266
birlashib turadi va bu boylam menisklarini ushlab turadi, menisklar esa Bo‗g‗im
bo‘shlig‗ini ustki va ostki qavatlarga ajratadi.
Suyaklarning gialin tog‗ay bilan qoplangan Bo‗g‗im Yuzalari keng bo‘lgani
uchun ham Bo‗g‗im xaltasi keng va erkin tortilgan. Katta
boldir suyagida va tizza
qopqog‗ida u tog‗ay bilan qoplangan Bo‗g‗im Yuzalarining chegarasida yopishsa,
son suyagida Bo‗g‗im Yuzasi chegarasidan birmuncha o‘tib yopishadi. Xaltaning
Yupqalashgan orqa qismida qon tomir o‘tadigan teshiklar bor. Bo‗g‗im xaltasi tizza
qopqog‗ining tepasida juda keng qo‘shimcha xalta (cho‘ntak) – bursa suprapatellaris
ni hosil qiladi. Bu bo‘shliq son suyagi bilan to‘rt boshli muskul orasidan Yuqoriga
davom etadi va Bo‗g‗im bo‘shlig‗i bilan tutashadi.
Tizza Bo‗g‗imi xaltaning ichida va sirtida joylashgan bir nechta kuchli
boylamlar vositasida mustahkamlanadi. Xaltaning
ichida Yuqorida aytilgan
ko‘ndalang boylamdan tashqari yana ikkita juda pishiq boylam bor. Bir-biri bilan
kesishgan boylamlarning oldingisi – lig. cruciatum anterius son suyagi tashqi
do‘ngining ichki Yuzasidan boshlanib, boldir suyagi do‘nglari oralig‗ining old
sohasiga yopishadi. Orqadagi boylam – lig. cruciatum posterius son suyagi medial
do‘ngining ichki Yuzasidan boshlanib, boldir suyagi do‘nglari oralig‗ining orqa
sohasiga borib yopishadi.
Bo‗g‗im xaltasining ichki (sinovial) qavati tashqi
fibroz qavatiga nisbatan
anchagina keng bo‘lganidan burmalar vujudga keladi. Bu burmalarning
qo‘shilishidan toq burma plica synovialis infrapatellaris hosil bo‘ladi.
Lig. collaterale tibiale tizza Bo‗g‗imining ichki tomonida joylashgan son
suyagining ichki do‘ngidan katta boldir suyagiga tortilgan. Lig. collaterale fibulare
esa son suyagining tashqi do‘ngidan kichik boldir suyagining boshiga tortilgan. Bu
boylamlarning ichki Yuzasi Bo‗g‗im xaltasi bilan chatishgan. Yonlama boylamlar
suyaklarning ikki Yon tomonga surilishi yoki bukilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bo‗g‗imning orqa tomonida qiyshiq taqim boylami – lig. popliteum obliquum va
ravoqsimon taqim boylami – lig. popliteum arcuatum Bo‗g‗im xaltasi bilan chatishib
ketgan. Ularni alohida ajratib bo‘lmaydi.
Patella ning pastki chetidan boldir suyagi g‗adir-buduriga yo‘g‗on va
mustahkam lig. patellae boylam tortilgan. Bu boylam sonning to‘rt boshli muskul
payi bo‘lib, keyinchalik pay ichida patella vujudga keladi. Muskul payining ana shu
qismiga tizza qopqog‗i boylami deyiladi. To‘rt boshli
muskul payining ikki Yon
tomondagi tolalari esa tizza qopqog‗ini Bo‗g‗im harakati vaqtida bir me‘yorda ushlab
turish vazifasini bajaradi. Ustki tolalar son suyagining ichki va tashqi do‘nglariga,
pastkilari esa katta boldir suyagi do‘nglariga yopishadi. Binobarin, ularning turgan
joylariga qarab retinaculum laterale va retinaculum mediale deyiladi.
Bo‗g‗im atrofida bir nechta shilliq xaltachalar joylashgan bo‘lib, ulardan
ba‘zilari Bo‗g‗im bo‘shlig‗i bilan tutashgan. Ana shular hisobiga Bo‗g‗im bo‘shlig‗i
yana ham kengayadi. Masalan, tizza qopqog‗i yaqinida uchta xaltacha bor: 1) bursa
subcutanea prepatellaris superficialis – tizza qopqog‗i bilan fassiya o‘rtasidagi
xaltacha; 2) bursa suprapatellaris – son suyagi bilan to‘rt boshli muskul oralig‗ida; 3)
bursa infrapatellaris – tizza qopqog‗i boylamining katta boldir suyagiga yopishgan
joyidagi xaltacha. Lekin bu so‘nggi xaltacha tizzadan uzoqda bo‘lgani uchun Bo‗g‗im
bo‘shlig‗i bilan tutashmaydi. Bo‗g‗imning orqa tomonidagi shilliq bo‘shliqlari
ko‘pincha shu atrofga yopishuvchi muskullarning paylari ostida joylashgan.
267
Tizza Bo‗g‗imi (Bo‗g‗im
xaltasi olingan, to‘rt boshli muskul payi tizza
qopqog‗i bilan kesilib, pastga tortilgan).
1–facies patellaris; 2–lig. cruciatum posterius; 3–lig. cruciatum anterius; 4–lig.
meniscofemorale anterius; 5–lig.
transversum genus; 6–meniscus medialis; 7–lig.
collaterale tibiale; 8–lig. patellae; 9–facies articularis patellae; 10–membrana
interossea cruris; 11–caput fibulae; 12–lig. capitis fibulae anterius; 13–tendo m.
bicipitis femoris; 14–meniscus lateralis; 15–lig. collaterale fibulare.
268
Tizza Bo‗g‗imi g‗altaksimon Bo‗g‗imlarga kiradi. Unda bukilish va yozilish
(frontal o‘q atrofida) hamda ichkari va tashqariga buralish (tikka o‘q atrofida)
harakatlari sodir bo‘ladi. Lekin bu so‘nggi harakat ancha chegaralangan. Bo‗g‗im
ichidagi kesishma boylamlar va
menisklar shunday joylashganki, ular Bo‗g‗imning
bukilishiga mutlaqo xalaqit bermaydi. Tizza Bo‗g‗imi yozilganda menisklar son
suyagi ostida ezilib, prujina holiga keladi, kesishgan boylamlar tarang tortiladi-da,
tizza Bo‗g‗imining yozilishini chegaralab qo‘yadi. Bo‗g‗imning ana shunday
taranglashgan holatida boldir bilan son suyagi bir butun to‘g‗ri oyoqni hosil qiladi va
uzoq vaqt shunday qola oladi.
Dostları ilə paylaş: