Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №10 
Elka kamari suyaklarining birlashuvi. Qo„l sohasidagi suyaklarining uzaro 
birlashuvi.
Elka kamari suyaklarining birlashuvi. Qo‗l sohasidagi suyaklarining 
o‗zaro birlashuvi. Elka bo‗g‗imining tuzilishi, bo‗g‗im Yuzalari, shakli haltasiga. 
Tirsak bo‗g‗imi. Bilak-kaft usti bo‗g‗imi, kaft bo‗g‗imlari, barmoq falangalari 
o‗rtasidagi bo‗g‗imlari. 
Yelka kamari suyaklarining birlashuvi 
(70). O‗mrov suyagining to‘mtoq uchi 
to‘sh 
suyagi 
dastasi 
bilan 
qo‘shilib 
to‘sh-o‗mrov 
Bo‗g‗imi (articulatio 
sternoclavicularis) ni, ikkinchi yassi uchi kurak suyagining yelka o‘sig‗iga qo‘shilib, 
yelka o‘sig‗i-o‗mrov (articulatio acromioclavicularis) Bo‗g‗imini hosil qiladi. 
O‗mrov suyagining to‘sh suyagi dastasi bilan Bo‗g‗im hosil qiladigan uchi mos 
bo‘lmagani uchun ular orasida tog‗ay diski (discus articularis) borligi tufayli Bo‗g‗im 
bo‘shlig‗i ikkiga bo‘lingan va deyarli har tomonga erkin harakat qila oladi. Bo‗g‗im 
kapsulasi oldingi va orqa lig. sternoclaviculares anterius et posterius bilan 
mustahkamlangan. 
O‗mrov-to‘sh Bo‗g‗imi. 
1–discus articularis; 2–lig. interclaviculare; 3–lig. sternoclaviculare anterius; 4–
clavicula; 5–costa; 6–lig. costoclaviculare; 7–manubrium sterni. 


251 
O‗mrov suyaklarining uchlari o‗mrov suyaklari oraliq boylami (lig. 
interclaviculare) bilan o‘zaro birlashadi. Bundan tashqari, o‗mrov suyagi birinchi 
qovurg‗a bilan o‗mrov-qovurg‗a boylami (lig. costoclaviculare) orqali tutashadi.
O‗mrov suyagi ikkinchi uchining Bo‗g‗im Yuzasi kurak suyagining yelka 
o‘sig‗idagi Bo‗g‗im Yuzasi bilan yelka o‘sig‗i-o‗mrov Bo‗g‗imi (articulatio 
acromioclavicularis) ni hosil qilib birlashadi. Bo‗g‗im hosil qiluvchi suyaklarni bir-
biriga moslashtiradigan Bo‗g‗im diski (discus articularis) bo‘ladi. Bo‗g‗im 
kapsulasining tepa qismida – lig. acromioclaviculare superius, pastki tomonda – lig. 
acromioclaviculare inferius joylashgan. Bulardan tashqari, kurak suyagining 
tumshuqsimon o‘sig‗ini o‗mrov suyagiga lig. coracoclaviculare boylami birlashtiradi. 
Kurak suyagi tana skeletiga to‘g‗ridan-to‘g‗ri birlashmasdan, muskullar orasida 
joylashgan bo‘lib, bu yerda kurakning o‘ziga xos boylamlari mavjud. Jumladan, 
kurakning tumshuqsimon o‘sig‗i bilan yelka o‘sig‗i (acromion) o‘rtasida lig. 
coracoacromiale tortilgan bo‘lsa, kurak suyagining ustki qirrasida joylashgan kesimta 
(incisura scapulae) chekkalari oralig‗ida ligamentum transversum scapulae superius 
bor. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin