3.
Bo‘yin umurtqasi (vertebrae cervicales) (15-16-17lar), (S1–S7) 7 dona bo‘lib,
Yuqoridagi birinchi va ikkinchi umurtqalar boshqa beshta bo‘yin umurtqalaridan
tuzilishi bo‘yicha ancha farq qiladi. Shuning uchun I, II bo‘yin umurtqalari tuzilishiga
quyida to‘xtalib o‘tamiz. Qolgan beshtasi boshqa umurtqalar kabi tuzilgan. Bo‘yin
umurtqalarining tana (corpus vertebrae)lari kichkina ko‘ndalang oval shaklda bo‘lib,
umurtqa teshigi (foramen vertebrale) katta burchak shaklida tuzilgan. Ko‘ndalang
o‘siq (processus tranversus)larning oldingi tomoniga embrion o‘sishi davridagi
qovurg‗a qoldiqlari yopishib, ko‘ndalang o‘siq teshigi (foramen processus
tranversus)ni hosil qiladi. Shuning uchun ko‘ndalang o‘siqlar ko‘ndalang qovurg‗a
o‘siqlar (processus
195
Birinchi bo‘yin umurtqasi (atlas). Tepadan ko‘rinishi. 1 – tuberculum posterius; 2 – sulcus arteriae
vertebralis; 3 – foramen transvesarium; 4 – fovea dentis; 5 – arcus anterior; 6 – tuberculum anterius;
7 – processus transversus; 8 – fovea articularis superior; 9 – arcus posterior; 10 – processus
articularis inferior.
Vertebra cervicalis secunda (axis). 1 - dens; 2- facies articularis posterior; 3- corpus vertebrae; 4-
facies articularis superior; 5 - processus transversus; 6- processus articularis inferior; 7 - arcus
vertebra; 8-processus spinosus
costotransversarius BNA) deb ham ataladi. Bu o‘siqlarning uchlari ko‘pincha ikkita
do‘mboqqa bo‘linadi.
VI umurtqaning oldingi do‘mbog‗i oldidan uyqu arteriyasi o‘tganligi uchun uyqu
do‘mbog‗i (tuberculum caroticum) deb ataladi. Arteriya jarohatlanganda shu
do‘mboqchadagi qon tomirni bosib qon to‘xtatiladi. Ko‘ndalang o‘simtalarda paydo
bo‘lgan barcha teshikchalar yig‗indisi umurtqa arteriyasi kanali (canalis a.
vertebralis) ni hosil qiladi. Bu kanaldan shu nomli arteriya o‘tadi.
II–V bo‘yin umurtqalari tanasining orqa tomonida joylashgan o‘tkir qirrali o‘siq
(processus spinosus) lar kalta va uchi ayri (VI–VII umurtqalar bundan mustasno)
bo‘ladi. VII umurtqaning orqa o‘sig‗i boshqa Bo‗g‗im umurtqalariga nisbatan uzun
vayo‘g‗on bo‘lib, tirik odamda teri ostida bilinib turadi. Shuning uchun bu umurtqa
turtib chiqqan umurtqa (vertebra prominens – 17) deyiladi.
196
Bo‘yinning VII umurtqasi (prominens).
O‘ng tomondan ko‘rinishi. 1 – corpus vertebrae; 2 – incisura vertebralis superior; 3 – processus
articularis superior; 4 – processus spinosus; 5 – processus articularis inferior; 6 – incisura
vertebralis inferior; 7 – processus transversus.
Birinchi bo‘yin umurtqasi – atlant (atlas, 15) ning tanasi takomil etish davrida
ikkinchi umurtqaga o‘tib tishsimon o‘siqni hosil qiladi. Natijada uning tanasi o‘rniga
197
oldingi ravog‗i (arcus anterior) vujudga kelib, umurtqa teshigi (foramen vertebrale)
esa kengaygan. Oldingi ravoqning old tomonida oldingi do‘mboq (tuberculum
anterius) joylashgan. Ravoqning ichki Yuzasida esa II bo‘yin umurtqasining
tishsimon o‘sig‗i joylashadigan chuqurcha (fovea dentis) bor. Orqa ravog‗i (arcus
posterior) da o‘tkir qirrali o‘siq qoldig‗i – kichkina do‘mboq (tuberculum posterius)
paydo bo‘lgan. Umurtqaning Yonbosh qismi (massae laterales), oldingi va orqa
ravoqlarining qo‘shilib joylashgan Yonbosh qismining Yuqori va pastki Yuzalarida
Bo‗g‗im chuqurchalari (foveae articulares superiores et inferiores) ko‘rinadi. Yuqori
Bo‗g‗im Yuzasi oval shaklli bo‘lib, ensa suyagidagi do‘ngsimon o‘siq Bo‗g‗im
Yuzasi bilan Bo‗g‗im hosil qilib qo‘shiladi. Massae laterales ning orqasida umurtqa
arteriya egati (sulci a.vertebrales) bor.
22
Bo‘yinning II umurtqasi (axis – o‘qli, 16) tishsimon o‘siq yoki tish (dens)ning
bo‘lishi bilan boshqa hamma umurtqalardan ajralib turadi. Ikkinchi umurtqa tishi
birinchi umurtqa ravog‗ining ichki tomonida Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis
anterior) bilan birlashib turishi kallaning har tomonga burilishiga imkon tug‗diradi.
Tishsimon o‘siq silindrsimon shaklli bo‘lib, uning uchi (apex) bor. O‘siqning oldingi
Yuzasida joylashgan Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis anterior) atlantning oldingi
ravog‗ining ichki Yuzasidan Bo‗g‗im chuqurchasi (fovea dentis) bilan Bo‗g‗im hosil
qilib qo‘shilsa, dentis ning orqa Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis posterior) esa
atlantning ko‘ndalang joylashgan boylami bilan qo‘shiladi. Axis ning ikki
Yonboshida joylashgan Yuqori Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis superior)
atlantning pastki Bo‗g‗im chuqurchasi bilan, pastki Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis
inferior) esa uchinchi Bo‗g‗im umurtqasining Yuqori Bo‗g‗im Yuzasi bilan
qo‘shiladi.
3. Bel umurtqalari (vertebrae lumbales) 5 dona (18), umurtqalarga gavda og‗irligi
tushganligi sababli, uning tanasi (corpus vertebrae) kattalashgan buyrak shakliga
o‘xshash bo‘ladi, uning teshigi katta va uchburchak shaklidadir. Ko‘ndalang o‘sig‗i
(processus transversus) deyarli frontal vaziyatda bo‘lib, uchi orqaga qarab turadi.
O‘tkir qirrali o‘siq (processus spinosus) harakatchan bo‘lganidan to‘ppa-to‘g‗ri
orqaga qarab turadi. Tepa Bo‗g‗im o‘siqlari (processus articularis superior)ning
Bo‗g‗im Yuzalari (facies articularis superior) medial tomonga, pastki Bo‗g‗im
o‘siqlari (processus articularis inferior) Yuzalari (facies articularis inferior)
tashqariga qaragan bo‘ladi. Tepa Bo‗g‗im o‘sig‗ining orqasida kichkina
so‘rg‗ichsimon do‘mboq (processus mamillaris) joylashgan.
4. Dumg‗aza umurtqalari (vertebrae sacrales) 5 dona (19-20lar) bo‘lib, 17–25
Yoshlarda o‘zaro qo‘shilib, bitta butun dumg‗aza suyagi (os sacrum)ni vujudga
keltiradi. Bu ham odamning vertikal holatga o‘tishi bilan gavda og‗irligining
dumg‗aza umurtqalariga tushishi natijasida hosil bo‘lgan. Dumg‗aza suyagi
uchburchak shaklida bo‘lib, serbar qismi tubi (asosi – basis ossis sacri) bor. Uning
ikki Yonboshida esa tepa Bo‗g‗im o‘sig‗i (processus articularis superior), pastga va
oldinga qaragan uchi (apex ossis sacri) bor. Dumg‗aza suyagi tubi bilan beshinchi bel
umurtqasining tanasiga birlashadi. Dumg‗aza suyagining oldingi Chanoq Yuzasi
(facies pelvina) tekis va yoysimon bukilgan bo‘lib, to‘rtta oldingi teshiklar (foramina
22
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
198
sacralia pelvina) va ko‘ndalang joylashgan chiziq (lineae transversae) lar ko‘rinib
turadi.
Bel umurtqasi (vertebra lumbalis). Yon tomondan ko‘rinishi.
1 – corpus vertebrae; 2 – incusura vertebralis
superior; 3 – processus articularis superior;
4 – processus costarius; 5 – processus
mamillaris; 6 – processus spinosus; 7 – facies articularis inferior
Dumg‗azaning orqa Yuzasi g‗adir-budur bo‘rtib chiqqan bo‘lib, u umurtqa
o‘siqlarining o‘zaro suyaklanib ketishidan 5 ta qirra va dumg‗azaning orqa to‘rtta
teshiklari (foramina sacralia dorsalia) ni hosil qiladi. Jumladan, o‘tkir qirrali
o‘siqlarning birlashishidan dumg‗azaning o‘rta qirrasi (crista sacralis mediana),
Dumg‗aza suyagi (os sacrum). Old tomondan ko‘rinishi.
1 – basis ossis sacri; 2 – processus articularis superior;
3 – pars lateralis; 4 – lineae transversae; 5 – apex ossis sacri;
6 – foramina sacralia pelvina.
199
Dumg‗aza suyagi (os sacrum). Orqa tomondan ko‘rinishi.
1 – canalis sacralis; 2 – processus articularis superior; 3 – tuberositas sacralis; 4 – crista sacralis
intermedia; 5 – crista sacralis mediana; 6 – hiatus sacralis; 7 – cornu sacrale; 8 – crista sacralis
lateralis; 9 – facies auricularis; 10 – processus articularis superior; 11 – foramina sacralia dorsalia.
Bo‗g‗im o‘siqlarining birlashishidan oraliq qirrasi (crista sacralis intermediana – orqa
teshiklarning tashqi tomonida joylashgan) ko‘rinadi. Nihoyat, umurtqalarning
ko‘ndalang o‘siq qoldiqlari yig‗indisidan dumg‗aza suyagi orqa Yuzasining eng
chetida joylashgan lateral qirra (crista sacralis lateralis) lari ko‘rinadi. Qirralardan
tashqariroqda muskullar yopishadigan dumg‗aza g‗adir-buduri (tuberositas sacralis)
joylashgan. O‘siqlarning qovurg‗a qoldiqlari bilan o‘zaro qo‘shilib ketishidan paydo
bo‘lgan dumg‗aza tubining Yon qismi (partes lateralis) quloqsimon Yuza (facies
auricularis, 20) bo‘lib, Chanoq suyagining ana shunday Yuzasi bilan Bo‗g‗im hosil
qilib qo‘shilib turadi (Chanoq suyaklarining birlashuviga qaralsin). Dumg‗aza
umurtqalari teshiklari o‘zaro qo‘sxilib dumg‗aza kanali (canalis sacralis)ni hosil
qiladi. Dumg‗aza kanalining pastki teshigi (hiatus sacralis) ikkala tomonidan chiqib
turadigan o‘siqchalar (cornu sacrale) ni hosil qiladi. Ayollarning dumg‗aza suyagi
kengroq, kaltaroq va kamroq bukilgan bo‘lishi bilan erkaklar dumg‗azasidan ajralib
turadi.
5. Dum umurtqalari (vertebrae coccygeae, 21) 4–5 dona bo‘lib, odamda qoldiq
(rudiment) umurtqalardan iborat. Bular o‘rta yashar odamlarda suyaklanib, dum
suyagi (os coccygis)ni vujudga keltiradi. Birinchi dum umurtqasida tanasidan
tashqari, uning ikki Yonboshida bir juft shoxchasi (cornu coccygeum) ko‘rinadi.
200
Dum suyagi (os coccygis). A – old tomondan ko‘rinishi; B – orqa tomondan ko‘rinishi. 1 – cornu
coccygeum; 2 – corpus coccygeus.
Dostları ilə paylaş: |