256
Kaft tomondagi boylam – ligamentum radiocarpeum
palmare suyakning
bigizsimon o‘sig‗idan va shu suyak Bo‗g‗im Yuzasining oldingi chetidan boshlanib
pastga tushadi-da, birinchi qatordagi kaft usti suyaklariga tarqalib yopishadi. Ikkinchi
boylam – ligamentum radiocarpeum dorsale panjaning orqa tomonida turadi.
2. Articulatio mediocarpea – ustki qatordagi uchta suyak (no‘xatsimon suyak
kirmaydi) bilan ikkinchi qatordagi to‘rtta kaft usti suyaklari o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Ikkinchi qatordagi suyaklar ham bir-biri bilan ligamentum intercarpea interossea
vositasida qo‘shilgan. Lekin bu boylamlar tarang tortilmaganligi sababli suyaklar bir-
biriga uncha yaqin kelmaydi. Ligamenta intercarpea palmaria et dorsalia deb
ataluvchi boylamlar ko‘ndalangiga va qiyig‗iga kaft usti suyaklarining biridan
ikkinchisiga tortilgan bo‘lib, o‘sha ikkita qo‘shiluvchi suyaklarning nomi bilan
ataladi. Bundan tashqari, kaft tomondagi bitta boylam boshli suyak (ligamentum
carpi radiatum)
dan boshlanib, shu‘la singari qo‘shni suyaklarga taraladi.
No‘xatsimon suyak uch qirrali suyak bilan qo‘shilib, articulatio ossis pisiformis
ni hosil qiladi.
No‘xatsimon suyakdan boshlanuvchi ikki boylamning biri (haqiqiy boylam)
ilmoqli suyakka yopishgani uchun ligamentum pisohamatum deb ataladi, ikkinchisi
esa III, IV va V kaft suyaklarining (ligamentum pisometacarpeum) proksimal
uchlariga yopishgan.
Bilak suyagi bilan kaft usti suyaklari o‘rtasidagi harakatlar frontal va sagittal
o‘qlar atrofida sodir bo‘ladi. Ko‘ndalang o‘q atrofida panjaning bukilishi va yozilishi
(45o) Yuz bersa, sagittal o‘q atrofida ikki Yon tomonga, ya‘ni tana (ichki)
Pastki bilak-tirsak Bo‗g‗imi, kaft boylamlari va Bo‗g‗imlari (kaft Yuzasi).
1–ulna; 2–articulatio radioulnaris distalis; 3–lig. collaterale carpi ulnae; 4–os
pisiforme; 5–lig. pisohamatum; 6–lig. pisometacarpeum; 7–hamulus ossis hamati; 8–
lig. carpometacarpeum palmare; 9–lig. metacarpea palmaria; 10–lig. metacarpea
transversa profunda; 11–articulatio metacarpophalangea; 12–vagina fibrosa digiti
manus; 13–articulationes interphalangea (ochilgan); 14–m. flexoris digitorum
profundi; 15–tendo m. flexoris digitorum superficialis (ochilgan); 16–vagina fibrosa
258
Bosh barmoqlarning kaft suyagi bilan katta ko‘p burchakli suyak o‘rtasidagi
Bo‗g‗im mustaqil bo‘lib, u yerda keng Bo‗g‗im xaltasi bor. Bo‗g‗imning shakli
egarsimon, shu sababli ikkita kesishgan o‘q atrofida ikki
tomonlama erkin harakat
qila oladi, ya‘ni bitta o‘q atrofida bosh barmoq o‘zining Yon tomoni bilan ikkinchi
(ko‘rsatkich) barmoqqa yaqinlashib uzoqlashsa, ikkinchi o‘q atrofida u boshqa
barmoqlarga qarama-qarshi (oppositio) buqiladi.
Qolgan to‘rtta barmoqning kaft suyaklari bilan kaft usti suyaklari o‘rtasidagi
Bo‗g‗imlarning harakati juda ham chegaralanganidan ular kam harakatli Bo‗g‗imlar
guruhiga kiritiladi. Ular kaft (old) tomondan va orqa tomondan ligamentum
carpometacarpeae palmaria va ligamenta carpometacarpeae dorsalia deb ataluvchi
boylamlar vositasida mustahkamlangan. Bu boylamlar tarang tortilganligi sababli
Bo‗g‗im harakati ancha (jimjiloqdan boshqa) chegaralangan.
To‘rtta barmoq (II–V) kaft suyaklarining ustki uchlari kengayib,
bir-biriga
yaqinlashganidan ular o‘rtasida kaftaro Bo‗g‗imlar – articulationes intermetacarpeae
hosil bo‘ladi. Bu Bo‗g‗imlar suyaklar asosining oralig‗idagi ligamenta basium
dorsalia deb ataladigan pishiq tolalar bilan, ichkaridan va sirtdan ko‘ndalangiga
o‘tuvchi ligamenta basium palmaria, lig. basium dorsalia deb ataluvchi boylamlar
bilan kaft va orqa tomondan mustahkamlangan.
4. Articulationes metacarpophalangea – kaft suyaklari bilan barmoq suyaklari
o‘rtasidagi Bo‗g‗imni ellips shaklidagi Bo‗g‗imlar guruhiga kiritsa bo‘ladi. Bu
Bo‗g‗imlar kaft suyagining distal uchidagi boshchasi bilan birinchi qatordagi barmoq
suyaklari (falangalari) ning ustki uchlari chuqurchasining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Bo‗g‗imning xaltasi keng bo‘lib, uning kaft tomoni fibroz tog‗ayi aralashishi hisobiga
bir oz qalinlashadi. Ikki Yon tomondagi, kaft suyagidan boshlanib, barmoq suyagiga
yopishgan boylamlar (lig. collateralia) Bo‗g‗imni mustahkamlab turadi. Bo‗g‗im
xaltasining kaft tomonidagi qalinlashgan qismi ostida I, II, III,
IV kaft achii
suyaklarining boshchalari oralig‗ida ko‘ndalang boylam –ligamentum palmare
joylashgan. Bo‗g‗im xaltasi keng bo‘lgani uchun harakat erkin bo‘ladi. Ikki Yon
tomondagi, kaft suyagidan boshlanib barmoq suyagiga yopishgan lig. collaterale
Bo‗g‗imni mustahkamlab turadi. Bo‗g‗im xaltasining kaft tomondagi qalinlashgan
qismi ostida I, II, III, IV kaft suyaklarining boshchalari oralig‗idagi ko‘ndalang
boylamlar – ligg. metacarpea transversa profundus suyaklarning boshchalarini ushlab
turadi.
Bu Bo‗g‗imda harakat ikki o‘q atrofida sodir bo‘ladi. Frontal o‘q atrofida
bukilish va yozilish Yuz bersa, sagittal o‘q atrofida barmoqlar bukilmagan holda bir-
biriga yaqinlashadi va uzoqlashadi. Lekin barmoqlar bukilgan holda bo‘lsa, Yon
tomonga harakat qilish mumkin bo‘lmay qoladi, chunki Yon tomondagi boylamlar
(lig. collaterale) taranglashib harakat Yuz beradi.
259
Pastki bilak-tirsak Bo‗g‗imi, kaft boylamlari va Bo‗g‗imlari (orqa Yuzasi).
1–lig. collaterale carpi radiale; 2–os scaphoideum; 3–os trapezium; 4–articulatio
carpometacarpea pollicis; 5–os trapezoideum; 6–os capitatum; 7–ligg. collateralia; 8–
articulatio
interphalangea
(ochilgan);
9–ligg.
palmaria;
10–articulatio
metacarpophalangea; 11–ligg. metacarpea dorsalia; 12–ligg. carpometacarpea
dorsalia; 13–os hamatum; 14–os triquetrum; 15–lig. collaterale carpiulnare; 16–lig.
radiocarpeum dorsale.
5. Articulationes interphalangea manus barmoq suyaklari (falanganlar)
o‘rtasidagi Bo‗g‗imlar – g‗altak shaklidagi Bo‗g‗imlar guruhiga kiradi. Bo‗g‗im II,
III, IV, V barmoqlardagi birinchi va ikkinchi falangalarning pastki g‗altaksimon
Yuzalari bilan har uchala falangalarning ustki Bo‗g‗im chuqurchalari o‘rtasida, bosh
barmoqlar esa birinchi va ikkinchi falangalar o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Bu Bo‗g‗imlarning ham xaltasi keng bo‘lib,
ular uchta boylam bilan
mustahkamlanadi. Boylamlarning ikkitasi (har qaysi Bo‗g‗imda), ikki Yon tomonda
(Yonlama boylamlar) – ligamenta collateralia bilan joylashgan bo‘lsa, uchinchi
qo‘shimcha boylam esa kaft tomonda bo‘ladi. Barmoq Bo‗g‗imlarida faqat
ko‘ndalang o‘q atrofida harakat (bukilish va yozilish) sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: