Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №11 
Chanoq sohasidagi suyaklarining o„zaro birlashuvi. Chanoq. Chanoq-son 
bo„g„imi. Oyoq sohasidagi suyaklarining birlashuvi.
Chanoq kamari sohasidagi 
bo‗g‗imlari: Chanoq suyaklarining o‗zaro va dumg‗aza suyagi bilan qo‗shilishi. 
Yonbosh dumg‗aza bo‗g‗imi, qov bitishmasi, Chanoq - son bo‗g‗imi. Ularning 
shakli, bo‗g‗im Yuzalari, haltalari, boylamlari, harakati. Tizza bo‗g‗imi, oyoq 
kaftidagi bo‗g‗imlar: Barmoqlar orasidagi bo‗g‗imlar. 
Chanoq suyaklarining birlashuvi
. Ma‘lumki, Chanoq (pelvis) ni hosil qilishda 
uchta suyak (ikki Yon va old tomondan Chanoq suyaklari, orqa tomondan dumg‗aza 
va dum suyagi) qatnashadi. Bu suyaklar o‘zaro Bo‗g‗imlar hosil qilib qo‘shiladi va 
Bo‗g‗imlarga 
aloqador 
yoki 
aloqasi 
bo‘lmagan 
boylamlar 
vositasida 
mustahkamlanadi. 


260 
1. Dumg‗aza va Chanoq suyaklaridagi quloqsimon Yuzalarning bir-biri bilan 
qo‘shilishidan dumg‗aza-Yonbosh Bo‗g‗imi – articulatio sacroiliaca hosil bo‘ladi. 
Quloqsimon yassi Yuzalar tolali tog‗ay bilan qoplangan bo‘lib, har jihatdan bir-biriga 
moslangan, shu sababli bu Bo‗g‗im yassi Bo‗g‗imlar deb ataladi. Bo‗g‗im xaltasi 
kalta va tarang tortilgan, Bo‗g‗im bo‘shlig‗i esa juda tor oraliqdan iborat. Shuning 
uchun Bo‗g‗im amfiartroz (chala Bo‗g‗imlar) guruhiga kiradi va erkin harakat qila 
olmaydi. 
Articulatio sacroilica old tomondan lig. sacroiliaca ventralia, orqa tomondan lig. 
sacroiliaca dorsalia dumg‗aza suyagining oldingi va tashqi qirrasidan boshlanib, 
Yonbosh suyagining ustki va pastki o‘siqlariga yopishadi. 
Bundan tashqari, dumg‗aza suyagi bilan Yonbosh suyak quloqsimon 
Yuzalarining orqasidan g‗adir-budur qismlari oralig‗idagi masofani suyaklararo 
boylam – lig. sacroiliaca interossea to‘ldiradi.
2. Old tomondan ham ikki qov suyaklari bir-biri bilan qo‘shilib, yarim (chala) 
Bo‗g‗im hosil qiladi. Symphysis pubica deb ataladigan bu birlashma qov 
suyaklarining Bo‗g‗im Yuzalari – facies symphysialis o‘rtasida hosil bo‘ladi. Bu 
Yuzalar bir-biriga taqalmaganidan, o‘rtadagi oraliqni tog‗ay plastinka – discus 
interpubicus to‘ldirib turadi. Demak, tog‗ay bu joyda ikkala suyakni birlashtiradigan 
vosita hisoblanadi. Ayollarda qalinroq, erkaklarda Yupqaroq bo‘lgan bu tog‗ay 
plastinka orasida torgina bo‘shliq bor. Bundan tashqari, ustki qov boylami – lig. 
pubicum superius va pastki qov ravog‗ining boylami – lig. arcuatum pubicus 
Bo‗g‗imni mustahkamlaydi.
Chanoqni hosil qiladigan suyaklar o‘rtasida Bo‗g‗im yoki birlashmalarga aloqasi 
bo‘lmagan bir nechta boylam va pardalar bor. 
Qov suyagi bilan quymich suyagining ustki va ostki shoxlari o‘rtasidagi 
yopiluvchi teshik (foramen obturatum) ni fibroz to‘qimasidan tuzilgan parda – 
membrana obturatoria berkitadi, bu parda yopiluvchi teshikning orqa va pastki 
qirg‗oqlaridan boshlanadi va qov suyagining ustki shoxi qirg‗og‗iga kelganda ikki 
varaqqa ajraladi va shu joyda yopiluvchi egat (sulcus obturatorius) ning ikki chetiga 
yopishadi. Natijada shu nomdagi kanal (canalis obturatorius) hosil bo‘ladi. 
Beshinchi bel umurtqasining ko‘ndalang o‘sig‗idan boshlangan lig. iliolumbale 
Yonbosh suyagi qirrasining orqa qismiga yopishadi. Quyidagi ikkita katta va pishiq 
boylamlar Bo‗g‗imlardan uzoqda, Chanoq suyagi bilan dumg‗aza suyagi o‘rtasida 
tortilgan. Bulardan biri ligamentum sacrotuberale dumg‗aza suyagi tashqi chetidan 
boshlanib, quymich do‘ngiga yopishadi. Natijada shu boylam bilan katta quymich 
kemtigi o‘rtasida teshik – foramen ischiadicum majus hosil bo‘ladi. Ikkinchi boylam 
dumg‗aza suyagidan boshlanib, Chanoq suyagidagi quymich qirrasiga yopishadi va 
yo‘l-yo‘lakay lig. sacrotuberale bilan kesishib o‘tadi. 


261 
Dumg‗aza suyagi bilan dum suyagi lig. sacrococygeum ventrale va 
sacrococcygeum 
dorsale 
boylamlar 
vositasida 
o‘zaro 
birlashadi.
Chanoq suyakla-rining boylamlari va Bo‗g‗imlari (old tomoni, chap Yonbosh 
suyagi bir oz kesilgan). 
1–lig. longitudinale anterius; 2–ligg. sacroiliaca interossea; 3–articulatio 
sacroiliaca (cavum articulare); 4–lig. sacrococcygeum ventrale; 5–discus inter-
pubicus; 6–symphysis pubica; 7–lig. sacrotuberale; 8–foramen ischiadicum minus; 9–
lig. sacrospinale; 10–foramen ischiadicum majus; 11–ligg. sacroiliaca ventralia; 12–
lig. iliolumbale. 
Chanoq suyaklarining boylamlari, Chanoq-son Bo‗g‗imi (orqa tomoni).
1–lig. lumbocostale; 2–lig. ilio-lumbale; 3–lig. sacroiliacum dorsale; 4–lig. 
iliofemorale; 5–lig. ischiofemorale; 6–capsula arti-cularis; 7–lig. sacrotuberale; 8–lig. 
sacrococcygeum laterale; 9–lig. sacrococcygeum dorsale profunda; 10–lig. 
sacrococcygeum laterale; 11–processus falciformis; 12–lig. sacrotuberale; 13–zona 
orbicularis; 14–labrum acetabulare; 15–membrana obturatoria; 16–lig. sacrospinale; 
17–spina iliaca posterior superior. 


262 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin