Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №5 
Kalla suyaklari (umumiy tushuncha). Ensa, tepa, peshona va G„alvirsimon 
suyak.ponasimon suyaklar.
Kalla haqida umumiy tushuncha. kallaning miya va 
Yuz qismiga bo‗linishi, vazifasi. Ensa, tepa, peshona suyaklarining tuzilishi. G‗alvir 
suyagining tuzilishi 
Bosh skeleti yoki kalla suyagi (Cranium, 79) bosh miya va u bilan birga takomil 
etgan sezgi a‘zolarining tayanchi bo‘lib, ularni tashqi muhit ta‘siridan saqlab turadi. 
Bundan tashqari, kalla suyagining Yuz qismida organizm hayotida katta ahamiyatga 
ega bo‘lgan nafas sistemasining boshlanish qismi – burun bo‘shlig‗i – cavum nasi va 
ovqat hazm qilish sistemasining boshlanishi – og‗iz bo‘shlig‗i – cavum oris 
joylashgan. Kalla suyagi ikki bo‘limga: kallaning miya bo‘limi – cranium cerebrale 
yoki neurocranium hamda kallaning Yuz bo‘limi – cranium viscerale yoki 
splanchnocranium ga ajratiladi. 
26
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


220 
Miya bo‘limi tepa tomondan kalla qopqog‗i (calvaria) bilan qoplangan bo‘lib, ichida 
bosh miya joylashib turadigan kalla bo‘shlig‗i (cavum crani cerebralis) bor. Kalla 
bo‘shlig‗i umurtqa kanalining kengaygan uchi bo‘lib, u yerda bosh miya va uning 
pardalari, qon tomirlar joylashgan. 
Kalla bo‘shlig‗i pastki tomondan turli teshik va kanallari bo‘lgan kalla tubi – basis 
cranii bilan chegaralanib turadi. 
Kalla qopqog‗ining zich moddadan tuzilgan tashqi plastinkasi – lamina cranii externa 
va ichki yoki shishasimon plastinkasi – lamina cranii interna s. vitrea bo‘lib, ular 
orasida Yupqa g‗ovak modda (diploe) joylashgan. G‗ovak moddadan vena kanallari 
o‘tadi. Ichki plastinkada organik moddalar kam bo‘lganligidan u tez sinuvchan, mo‘rt 
bo‘ladi. Shishasimon plastinka nomi ham ana shundan olingan. Kalla suyagining 
miya bo‘limi – neurocranium, ensa suyagi (os occipitale), peshona suyagi (os 
frontale), tepa suyagi (os parietale), ponasimon yoki asosiy suyak (os sphenoidale), 
g‗alvir suyak (os ethmoidale) va Chakka suyak (os temporale)dan tuzilgan. Tepa 
suyagi bilan Chakka suyaklar bir juftdan, boshqasi toq. 


221 
Kallaning Yuz bo‘limi (cranium viscerale), Yuqori jag‗ (maxilla), tanglay suyagi (os 
palatinum), Yonoq suyagi (os zygomaticum), burun suyagi (os nasale), ko‘z Yoshi 
suyagi (os lacrimale), burunning pastki chig‗anog`i (concha nasalis inferior), dimog‗ 
suyagi (vomer), pastki jag‗ (mandibula) va til osti (os hyoideum) suyaklaridan 
tuzilgan. 
KALLANING MIYA BO‘LIMI SUYAKLARI 
Ensa suyagi (os occipitale, 40- rasm) qisman kalla qopqog‗ining orqa, pastki tomoni 
va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi. U oldingi tomondan ponasimon suyakka, 
tepa va Chakka suyaklariga birlashgan. Unda palla, Yon qismlar, asosi yoki tanasi 
tafovut qilinadi. Ensa suyagining ana shu qismlari katta ensa teshigi atrofida 
joylashadi. Ensa suyagi katta teshik (foramen occipitale magnum) orqali umurtqa 
kanaliga qo‘shilib turadi. 
Ensa suyagining pallasi – sguama occipitalis tashqi tomonga qavarib, ichki Yuzasi 
botiq bo‘lib egilgan serbar plastinka – palladan (squama occipitalis) iborat. Ensa 
suyagining tashqi Yuzasi markazida, tashqi ensa do‘mbog‗i (suyaklanish nuqtasining 
o‘rni) – protuberantia occipitalis externa bo‘lib, uning ikkala tomonida ko‘ndalang 
yo‘nalgan g‗adir-budur chiziqlar – linea nuchae superior ko‘rinadi. Ammo shu 
chiziqdan Yuqoriroqda parallel joylashgan eng Yuqori g‗adir-budur chiziq – linea 
nuchae suprema joylashgan.
Ensa do‘mbog‗idan pastga ensaning tashqi qirrasi – crista occipitalis externa 
yo‘naladi. Ana shu qirradan ikki Yonboshga – linea nuchae inferior chiziqlari 
tarqaladi. 
Pallaning ichki Yuzasi butsimon tepa – eminentia cruciformis bilan to‘rtta 
chuqurchaga bo‘lingan, uning o‘rtasida esa ichki ensa do‘mbog‗i protuberantia 
occipitalis interna bo‘lib, unda tepaga yo‘nalgan egatlar – sulcus sinus sagittalis 
superioris bilan birga ikki Yonbosh tomonda joylashgan egatchalar sulcus sinus 
transversi ko‘rinadi. Pastki tarmog‗i – ensaning ichki qirrasi – cricta occipitalis 
interna ensa teshigiga qadar boradi. 
Katta ensa teshigining ikki Yonboshida pars lateralis joylashgan bo‘lib, u pastki 
Yuzada joylashgan ellips shaklidagi Bo‗g‗im do‘mboqchalar – condylus occipitalis 
orqali I bo‘yin umurtqasining Yuqori Bo‗g‗im Yuzasi bilan qo‘shiladi. Ensa 
suyagining Bo‗g‗im do‘mboqchalari o‘rtarog‗ida til osti nervi o‘tadigan kanal – 
canalis condylaris joylashgan. 


222 


Ensa suyagi (os occipitale).
(A)-Tashqi Yuzasi: 1–pars basilaris; 2–processus intrajugularis; 3–condylus 
occipitalis; 4–canalis condylaris; 5–linea nuchae inferior; 6–linea nuchae superior; 7–
linea nuchae suprema; 8–protuberantia occipitalis exterma; 9–crista occipitalis 
externa; 10–fossa condylaris; 11–processus jugularis; 12–incusura jugularis; 13–
tuberculum pharyngeum. 
(B)-Ichki Yuzasi: 1–clivus; 2–sulcus sinus petrosi inferioris; 3–canalis condylaris; 4–
sulcus sigmoidei; 5–margo mastoideus; 6–crista occipitalis interna; 7–protuberentia 
occipitalis interna (eminentia cruciformis); 8–squama occipitalis; 9–margo 
lambdoideus; 10–sulcus sinus sagittalis superioris; 11–sulcus sinus transversi; 12–
processus jugularis; 13–tuberculum jugulare; 14–incisura jugularis; 15–pars lateralis; 
16–pars basillaris. 
Do‘mboqcha Yon tomonida esa bo‘yinturuq vena o‘ymasi – incisura jugularis 
bo‘ladi. Bu o‘yma Chakka suyagidagi ana shunday o‘yma bilan qo‘shilib bo‘yinturuq 
teshigi – foramen jugularis ni hosil qiladi. Tanasi – pars basilaris ensa teshigining 


223 
oldingi tomonida joylashgan bo‘lib, 18–20 Yoshlarda ponasimon suyak tanasiga 
qo‘shilib ketadi. Uning kalla bo‘shlig‗iga qaragan Yuzasi botiq bo‘lib, ponasimon 
suyak tanasidagi xuddi ana shunday Yuza bilan qo‘shilib, ensa teshigi tomonga 
yo‘nalgan nishab – clivus ni hosil qiladi. Bu nishabda uzunchoq miya va miya 
ko‘prigi turadi. Ensa suyagi tanasining ikki Chakkasida pastki toshsimon egatcha – 
sulcus sinus petrosi inferiores ko‘rinib turadi. 
Tepa suyagi (os parietale, 43) bir juft bo‘lib, kalla qopqog‗ining o‘rta qismini tashkil 
qiladi. Bosh miya takomillashgan sari tepa suyak ham rivojlanadi. Bu suyak kalla 
qopqog‗ining talay qismini egallaydi va bosh miyani mexanik ta‘sirotlardan saqlaydi. 
Tepa suyagi boshqa kalla suyaklariga nisbtan qirrali va to‘rt burchakli, sirti 
gumbazsimon bo‘rtib chiqqan, plastinka shaklida tuzilgan. Uning oldingi chekkasi 
margo frontalis peshona suyagining pallasiga birlashadi, Yuqori chekkasi – margo 
sagittalis esa ikkinchi tomondagi tepa suyagining xuddi shunday chekkasi bilan o‘rta 
chiziqda birlashadi.
Tepa suyagi (os perietake). Tashqi Yuzasi. 
1–margo squamosus; 2–angulus sphenoidalis; 3–margofrontalis; 4–linea temporalis 
inferior; 5–linea temporalis superior; 6–angulus frontalis; 7–margo sagittalis; 8–
foramen parietale; 9–tuber parietale; 10–angulus occipitalis; 11-margo occipitalis; 
12–angulus mastoideus. 
Orqa chekkasi – margo occipitalis ensa suyagining pallasiga birlashadi. Palla 
chekkasining (margo squamosus) oldingi qismi ponasimon suyakning katta qanoti 
bilan, o‘rta va orqa bo‘lagi esa Chakka suyagi pallasi bilan tishlashib birlashadi. Tepa 
suyagining old, tepa va orqa chekkalari tishli qirrani hosil qilsa, pastki (to‘rtinchi) 
qirrasi tashqi tomondan qiyshiq holda qirqilgan bo‘lib ko‘rinadi. Tepa suyagining 
to‘rtta burchagi bor: 
Birinchi – oldingi-Yuqori peshona burchak – angulus frontalis. 
Ikkinchi – oldingi-pastki ponasimon burchak – angulus sphenoidalis. 
Uchinchi – orqadagi-Yuqori ensa burchak – angulus occipitalis va to‘rtinchi – 
orqadagi-pastki so‘rg‗ichsimon burchak – angulus mastoideus lardir.
Tepa suyagining tashqi (qavariq) Yuzasi muskul va fassiyalarning birlashishiga 
moslashgan bo‘lib, o‘rtasida tepa suyak do‘mbog‗i – tuber parietale joylashgan. 


224 
Pastdagi ikkita parallel chiziqning Yuqoridagisi – linea temporalis superior Chakka 
fassiyasining birikadigan joyi bo‘lsa, ikkinchisi Chakka muskulining (m.temporalis) 
yopishadigan pastki chizig‗i (linea temporalis inferior) dir. 
Tepa suyagining ichki botiq (facies interna) Yuzasidan arteriya egatchalari – sulci 
arteriosi hamda miya qiyiqlarining izlari – foveolae granulares yaqqol ko‘rinadi. 
Bulardan tashqari, tepa qirra bo‘ylab davom etgan va so‘rg‗ichsimon o‘siq bilan 
birlashadigan burchak sohasida joylashgan egatchalar bor. 
Peshona suyagi (os frontale, 44) bitta bo‘lib, kalla qopqog‗ining oldingi qismini 
tashkil qiladi. Peshona suyagining bu qismi sezgi a‘zolari (ko‘rish va hid bilish 
a‘zolari) bilan uzviy bog‗liq. 
Peshona suyagi vertikal joylashgan palla qismi – squama frontalis va gorizontal 
bo‘lakka ajratiladi. Gorizontal bo‘lak bir juft ko‘z kosasi (pars orbitalis) va burun 
qismi (pars nasalis) dan tashkil topgan.
Peshona suyagi kalla suyaklarining pallasi singari tashqi tomonga bo‘rtib chiqqan 
plastinkadan iborat bo‘lib, unda ikkita Yuza tafovut qilinadi. Bulardan 
Peshona suyagi (os frontale). Tashqi Yuzasi. 
1–margo parietalis; 2–tuberfrontale; 3–glabella; 4–margosupraorbitalis; 5–pars 
nasalis; 6–sutura frontalis; 7–spinanasalis; 8–incisura frontalis; 9–arcus superciliaris; 
10–processus zygomaticus; 11–foramen supraorbitale; 12–linea temporalis; 13–facies 
temporalis; 14–squama frontalis. 
biri tashqariga qaragan qavariq Yuza – facies externa va ichkari – miyaga qaragan 
(facies interna) botiq Yuzadir. Peshona suyagining tashqi Yuzasida bir juft peshona 
do‘mbog‗i – tuber frontalis ko‘rinib turadi. Do‘mboqlarning qoq o‘rtasida chuqurcha 
– glabella bor.
Pallaning miya Yuzasida bulardan boshqa arteriya egatchalari – sulci arteriosi miya 
qiyiqlarining izlarini ko‘rish mumkin. 
Peshona suyagining ko‘z kosasi qismi – pars orbitalis gorizontal joylashgan bir juft 
Yupqa plastinkadan iborat. Peshona suyagi ko‘z kosasining o‘rtasi g‗alvir suyagi 
joylashadigan egatcha – incisura etmaidalis bilan ajralgan. Egatchada g‗alvir 
suyagining plastinkasi – lamina cribrosa joylashgan. Ko‘z kosasining Yuqori (miya) 
Yuzasida (facies cerebralis) impressiones digitatae va juga cerebralia (BNA) ko‘rinib 
turadi. Pastki Yuzasi (facies orbitalis) silliq botiq bo‘lib, ko‘z kosasini Yuqori 
tomondan chegaralab turadi. Lateral burchagida ko‘z Yoshi bezining chuqurchasi – 


225 
fossa glandulae lacrimalis va medial tomonda bilinar-bilinmas g‗altaksimon 
chuqurcha – fovea trochlearis va o‘siq – spina trochlearis bo‘ladi. Ularga tog‗ay 
g‗altak – trochlea yopishadi; unga ko‘z soqqasining Yuqori qiyshiq muskul payi 
birikadi. Peshona suyagining burun bo‘lagi – pars nasalis g‗alvirsimon o‘ymaning 
oldingi tomonida joylashgan. Uning o‘rta qismida o‘tkir qiltanoq (spina nasalis) 
bo‘ladi. Qiltanoq burun to‘sig‗i – septum nasi ni hosil qilishda qatnashadi. 
Qiltanoqning ikki Yonida bir juft peshona bo‘shliqlari (sinus frontalis) bo‘ladi. 
Kavaklar sagittal to‘siq – septum sinus frontalium bilan ajralgan. 
G‗alvir suyak (os ethmoidale, 45) Yuz suyaklari orasida markazda, burun 
bo‘shlig‗ining peshona suyagi egati tepasida joylashgan. U gorizontal o‘rnashgan 
g‗alvirsimon nafis plastinka – lamina cribrosa bilan kalla suyagining tubini (cranium 
cerebrale), kallada ko‘z kosasi medial devorini hosil qilishda qatnashadi. 
G‗alvir suyak (os etmoidale). Pastdan ko‘rinishi. 
1–concha nasalis superior; 2–concha nasalis media; 3–processus uncinatus; 4–
infundibulum ethmoidale; 5–lamina perpendicularis; 6–cellulae ethmoilades; 7–
cellulae ethmoidales; 8–lamina cribrosa. 
G`alvir suyak 3 qismdan iborat: gorizontal joylashgan g‗alvirsimon plastinka (lamina 
cribrosa), pastga yo‘nalgan perpendikulyar plastinka (lamina perpendicularis) va 
uning Yonida joylashgan labirintlar (g‗ovakchalar) labyrinti ethmoidales dir. 
G`alvirsimon plastinkaning juda ko‘p teshikchalari bo‘lib, ular orqali burun 
bo‘shlig‗iga hidlash nervining tolalari o‘tadi. Plastinkaning qoq o‘rtasida xo‘roz 
tojiga o‘xshash o‘siq – crista galli ko‘rinib turadi. Bosh miyaning qattiq pardasi shu 
tojga yopishadi. O‘siq oldingi tomonga bir juft qanotsimon o‘siq – ala cristae galli 
bo‘lib davom etadi va peshona suyagi bilan birga ko‘r teshik – foramen caecum ni 
hosil qiladi. 
G`alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi burun suyaklari, dimog‗ suyagi va 
ponasimon suyak qirrasi bilan birlashadi va burun to‘sig‗ining bir qismini hosil 
qiladi. 
G`alvir suyagida bir juft katta-kichik suyak kataklari (cellulae ethmoidales) bor. 
Kataklar lateral tomonda qog‗ozsimon Yupqa plastinka yoki ko‘z kosasi plastinkasi 
(lamina orbitalis) bilan qoplangan bo‘lib, medial devorni hosil qiladi. G`alvir 


226 
suyakning oldingi kataklari peshona suyagi kataklari (sinus frontales) bilan, orqadagi 
kataklari esa ponasimon suyak katagi (sinus sphenoidalis) bilan tutashib turadi. 
Labirintning medial tomonlarida tepa va pastki chig‗anoqlar conchae nasalis superior 
et media joylashgan. Ba‘zida eng tepada joylashgan uchinchi burun chig‗anog‗i 
concha nasalis suprema ham uchraydi. 


227 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin