Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №6 
Chakka suyagi. ponasimon suyaklar 
Chakka suyagining tuzilishi, kanallari . 
Ponasimon suyakning tuzilishi
Ponasimon suyak (os sphenoidale, 41) juda murakkab tuzilgan bo‘lib, kalla 
suyagining asosi o‘rtasida, deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashgan holda 
joylashgan. Uning katta va kichik qanotlari – alae majores et minores uchayotgan 
ko‘rshapalak shakliga o‘xshash bo‘lib, suyak tanasi – corpus sphenoidale ga 
birlashadi. 
Ponasimon suyak tanasining kalla bo‘shlig‗iga qaragan Yuqori Yuzasining o‘rta 
qismida egarchaga o‘xshash chuqurcha – turk egari (sella turcica)ning tubi – fossa 
hypophysialis bo‘lib, bunda miyaning pastki ortiq bezi – g i p o f i z joylashadi. 
Egarchaning oldingi tomonida ko‘ndalangiga joylashgan do‘mboqcha – egar qoshi – 
tuberculum sellae va ko‘rish nervlarining kesishmasi joylashgan egatcha – sulcus 
chiasmaticus bor. Ular ikkala tomonda ko‘z bo‘shlig‗iga ochiladigan ko‘rish 
kanalchalari – canales optici teshigiga tutashadi. Bu kanalchalar orqali kalla 
bo‘shlig‗idan ko‘rish nervlari o‘tadi. 
Turk egari orqa tomonda egar suyanchig‗i – dorsum sellae bilan chegaralanadi. 
Ponasimon suyak tanasining ikki Yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha – 


228 
sulcus caroticus bor. Ponasimon suyak tanasining oldingi va pastki Yuzasi o‘rtasida 
qirra – crista sphenoidalis bo‘lib, uning ikkala tomonidagi suyak plastinkalar 
ponasimon chig‗anoqning – conchae sphenoidales bir juft suyak kavaklarini sinus 
sphenoidalis chegaralab turadi. O‘ng tomondagi bo‘shliq chap tomondagi bo‘shliqdan 
sagittal to‘siq (septum sinum sphenoidalium) orqali ajralib turadi. Bu bo‘shliqlar 
(kavaklar) kavak teshikchasi – aperturae sinus sphenoidalis orqali burun bo‘shlig‗iga 
ochilgan. 
Ponasimon suyak tanasi orqali ensa suyagi bilan birlashadi. Suyak tanasida bo‘shliq 
mavjud, u Yupqa suyak devori bilan ajralgan. Bo‘shliqlar teshikchalar orqali burun 
bo‘shlig‗iga ochiladi. Kichik qanot bilan katta qanot oralig‗ida joylashgan Yuqori 
ko‘z yorig‗i – fissura orbitalis superior ko‘z kosasini miya bo‘shlig‗iga qo‘shib 
turadi, u yerdan uch shoxli nervning tarmog‗i hamda boshqa nervlar o‘tadi. Kichik 
qanot miya bo‘shlig‗i tubini, ko‘z kosasi Yuqori devorini tashkil qilishda qatnashadi. 
Tanasining past tomonida ikkita qanotsimon o‘siqlar – processus pterygoideus 
joylashgan. 
O‘siqning tubidagi naycha – canalis pterygoideus sagittal yo‘nalishda joylashgan 
bo‘lib, kanaldan nerv va qon tomirlar o‘tadi. Qanotsimon o‘siqlarning har biri medial 
(lamina medialis) va lateral plastinka (lamina lateralis)dan tuzilgan. Qanotsimon 
o‘siqning oldingi chekkasidan egatcha – sulcus pterygoideus o‘tadi. Orqa tomonda 
processus pterygoideus plastinkalari bir-biridan uzoqlashib, fossa pterygoidea ni hosil 
qiladi. 
Ponasimon suyak (os sphenoidale). Orqa tomondan ko‘rinishi. 
1–corpus ossis sphenoidalis; 2–processus clinoideus posterior; 3–processus 
clinoideus anterior; 4–dorsum sellae; 5–fissura orbitalis superior; 6–margo 
squamosus; 7–canalis pterygoidus; 8–spina ossis sphenoidalis; 9–fossa scaphoidea; 
10–lamina lateralis processus pterygoidcus; 11–fossa pterygoidea; 12–incisura 
pterygoidea; 13–lamina medialis pocessus pterydoideus; 14–proccessus vaginalis; 
15–rostrum sphenoidale; 16–hamulus pterygoideus; 17–processus pterygoideus; 18–
sulcus caroticus; 19–foramen rotundum; 20–ala major; 21–margo parietalis; 22–ala 
minor; 23–canalis opticus. 


229 
Ponasimon suyak (os sphenoidale). Old tomondan ko‘rinishi. 
1–concha sphenoidalis; 2–ala minor; 3–fissura orbitalis superior; 4–margo 
zygomaticus; 5–facies temporalis; 6–spina ossis sphenoidalis; 7–crista sphenoidalis; 
8–rostrum sphenoidale; 9–processus vaginalis; 10–canalis pterygoideus; 11–foramen 
rotundum; 12–crista infratemporalis; 13–ala major (a–facies temporalis; b–facies 
orbitalis); 14–mago frontalis; 15–apertura sinus sphenoidalis; 16–dorsum sellae. 
Past tomondagi chuqurcha, o‘yma – incisura pterygoidea gacha davom etadi. 
Qanotsimon o‘siqning medial pastinkasi lateral plastinkaga nisbatan ingichka va 
uzunroq bo‘lib, pastda ilmoq – hamulus pterygoideus ni hosil qiladi. Katta qanotning 
to‘rtta Yuzasi bor. 
1. Kalla bo‘shlig‗iga qaragan Yuza – facies cerebralis. 
2. Ko‘z kosasiga qaragan Yuza – facies orbitalis. 
3. Chakka Yuza – facies temporalis. 
4. Yuqori jag‗ga qaragan Yuza – facies maxillaris. 
Katta qanotning tanaga yaqin joyida Yumaloq teshik – foramen rotundum, 
cho‘zinchoq teshik – foramen ovale va o‘tkir qirrali teshik – foramen spinosum 
joylashgan. Yumaloq va cho‘zinchoq teshiklardan uch shoxli nerv tarmoqlari o‘tsa, 
o‘tkir qirrali teshikdan miya pardasiga boruvchi arteriya o‘tadi. Katta qanotning 
oldingi chekkasi Yuqoriga davom etib, peshona suyagi bilan birlashadi. 
Chakka suyagi (os temporale, 42) bir juft bo‘lib, murakkab tuzilgan. Unda eshitish, 
muvozanatni saqlash a‘zolari joylashgan. Chakka suyagi to‘rt qismdan iborat: palla 
(tanga) – pars squamosa, nog‗ora – pars tympanica, piramida (toshsimon) – pars 
petrosa va so‘rg‗ichsimon – pars mastoidea qismlardir. Ana shu qismlar yangi 
tug‗ilgan chaqaloqlarda alohida joylashgan bo‘lib, bola bir Yoshga yetganda 
suyaklanib, birlashadi va bitta butun Chakka suyagini hosil qiladi. Chakka suyagining 
to‘rttala qismi tashqi eshituv yo‘li – meatus acusticus externus atrofida joylashgan. 
1. Chakka suyagining tangasimon qismi – pallasi (pars squamosa)ning ichki Yuzasi – 
facies cerebralis da miya egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi Yuzasi – facies 
temporalis silliq bo‘lib, Chakka chuqurining hosil bo‘lishida qatnashadi va undan 
chiqqan Yonoq o‘sig‗i – processus zygmaticus Yonoq suyagi bilan birlashadi. 
Pastroqda pastki jag‗ bilan Bo‗g‗im tuzadigan chuqurcha – fossa mandibuiaris 
joylashgan. Uning oldingi tuberculum articulare do‘mbog‗i, pasti jag‗ning Bo‗g‗im 
o‘sig‗ini chuqurchadan chiqib ketishdan saqlab turadi. 
2. Nog‗ora qismi (pars tympanica) unchalik katta bo‘lmagan va bir oz egilgan 
plastinkadan iborat bo‘lib, Chakka suyagi tashqi eshituv yo‘lining oldi va orqa 
tomonini chegaralab turadi, processus mastoideus lateral tomondan so‘rg‗ichsimon 


230 
o‘siq – processus styloideus va medial tomondan piramida qismlari bilan qo‘shilib 
tursa, pastki tomon bigizsimon o‘siq (processus styloideus) ning ildizini o‘raydi. 
3. Toshsimon qism (pars petrosa) Chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan 
qattiqroq tuzilgan, shakli jihatidan piramidaga o`xshash bo`lganligi uchun bu bo‘lak 
piramida – pyramis deb ataladi. 
Piramida ichida eshitish va muvozanatni saqlash a‘zolari bo‘lib, ular turli tashqi 
ta‘sirotlardan saqlanib turadi. 
Piramidaning oldingi Yuzasida – facies anterior (piramidaning uchi yaqinida) bosh 
miya uchlik nerv tugunining chuqur izi – impressio trigemini joylashgan. 
Chuqurchaning Yon tomonida ikkita parallel joylashgan nozik egatcha bor, medial 
tomonda – sulcus n. retrosi majoris va lateral tomonda – sulcus n.petrosi minoris 
egatchalar hiatus canalis n.petrosi majoris et minoris nomli teshikchalarga davom 
etadi. Oldingi Yuzaning orqa bag‗rida yarim doira – semicanalis kanalining (ichki 
quloq tuzilishiga qarang) turtib chiqishidan vujudga kelgan tepa – eminentia arcuata 
bor. Nihoyat piramidaning oldingi Yuzasi nog‗ora bo‘shlig‗ining tomi – tegmen 
tympani holatida joylashgan. Piramidaning orqa Yuzasi – facies posterior da 
joylashgan ichki eshituv teshigi – porus acusticus internus orqali bosh miyaning Yuz 
va eshituv nervlari, ichki eshituv qon tomirlari o‘tadi. 
Piramidaning pastki Yuzasi – facies inferior kallaning tubiga qaragan bo‘lib, 
bigizsimon-so‘rg‗ichsimon teshik – foramen stylomostoideum orqali Yuz nervi kalla 
bo‘shlig‗idan tashqariga chiqadi. Bigizsimon o‘siqning medial tomonida bo‘yinturuq 
chuqurcha – fossa jugularis bor. Bu chuqurcha ensa suyagidagi chuqurcha bilan 
qo‘shilib, bo‘yinturuq teshigi – foramen jugulare ni hosil qiladi. Bu yerdan ichki 
uyqu arteriyasining kalla bo‘shlig‗iga o‘tadigan tashqi teshik – foramen caroticum 
externum yaqqol ko‘rinib turadi. Ichki teshik – foramen coroticum internum esa 
piramida uchida joylashgan. Piramidaning oldingi chekkasi – margo anterior 
suyakning palla qismi bilan o‘tkir burchak hosil qilib 
A. 


231 
Chakka suyagi (os temporale). Tashqi Yuzasi. 
1–margo parietalis; 2–pars squamosa; 3–fossa mandibularis; 4–margo sphenoidalis; 
5–processus zygomaticus; 6–tuberculum articulare; 7–fissura petrosquamosa; 8–
fissura petrotypanica; 9–pars tympanica; 10–processus styloideus; 11–meatus 
acusticus externus; 12–processus mastoideus; 13–fissura tympanomastoidea; 14–
foramen mastoideum; 15–spina suprameatum; 16–incisura parietalis; 17–sulcus 
arteriae temporalis media
B Chakka suyagi (os temporale). Ichki Yuzasining tepa tomondan ko‘rinishi. 
1–impressio trigemini; 2–sulcus sinus petrosi superioris; 3–foramen mastoideum; 4–
sulcus sinus sigmoidei; 5–eminentia arcuata; 6–incisura parietalis; 7–fissura 
petrosquamosa; 8–hiatus canalis n. petrosi majoris; 9–hiatus canalis n.petrosi minoris; 
10–sulcus n.petrosi majoris; 11–sulcus n.petrosi minoris; 12–foramen caroticum 
internum. 
qo‘shiladi, shu yerdan muskul-nay kanali – canalis musculotubarius ning og‗zi 
ko‘rinadi, bu kanalning ikkinchi teshigi esa o‘rta quloq bo‘shlig‗iga ochiladi. Kanal 
to‘siq orqali ikkita yarim kanalga ajralgan, Yuqoridagi kichik bo‘lagidan (semicanalis 
m.tensoris tympani) nog`ora pardani tarang qiladigan muskul boshlanadi, pastki 
kattaroq bo‘lagi (semicanalis tubae auditivae) eshituv naychasining suyak bo‘lagini 
tashkil qiladi. 
4. So‘rg‗ichsimon qismida (processus mastoideus) o‘siq bo‘lib, u tashqi eshituv yo‘li 
orqasida 
turadi. 
Bu 
o‘siqqa 
to‘sh-o‗mrov 
so‘rg‗ichsimon 
muskuli 
– 
m.sternocleidomastoideus yopishadi. So‘rg‗ichsimon o‘siqning medial tomonida 
ikkita qorinchali muskul yopishadigan chuqur o‘yma – incisura mastoidea bor. 
O‘ymadan parallel ravishda (ichkari tomonda) ensa arteriyasining egati – sulcus 
arteriae occipitalis o‘tadi. So‘rg‗ichsimon o‘siqning tashqi Yuzasini tekis uchburchak 
shaklidagi bo‘lakcha egallagan. So‘rg‗ichsimon o‘siqning ichki tuzilishi ko‘pgina 
kataklardan – cellulae mastoideae tuzilgan bo‘lib, o‘rta quloq bilan qo‘shilgan. 
So‘rg‗ichsimon o‘siqning miya Yuzasida facies cerebralis sigmasimon (S) egatcha – 
sulcus sinus sigmoidei bor. 
Chakka suyagining kanallari: uyqu arteriyasi kanali – canalis caroticus, piramidaning 
pastki Yuzasida joylashgan foramen caroticum externum dan boshlanib, Yuqoriga 
ko‘tariladi va to‘g‗ri burchak hosil qilib, uyqu arteriyasi kanalining ichki teshigi – 
foramen caroticum internum da tugaydi. Kanaldan shu nomdagi arteriya o‘tadi. 
Yuz nervining kanali – canalis facialis ichki eshituv teshigining tubidan boshlanib, 
avval ko‘ndalangiga yo‘nalib boradi, so‘ngra orqa va pastga qayrilib, tizza – 


232 
genuculum canalis facialis ni hosil qiladi, keyin pastga qarab yo‘naladi va foramen 
stylomastiodeum bo‘lib tugaydi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin