Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Bilak suyaklarining o‟zaro birlashuvi



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Bilak suyaklarining o‟zaro birlashuvi
(73). Bilak suyagi bilan tirsak 
suyagining bir-biriga qaragan qirralari (margo interossea) o‘rtasida fibroz to‘qimadan 
tuzilgan parda – membrana interossea tortilgan. Bu pardaning o‘rta qismi qalin va 
pishiq bo‘lib, ikki suyakni bir-biriga mustahkam birlashtirib turadi, lekin ular 
harakatiga mutlaqo xalaqit bermaydi. Pardaning fibroz tolalari bilak suyagidan tirsak 
suyagiga qiyshiq holda tortilgan, uning ustki tomonida bir necha mayda teshiklari 
bor, ulardan arteriyalar o‘tadi. 
Suyaklarning pastki uchlari o‘rtasida hosil bo‘lgan Bo‗g‗im – articulatio 
radioulnaris distalis bilak suyagidagi maxsus kemtik (incisura ulnaris radii) bilan 
tirsak suyagining boshchasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bilak suyagidagi kemtikning 
pastki qirg‗og‗idan tirsak suyagining bigizsimon o‘sig‗i tomon fibroz tog‗aydan 
tuzilgan plastinka – discus articularis tortilgan bo‘lib, u suyaklarning Bo‗g‗im 
Yuzalarini moslashtiradi.
Bu Bo‗g‗im keng va pishiq kapsula bilan o‘ralgan, Yuqori qismida har ikkala 
suyak o‘rtasida xaltasimon bo‘rtma bo‘shliq (cho‘ntak) – recessus sacciformis ni 
hosil qiladi. Bo‗g‗im silindr shaklidagi Bo‗g‗imlar guruhiga kiradi. 


255 
Tirsak Bo‗g‗imi, suyaklar oraliq parda, pastki bilak-tirsak Bo‗g‗imi (old 
tomoni). 
1–capsula articularis; 2–trochlea humeri; 3–cavum articulare; 4–ulna; 5–
membrana interossea antebrachii; 6–articulatio radioulnaris distalis; 7–radius; 8–
chorda obliqua; 9–tendo m. bicipitis brachii (kesilgan); 10–lig. anulare radii; 11–
caput radii; 12–capitulum humeri; 13–humerus 
Suyaklarning Yuqori uchidagi Bo‗g‗imda bilak suyagining boshchasi tirsak 
suyagidagi kemtikka, pastki uchidagi Bo‗g‗imda esa, aksincha tirsak suyagining 
boshchasi bilak suyagi kemtigiga kirib turadi. Bilak suyaklari o‘zaro birlashib 
silindrsimon Bo‗g‗imlarni vujudga keltirgan. Binobarin, bu Bo‗g‗imlarda aylanma 
harakat (bilak suyagi boshchasi orqali tirsak suyagi atrofida aylanib) Yuzaga kelib, 
kaft pastga (pronatsiya) va Yuqoriga (supinatsiya) harakatlanadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin