorini Yonbosh, qov va quymich suyaklarining tanalari o‘zaro qo‘shilgan 
soha, ya‘ni quymich kosasi sohasi va shu atrofdagi boylamlar tashkil qiladi. Eng kalta 
devor – old devor bo‘lib, u faqat qov suyaklari va simfizdan iborat. 
Chanoq shakli va katta-kichikligi tegishli o‘lChovlar bilan aniqlanadi.
Katta Chanoqning old tomoni ochiq bo‘ladi, shu sababli uning faqat ko‘ndalang 
masofalarini o‘lchash mumkin. Ko‘ndalang masofa uch joydan o‘lchanadi: 
1) ikki Yonbosh suyagi oldining ustki o‘siqlari (spina iliaca anterior superior) 
oralig‗i (distantia spinarum) –25–27 sm; 
2) ikki Yonbosh suyagining ustki qirralari (crista iliaca) oralig‗i (distantia 
cristarum) – 28–29 sm; 
A

A - Erkaklar chanog‗i (pelvis masculinum). Old tomondan ko‘rinishi. 
1–pelvis major; 2–articulatio sacroiliaca dextra; 3–os sacrum; 4–pelvis minor; 
5–os coxae; 6–angulus subpubicus; 7–foramen obturatum; 8–acetabulum; 9–linea 
terminalis.
B - Ayollar chanog‗i (pelvis femininum). Old tomondan ko‘rinishi. 


263 
1–pelvis major; 2–articulatio sacroiliaca; 3–os sacrum; 4–pelvis minor; 5–os 
coxae; 6–arcus pubis; 7–foramen obturatorum; 8–acetabulum; 9–linea terminalis. 
3) ikki son suyagining katta ko‘stlari (trochanter major) oralig‗i (distantia 
trochanterica) – 30–32 sm. 
Kichik Chanoqning kirish va chiqish teshiklari hamda bo‘shlig‗ining o‘lChovini 
bilish uchun ular uch tomonlama, ya‘ni oldindan orqaga tomon (diametr recta), 
ko‘ndalangiga (diametr transversa) va qiyig‗iga (diametr obliqua) o‘lchanadi. 
Quyida shu o‘lChovlar ayollar va erkaklar chanog‗iga nisbatan keltiriladi. 
Bu o‘lChovlardan tashqari, bir tomondagi Yonbosh suyagining oldingi va 
orqadagi ustki o‘siqlari (spina iliaca anterior superior va spina iliaca posterior 
superior) oralig‗i ham o‘lchanadi. Bu masofa 14,5–15 sm ga teng keladi. 
1) Oxirgi bel umurtqasi bilan dumg‗aza suyagi oralig‗idan (promontorium) 
simfizning ustki chetiga qadar bo‘lgan masofa anatomik konYugata – conjugata 
anatomica deb atalib, 11 sm ga teng. 
2) Promontorium dan simfizning ichki tomoniga ko‘proq bo‘rtib chiqqan joyga 
qadar bo‘lgan masofa ginekologik konYugata (conjugata ginecologica) deb ataladi va 
o‘rta hisobda 10,35 sm ga teng.
3) Promontorium dan simfizning pastki qirg‗og‗iga qadar bo‘lgan masofa qiyiq 
(diagonal) konYugata – conjugata diagonalis deyiladi va 12–13 sm ga teng.
Chanoqning kirish qismidagi va chiqish qismidagi har bir to‘g‗ri diametr diametr 
recta ning o‘rtasidan bir-biriga qo‘shiladigan chiziq, ya‘ni Chanoq bo‘shlig‗ining qoq 
o‘rtasidan uzunasiga o‘tgan chiziq Chanoq o‘qi deb ataladi. Ayollarda Chanoq 
bo‘shlig‗i tug‗ruq yo‘li (kanali) hisoblangani uchun bu o‘q tug‗ruq jaraYonida 
yo‘naltiruvchi (yetakchi) rol o‘ynaydi. 
Odamning chanog‗i hayvonlar chanog‗iga nisbatan kalta va keng bo‘ladi, chunki 
odamlarning asta-sekin ikkita orqa oyoqqa ko‘tarilib tik holatni olishi natijasida qorin 
bo‘shlig‗idagi a‘zolarning og‗irligi qisman Chanoqqa tushgan. To‘rt oyoqlab 
Yuruvchilarda esa Chanoqqa hech qanday og‗irlik tushmaydi, shuning uchun ham 
ularda Chanoq birmuncha tor va uzun bo‘ladi. 
Shakl va o‘lChovi jihatidan ayollar Chanoqlari erkaklarnikidan ancha farq 
qiladi. Bunday jinsiy tafovut ayniqsa balog‗atga yetgandan so‘ng yaqqol bilina 
boshlaydi. 
1. Ayollar chanog‗i erkaklarnikiga nisbatan kalta (silindr shaklida) va keng, 
Chanoq suyaklari ancha Yupqa va tekis, erkaklarda esa voronka shaklida bo‘ladi. 
2. Ikki Yonbosh suyak qanotlari ayollarda tashqariga yotiqroq, erkaklarda esa 
tikka bo‘ladi. 
3. Ayollar chanog‗ining kirish qismi ko‘ndalang oval shaklda, erkaklarda oval 
shaklda bo‘ladi.
4. Chanoqning chiqish teshigi ayollarda erkaklarnikiga nisbatan keng. Chanoq 
dum suyagi ich tomonining u qadar bukilmaganligi hamda quymich do‘nglarining 
tashqariga qarab tarvaqaylashi hisobiga kengaygan. 
5. Qov suyaklari qo‘shilgan joy (simfiz)ning ostida hosil bo‘lgan burchak 
ayollarda keng, erkaklarda tor bo‘ladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin