MA‟RUZA 14.
Bo„lim V Angiologiya
Ma‟ruza № 14. Yurak-qon tomir sistemasi. Yurak. Aorta. Tashqi va ichki
uyqu arteriyalar. Bosh soxasining qon bilan ta‟minlanishi. O„mrov osti
arteriyasi. Qo„l arteriyalari.
. Yoshga doir xususiyatlari.
- 2 soat.
Yurak - qon tomirlar tizimi to‗g‗risida umumiy ma‘lumotlar, taraqqiyoti
(filogenezi, ontogenezi). Yurak, arteriya, kapillyarlar, venalar, limfatik tizim.
Yurakning taraqqiyoti (filogenez, ontogenez). Yurakning shakli, topografiyasi,
tuzilishi. Bo‗lmachalar va qorinchalarning tuzilishi. Yurak devorining tuzilishi:
endokard, miokard, epikard, perikard. Yurak klapanlari: yarim oysimoy, tabaqali.
Yurakdagi so‗rg‗ichsimon mushaklar. Yurakning o‗tkazuv apparati, nerv tugunlari.
Yurakning xususiy arteriyalari va venalari. Yurak chegaralarining va klapanlarining
Ko‗krak qafasiga nisbatan proeksiyasi. Yurakning Yoshga qarab o‗zgarishi. Perikard,
Ko‗krak qafasi sohasidagi katta qon tomirlar: aorta, o‗pka stvoli, o‗pka venalari,
Yuqori va pastki kavak venalar. Yurakning rentgen nurlari ta‘siridagi tasviri.
Arteriyalar. Kichik qon aylanish doirasining qon tomirlari: o‗pka stvoli, uning
taraqqiyoti va tarmoqlanishi. O‗pka ichidagi o‗pka arteriyasining tarmoqlari: bo‗lak,
segment va bo‗lakcha arteriyalari. Katta qon aylanish doirasi. Aorta: taraiyoti,
topografiyasi, bo‗limlari. Aortaning ko‗tariluvchi qismi, aorta ravog‗i, tushuvchi
qismi. Yurakning toj arteriyalari. Aorta ravog‗ining arteriyalari. Buyin va kalla
sohalaridagi arteriyalar. Umumiy uyqu arteriyasi, topografiyasi va bo‗linishi. Tashqi
uyqu arteriyasi, topografiyasi, tarmoqlari. Bosh miyani va orqa miyani qon bilan
ta‘minlanishi. Bosh miya asosidagi arterial (Villiziy) doira. O‗mrov osti arteriyasi,
topografiyasi, o‗ng va chap taraflardagi arteriyalarning bo‗linishidagi farqlar. O‗mrov
osti arteriyasining tarmoqlari. Buyin va kalla arteriyalari orasidagi anastomozlar. Qo‗l
soxasidagi arteriyalar. Qo‗ltiq arteriyasi, topografiyasi va tarmoqlari. Elka va bilak
sohalaridagi arteriyalar: topografiyasi va tarmoqlari. Qo‗l panjasining arteriyalari,
kaftdagi arterial ravoqlar. O‗mrov osti, qo‗ltiq, elka va bilak soxalaridagi arteriya
tarmoqlari orasidagi asosiy anastomozlar.
(A: 1,2,3,4; Q: 1,2,)
ANGIOLOGIA - KON TOMIRLAR XAQIDA ILM.
Qon tomirlar: Yurak, arterial sistema, venoz sistema hamd limfatik sistemalardan
tashkil topgan.
Angiologiya - tomirlar to‗g‗risidagi fan bo‗lib, ular ichidan suYuqliklar harakat
qiladi. Odam organizmida uch hil : arterial, venoz va limfa tomirlari mavjud.
Tomirlar ichida harakat qiladiga qon-modda va gaz almashuvini ta‘minlaydщi. Ichki
sekretsiya bezlaridan ajralgan gormonlar ham qon orqali organizmga tarqaladi.
Arteriyalar-qonni Yurakdan a‘zolarga yo‗naltirsa, venalar-qonni a‘zolardan Yurak
tomonga harakatini ta‘minlaydi. Arteriya qon tomirlaridan asosan arterial qon
(kislorod va oziqa moddalariga boy qon) oqadi. Lekin o‗pka arteriyasi (stvoli) va
embrionda bo‗ladigan kindik arteriasidan venoz qon oqadi . Aksincha vena qon
tomirlaridan ko‗pincha venoz qoni yo‗naladi. Lekin o‗pka venasi va embrionda
160
uchraydigan kindik venasi ichida kislorodga va oziqa moddalariga boy arterial qon
oqadi. Boshqacha qilib aytganda, Yurakdan Chiquvchi barch tomirlarga - arteriya va
Yurakka kelib quYuvchi tomirlarga esa ven deyiladi (ichidagi oqayotgan qonni
sifatidan qat‘iy nazar). Tomirlar tarmoqlangan sayin, ularning diametri kichrayadi,
devori Yupq tortib, strukturasi soddalashadi. Yurakka yaqin joylashgan qon tomirlar
devori katta bosim tasiriga chidamli bo‗lishi kerak, chunki aortadagi bosim 200 mm
simob ustuniga teng. SHu sababli, bu qon tomirlar devorida elastik tolalar ko‗p bo‗lib
- elastik turkumidag qon tomirlar deyiladi. O‗rta va kichik qon tomirlargacha bosim
bi oz pasayadi. Natijada, qonning yo‗nalishi uchun qon tomir devoridag
muskullarning o‗zini ham qisqarishiga ehtiyoj paydo bo‗ladi. SHu sababli Yurakdan
uzoqroqda joylashgan o‗rta va kichik qon tomirlard silliq muskul qavati yaxshi
taraqqiy etgan bo‗lib, muskul turkumidagi qon tomirlar deyiladi.
Arteriya va venalar orasida mikroskopda ko‗rinadigan mikrotomirlar joylashgan.
Mikrotomirlarni eng maydasi kapillya deyiladi. Organizmda qon yopiq doira (halqa)
ichida harakkat qilib katta va kichik qon aylanish doirasi tafovut etiladi.
Katta qon aylanish doirasi Yurak bilan a‘zolar orasidagi qo harakatini ta‘minlab,
Yurakning chap qorinchasidan aorta bo‗lib boshlanadi va o‗ng bo‗lmachada Yuqorigi
va pastki kavak venalari sifatid yakunlanadi. Kichik qon aylanish doirasi esa
Yurakning o‗ng qorinchasidan o‗pka arteriyasi (stvoli) nomi bilan boshlanib, o‗pka
qon tomirlari ishtirokida, o‗pka venasi nomi bilan chap bo‗lmachada yakunlanadi.
Qon tomirlarni a‘zodan tashqarida joylashgan (ekstraorgan) v a‘zo ichida
yo‗naladigan (intraorgan) qismlarga bo‗lishimiz mumkin. Bu bo‗linish nisbiy bo‗lib,
asosan qon tomirlar uzluksiz bir-birig davom etadi. A‘zo ichidagi qon tomirlarni
o‗rganish natijasida ba‘z a‘zolar alohida bo‗laklardan va undan ham kichikroq qism-
segmentlardan tuzilganligini aniqlash mumkin. Segmentar tuzilish o‗pka, jigar,
bo‗yrak, taloq kabi a‘zolarga mansubdir. Segment-nisbata alohida qon bilan
ta‘minlanadigan a‘zoning qismiga aytilib operatsiya paytida bo‗tun a‘zoni emas,
balki a‘zoning bir qismini (segmentini) qirqib olib tashlashni ta‘minlashi mumkin.
Arterial tomirlar birin-ketin mayda tomirlarga bo‗linar ekan nihoyat eng mayd
arterial tomir arteriolalar hosil bo‗ladi. Arteriolalar devorid bir qavat muskul
hujayralari bo‗ladi. O‗z navbatida arteriolala prekapillyarlarga bo‗linadi.
Prekapillyarlar esa ko‗plab kapillyarlarga parchalanadi. Kapillyarlar devorida muskul
hujayrasi uchramayd va faqat bir qavat endoteliy hujayrasidan tuzilgan bo‗ladi.
Kapillyarlar-postkapillyarlarga yig‗ilib, ular esa o‗z navbatida venulalarga quyiladi.
SHunday qilib, arterial qon tomirlarining bo‗linish natijasida mayda, soch tolasining
qalinligiga to‗g‗ri keladigan tomirchalar-kapillyarlar hosil bo‗ladi. Kapillyarlarning
ichki diametr 7-8 mkm ( 1 mikron = 0, 001 mm) bo‗lib, bu ko‗rsatgich 2-12 mkm
gach o‗zgarib turadi. Bunday holatda ba‘zi kapillyarlar orqali eritrotsitlar o‗ta oladi.
Kichik diametrli kapillyarlardan esa faqat qo plazmasi oqadi. Ba‘zan esa kapillyarlar
yopilib, u vaqtincha qon aylanishida ishtirok etmasligi mumkin va ular kerak
bo‗lganda ochili qon aylanishiga qo‗shilishi mumkin. Kapillyarlar devori orqali
kislorod va oziqa moddalari qondan a‘zo to‗qimalariga o‗tsa, karbona angidridi va
modda almashuvi natijasida hosil bo‗lgan moddalarn qabul qilib oladi. O‗pka
kapillyarlari esa aksincha karbonat angidridini chiqarib, kislorodni qabul qiladi.
Buyrak birlamchi kapillyarlari esa modda almashuvi natijasida hosil bo‗lgan
moddalarni chiqaradi.
161
Kapillyar orqali ichki sekrksiya bezlari ishlab chiqargan gormonlar kerakli a‘zo va
to‗qimalarga olib borishi natijasida organiz bir bo‗tunligi saqlanadi. Demak, modda
almashish faqat qondan to‗qimalar tomoniga bo‗lib qolmasdan, balki aks tarafga
qarab qam harakat qiladi. Buning uchun kapillyar devorini tashkil etgan
endoteliyhujayralari orasida mikroskopik tirqishlar bo‗ladi. Ichak, buyrak,endokrin
bezlarining kapillyari devoridagi tirqishlar 10 nm dan, 4 nm gacha bo‗ladi. Lekin
bosh miya, Yurak, mushaklar, o‗pka, teri, qo‗shuvchi to‗qimalardagi kapillyar
devorida tirqishlar uchramaydi yoki jud kichik (10 nm gacha) ko‗rsatgichga ega. Bu
xollarda modda almashuv osmatik bosimning farqi asosida, fizikaviy-bioximik hodisa
asosida bajariladi. Aksincha jigar, taloq, suyakning ilik qismida kapillyarlar
devoridagi tirqishlar 100 nm dan oshadi.
YUqorida keltirilgan mikrotomirlar sistemasi ayniqsa elliginchi yillarni ikkinchi
yarmida yaxshi o‗rganilgan bo‗lib mikrotomirla (mikrotsirqo‗lyasiya) atamalari
qo‗llanila boshlandi. Katta va kichi qon aylanish doirasidan tashqari organizmda
regionar qon aylani ham mavjuddir. Regionar qon aylanishni tushinish uchun esa
mikrotsirkulyasion qon aylanish bilan tanishish kerak.
Mikrotsirkulyasiya - bu qonning mikroskop ostida ko‗rinadigan qo tomirlar ichidagi
harakatiga aytiladi. Uning tarkibiy qismini arteriola, prekapillyarlar, kapillyarlar,
postkapillyarlar, venul tashkil etadi.
Qon tomirlar bo‗ylab yo‗nalayotgan qon, a‘zo ichida kapillyarla orqali yo‗nalsa,
transkapillyarlar qon aylanish deyiladi.
Bundan tashqari Yukstakapillyar (kapillyardan tashqari) qon aylanish mavjud
bo‗ladi. Bu hodisa arteriola va venulalar orasida ularni biriktirib turuvchi
anastomozlar (arteriula-venulyar) mavjudligidan kelib chiqadi. Bu anastomozlardan
qonning yo‗nalish uchun, prekapillyarlar devoridagi muskul hujayralarining qisqarish
shart bo‗ladi. Natijada ma‘lum mikroskopik Yuzadan qon kapillyarla orqali emas,
balki arteriola-venulyar anastomozlar orqali, nisbatan katta tezlikda va nisbatan qisqa
muddatda vena qon tomirlariga o‗tkaziladi. Bu jaraYon a‘zolardagi kapillyarlarning
ma‘lum qismini vaqti-vaqti bilan "dam" olishini ta‘minlaydi. Aksincha a‘zoning ish
faoliyatini oshirishga muxtoj bo‗lganda arteriola-venulya anastomozlar yopilib - qon
"ortiqcha" kapillyarlar orqali yo‗naladi.
Ba‘zi a‘zolarda kapillyarlar ishtirok etadigan "ajoyib" to‗rla hosil bo‗ladi. Bu holda
arteriya bo‗linish yakunida kapillyarlarga bo‗linadi. Bu kapilyarlar birlashib, yana
arteriya hosil qiladi va "ajoyib" to‗r oddiy tomirlar sistemasidan (arteriya, kapilyar,
vena) far44 qiladi. "Ajoyib" to‗r buyrak kapillyar koptokchasi shaklida uchraydi.
Arteriyalarning tarmoqlanish qonuniyatlari.
1. Qon tomirlar ko‗pincha organlarning zararli tashqi ta‘siridan bir qadar saqlangan
ichki qismlarida yotadi.
Qon tomirlarning asosiy tarmoqlari - tananing bukuvchi muskullari joylashgan
tarafdan yo‗naladi. Bunday joylanish tananing sh sohasidagi masofaning qisqaligi
bilan tushuntirish mumkin. Miso uchun, agarda aorta umurtqa pog‗onasining old
tomonida emas, balk orqa tomonida joylashganda edi, tananing bukilishi natijasida
aort siqilib qon o‗tmay qolar edi.
2. Katta qon tomirlar qo‗l-oyoq suyaklarining miqdoriga mos ravishda tarmoqlanadi
va pirovardida yoysimon tuzilishga ega bo‗ladi.
162
Misol uchun, elka va son sohalarida bittadan suyak bo‗lgani uchu bittadan asosiy
arteriyalar bo‗lib, bilak va boldir sohalarida suyaklarga mos ravishda ikkitadan qon
tomirlarga bo‗linadi.
3. Erkin harakat qilishga moslangan bo‗g‗imlar sohasida tomirlar : to‗rlar va
birlashmalarni (anastomozlar) tashkil etadi.
4. A‘zolarga yo‗nalayotgan qon tomirlarning hajmi va qalinlig - a‘zoning hajmi
emas, balki bajaradigan vazifasiga mos ravishd bo‗ladi. Misol : buyrak arteriyasining
ichki diametri, ichakning qo tomirlarining diametriga teng. Qalqonsimon bez qon
tomirlari hiqildoqni qon bilan ta‘minlaydigan tomirlardan bir necha marotab katta
bo‗ladi. Bir gramm a‘zoga oqib kelayotgan qonning miqdorini taqqoslanganda, qon
bilan eng yaxshi ta‘minlanadigan a‘zo - bu qalqonsimon bez va bosh miya bo‗lib
hisoblanadi. Qo‗l va oyoq qonsizlikka soatgacha o‗zgarishsiz chidashi mumkin. Bosh
miya esa, Yurak bir qisqarishi davomida qonsiz qolsa - odam xushidan ketishi
mumkin.
5. Qon tomirlar a‘zoning taraqqiyoti bilan bog‗liq bo‗lganlig uchun, tomirlarning
a‘zolar ichidagi tarmoqlanishi va tuzilishi sh a‘zoning shakliga va bajaradigan
vazifasiga mos bo‗ladi.
6. Ko‗pchilik qon tomirlar, embrionning rivojlanishi davrid nervlar bilan birga
rivojlanib, ular bilan Yonma-Yon yo‗naladi v nerv, qon-tomir tutamini hosil qiladi.
7. Taraqqiyot jaraYonida hosil bo‗lgan bo‗shliqlar devori va bo‗shliq ichidagi
a‘zolar - alohida qon tomir bilan ta‘minlanadi. SH sababli parietal va visseral
tarmoqlarga bo‗linadi. Misol uchun,Ko‗krak aortasi, qorin aortasi, ichki Yonbosh
arteriyalarining tarmoqlari.
1
8. Odam tanasi taraqqiyot paytida segmentar tuzilishga eg bo‗lganidan - segmentar
qon bilan ta‘minlanish saqlanadi. Miso uchun, qovurg‗alararo qon tomirlar, bel qon
tomirlari va hokazo.
9. A‘zolarga qon eng qisqa yo‗l bilan keladi. Qon tomirlarining tarmoqlanishida eng
yaqin tarmoq bilan ozuqalanish qonuniyat saqlanib qoladi. SHu sababdan aortadan
chiqayotgan birinchi qon tomi Yurakning devorini ta‘minlaydi.
Lekin a‘zolarni qon bilan ta‘minlashdagi bu qonuniyat embrional taraqqiyot
davridagi holatiga mansub bo‗lib, a‘zo taraqqiyot davomida boshqa joyga ko‗chsa
ham, rivojlanayotganda oziqlangan qon tomirlarini saqlab qoladi. Misol uchun, bel
sohasida taraqqiy etga moyak, yorg‗oq ichida joylashsa ham, qorin aortasidan
chiqayotgan tarmoq bilan ta‘minlanadi. YOrg‗oq esa son arteriyasining tarmog‗i
bilan ta‘minlanadi.
10. Qon tomirlar bo‗g‗imlardan o‗tadigan joylarda bir munch Yuzada yotadi (bunday
joylarda pulsni tekshirish mumkin).
11. Arteriyalar bir-biri bilan shoxchalar orqali birlashadi, ya‘ni bir-biri bilan
bog‗lanadi. Yirik stvollarni bir-biriga bevosit qo‗shib turuvchi shoxchalarga
anastomozlar deyiladi (umurtqa pog‗onas arteriyalarining bosh miya asosida bir-
biriga o‗tishi, me‘da, ichak,qo‗l, oyoq panjalaridagi arteriyalarning bir-biriga
qo‗shilishi miso bo‗la oladi).
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
163
Odam gavdasining ba‘zi sohalarida anastomozlar ayniqsa yaxsh takomil etgandir va
shuning natijasida murakkab to‗rlar vujudga keladi. Qo‗l va oyoq bo‗g‗imlarining
dorzal Yuzalarida shunday to‗rla mavjuddir.
12. Asosiy stvoldan chiqib, u bilan bir qadar nariga boruvch Yon tarmoqlarni -
kollaterallar deyiladi.
Masalan : tana, qo‗l va oyoqlardagi asosiy arterial yo‗llarg paralel holda
anastomozlar yotadi. Odatdagi normal sharoitda b anastomozlarning diametri bir
muncha kichik bo‗ladi. Kollatera anastomozlar organning qon bilan ta‘minlanishi
buzilganda, xatt yirik arteriyalardan qon bormay qolganda (arteriyalar bog‗lab
qo‗yilganda, yoki ularning teshigiga tromb tiqilganda), asosiy stvolda qon kelishi
bo‗tunlay to‗xtashiga qaramay, gavdaning muayyan sohas odatda nobud bo‗lmaydi.
Buning sababi shuki, qon asosiy stvolinin bog‗langan joydan pastroqdagi kollaterallar
orqali o‗tadi. Kollaterallarning diametri sekin asta kattalashadi. Odatda ingichka
bo‗lga arteriyalardan yirik stvollar takomil etadi va shunga yarasha ularnin devori
ham o‗zgaradi (qalinlashadi). Agar tomirlar bir-biri bila bir tekislikda birlashmay,
barcha tekisliklarda birlashsa - chigallar hosil bo‗ladi.
Kollateral qon tomirlarini xirurgiya praktikasida (ayniqs ular jarohatlanganda) katta
ahamiyati bor. CHunki katta magistra tomirlar jarohatlansa (kesilsa, uzilsa) shu
jarohat Yonlama (kollateral) tomir chiqishidan oldin yoki keyin bo‗lishiga qarab qo‗l-
oyoqn ampo‗tatsiya qilish yoki qilmasligi hal bo‗ladi.
Arteriyalarning taraqqiyoti.
Filogenezda suvda yashovchi hayvonlarda jabralar bo‗lib, quruqlikda yashovchi
hayvonlarda o‗pkaning hosil bo‗lishi natijasida : kichi qon aylanish doirasi hosil
bo‗ladi. Qon tomirlar taraqqiyoti (ontogenez) filogenetik taraqqiyotni qisqa muddat
ichida qaytarib o‗tadi. Taraqqiyotning boshlang‗ich davrida chap qorinchadan
arteriya stvol (truncus arteriosus) yo‗naladi. Bu stvol ikkita ventral aortag bo‗linadi.
Har bir ventral aortadan Yon tarafga 6 juft aorta ravoqlari ajraladi. Bu ravoqlarning
dorzal qismi esa dorzal aort stvolini hosil etadi. Har ikki tarafdagi dorzal aortalar
yaqinlashib, pastki uchi bilan qo‗shiladi va toq tushuvchi aortani tashkil etadi.
Truncus arteriosus frontal to‗siq vositasida bo‗linib, old tarafda joylashgan o‗pka
stvoliga va orqa tarafda ko‗tariluvchi aortag ajraladi.
6 - nchi aortal jabra ravog‗i o‗pka stvoli bilan qo‗shilgan bo‗lib, o‗pk arterialariga
aylanadi. CHap tarafdan 6 ravoq dorzal aorta bila aloqasini saqlab qoladi va ductus
arteriosusga aylanadi. 1, 2, aortal jabra ravoqlari atrofiyaga uchraydi. CHap tarafdagi
4 aorta jabra ravog‗i, qisman shu tarafdagi ventral aorta va qisman cha dorzal aorta
bilan birgalikda - aorta ravog‗ini hosil etadi. O‗n tarafdagi 4 aortal jabra ravog‗i -
o‗ng o‗mrov osti arteriyasiga aylanadi.
3 aortal jabra ravog‗i va dorzal aortaning shu ravoqlarda Yuqorigi qismi, har ikki
tarafda ichki uyqu arteriyalarini hosil etadi. O‗ng ventral aortaning 4 ravoqdan ostki
qismi - o‗ng elka kalla stvoli truncus brachiocepholicus ga aylanadi. SHu sohadag
o‗ng ventral aorta qismi - aorta ravog‗ini hosil etishda qatnashadi.
3 va 4 ravoqlar orasidagi ventral aortaning qismi, har ikkala tarafda umumiy uyqu
arteriyasini tashkil etadi. 3 ravoqdan Yuqorig ventral aorta qismi - tashqi uyqu
arteriyasini hosil etadi. O‗ng tarafdagi dorzal aortaning 3 ravoqdan pasti, chap tarafda
esa 3 va ravoqlar orasidagi dorzal aorta qismi atrofiyaga uchraydi.
164
Yurak - cor.
Yurak - cor to‗rt kamerali a‘zo bo‗lib, Ko‗krak qafasidagi oldingi ko‗ks oralig‗ida
joylashadi. Yurakning uchi - apex cordis pastga va oldinga yo‗nalgan bo‗lib,
Yurakning asosi - basis cordis Yuqorida va biroz orqaroqda joylashadi. Yurakning
oldingi Yuzas - facies sternocostalis - to‗sh va qovurg‗a suyaklariga qaragan, pastki
Yuzasi diafragmaga tegib turganligi uchun - facies diaphragmatica deyiladi.
Yurakning to‗rt kamerasi : 2-ta bo‗lmacha - atrium dextrum e sinistrum; hamda 2-ta
qorincha - ventriculus dexter et siniste qismlari bo‗ladi. Har ikkala bo‗lmacha orasida
to‗siq - septum interatriale bo‗ladi. Har ikkala qorinchalar orasida ham to‗siq bo‗lib,
septum interventriculare deyiladi. Bo‗lmachalar orasidagi to‗siqda chuqurcha - foss
ovalis bo‗lib, embrion taraqqiyoti davridagi foramen ovale teshig sohasiga to‗g‗ri
keladi.
O‗ng bo‗lmacha bilan o‗ng qorincha orasida qon o‗tadigan tirqish ostium
atrioventriculare dextrum bo‗ladi. CHap bo‗lmacha bilan cha qorincha orasida ham
qon o‗tadigan tirqish - ostium atrioventriculare sinistrum bo‗ladi. Bu tirqishlardan
qon faqat qorincha tomon yo‗naladi. CHunki o‗ng tirqish sohasida uch tabaqali
klapan - valva atrioventricularis dextra seu valva tricuspidalis joylashadi. CHap
tirqish sohasida esa ikki tabaqali klapan - valva atrioventricularis sinistra seu valva
bicuspidalis (mitralis) joylashadi. Bu klapanlarning qorinchaga qaragan Yuzasiga
paysimon ipchalar - chorda tendineae birikkan bo‗ladi. Ipchalarning ikkinchi uchi,
qorincha devorining ichki Yuzasidagi so‗rg‗ichsimon mushaklarga - musculi
papillareslarga birikadi.
O‗ng bo‗lmacha bo‗shlig‗iga Yuqori kavak venasi - vena cava superio va pastki
kavak venasi vena cava inferior lar ochiladi.
Pastki kavak venasining quyilish sohasida Yurakning ichki qavatining o‗simtasidan
hosil bo‗lgan klapan - valvula venae cavae inferioris joylashadi.
O‗ng bo‗lmacha bo‗shlig‗iga Yurakning xususiy venalari ham - sinu coronarius
cordis sifatida quyiladi. Qo‗shimcha ravishda Yurakning xususiy kichik venalari -
foramina venarum minimarum teshiklari vositasida o‗ng bo‗lmacha bo‗shlig‗iga
quyiladi. O‗ng qorincha bo‗shlig‗idan qo o‗pka savoliga - truncus pulmonalis ga
yo‗naladi. O‗pka stvolinin teshigi - ostium trunci pulmonalis - sohasida, Yurak ichki
qavatining o‗simtalaridan hosil bo‗lgan klapanlar - valva trunci pulmonalis
joylashadi. Klapanlar qonni o‗ng qorinchaga qaytishiga to‗sqinli qilib, faqat o‗pkaga
yo‗nalishini ta‘minlaydi.
CHap bo‗lmachaga o‗pka venasi - venae pulmonalis - quyiladi. O‗n qorinchadan
boshlangan truncus pulmonalis, o‗pka ishtirokida chap bo‗lmachaga quyiladigan
venae pulmonalis doirasi - kichik qon aylani doirasi - circulis sanguinis minor
deyiladi. CHap qorinchadan es aorta qon tomiri boshlanadi. Aortaning boshlanish
qismidagi teshi sohasida yarimoysimon aorta klapani - valva semilunaris aorta
joylashadi. Bu aorta klapani uchta yarimoysimon tabaqalardan - valvula semilunaris
posterior, valvulae semilunaris dextra et sinistralardan hosil bo‗ladi.
Yurak devori uch qavat to‗qimadan tashkil topgan. Tashqi qavatda,Yurak xaltasi
perikardning visseral varag‗idan hosil bo‗lga epikard epicardium to‗qimasi bo‗ladi.
Yurak devorining eng qali qismi mushak to‗qimalaridan hosil bo‗lib, bu o‗rta qavatni
miokar myocardium deyiladi. Bo‗lmachalar mushak qavati alohida guruh
165
kardiomiotsitlardan iborat. Yurak qorinchalari ham alohida mushak guruhidan hosil
bo‗ladi. SHu sababli Yurakning har bir bo‗limi alohid qisqarish xususiyatiga ega
bo‗ladi. Bo‗lmachalardagi mushaklar ikki qavatdan iborat bo‗lib, tashqi qismida
bo‗ylama mushak tolalari joylashadi.
Qorinchalar sohasidagi mushaklar uch qavatdan iborat bo‗ladi. Tashqi va ichki
qavatda bo‗ylama mushak to‗qimalari joylashsa, o‗rta qavatni esa har bir qorincha
uchun alohida bo‗lgan xalqasimon musha to‗qimalari joylashadi.
Yurakning ichki Yuzasi qo‗shuvchi to‗qimadan hosil bo‗lgan endokard endocardium
qavati qoplab turadi. Bu qavatning o‗simtalar Yurak klapanlarini hosil etadi.
Yurakning o‗tkazuv yo‗llari.
Yurak mushaklarini harakatga keltiradigan xususiy o‗tkazuv yo‗llari bo‗ladi. Bu
yo‗llar nerv va mushak to‗qimalaridan hosil bo‗lib,nerv hujayralari va nerv
o‗simtalaridan tashkil topadi. Nerv xujayralari - Yurak o‗tkazuv yo‗llarining
tugunlarini hosil etadi.
1. Sino-atrial tugun - nodus sinoatrialis - nerv hujayrala tuguni bo‗lib, o‗ng
bo‗lmacha devorida joylashadi.
2. Bo‗lmacha - qorincha orasidagi tugun - nodus atrioventricularis - o‗ng
bo‗lmachaning qorinchaga o‗tish sohasida joylashadi.
Bu tugun hujayralarining o‗simtasi fasciculus atrioventricularis (Giss - tutamlari) ni
hosil etib qorinchalarga davom etadi.
O‗z navbatida bu tutamlar qorinchalar sohasida ikki oyoqchaga : cru dextrum et
sinistrum larga ajraladi.
Yurakni arterial qon tomirlari ko‗tariluvchi aortadan - aorta ascendens dan ajraladi.
Yurak arteriyalari o‗ng va chap toj arteriyalar - a. a. coronaria dextra et sinistra deb
ataladi.
Yurakning venoz qoni esa xususiy venoz tomirlarga - sinus coronarius cordis ga
yig‗ilib, venoz sinus tomiri o‗ng bo‗lmachaga ochiladi. Yurakning qo‗shimcha vena
qon tomirlari ham bo‗lib ular o‗ng qorincha bo‗shlig‗iga ochiladi. Bu venalar v. v.
cordis anteriores ,v. v. cordis minimae deb ataladi.
Aorta -aorta.
Odamning arteriya qonini tarqatadigan asosiy qon tomir bo‗li hisoblanadi.
Yurakning chap qorinchasidan chiqib, o‗zaro tutashgan (davom etadigan) uch qismga
: ko‗tariluvchi aorta ascendens ga,aorta ravog‗iga arcus aortae, tushuvchi aortaga
aorta descendens g bo‗linadi.
Arterial naycha ductus arteriosus yoki Botalov naychasi - xomila taraqqiyoti davrida
o‗pka arteriyasini tushuvchi aorta bilan qo‗shib turadi va oldingi ko‗ks oralig‗i
bo‗shlig‗ida joylashadi. Bola tug‗ilganidan so‗ng (3-5 kunlarda) arterial naycha
puchayadi keyingi 3- oylarda arterial boylam ligamentum arteriosum ga aylanadi.
Katta qon aylanish doirasining arteriyalari.
Aorta aorta - Yurakning chap qorinchasidan chiqib, eng katt arteriya bo‗lib
hisoblanadi. Aortada uch bo‗lim tafovut etilib, unin ko‗tariluvchi qismi - pars
166
ascendens aortae; aorta yoyi - arcus aortae; pastga tushuvchi qismi - pars descendens
aortae tafovut etiladi.
1
Ko‗tariluvchi aorta - aortae ascendens dan Yurakni arterial qo bilan ta‘minlovchi
tojsimon arteriyalar - a. coronariae dextra e sinistra chiqadi. Bu tojsimon arteriyalar
aortaning yarimoysimo klapanlarining ostidan boshlanadi.
Aorta yoyi - arcus aortae dan : o‗ng tarafda elka - bo‗yi stvoli - truncus
brachiocephalicus; chap tarafdagi umumiy uyqu arteriyasi - a. carotis communis
sinistra; chap tarafdagi o‗mrov ost arteriyasi - a. subclavia sinistra ajraladi.
Bo‗yin-elka stvoli - truncus brachiocephalicus dan qalqonsimon bezni arteriyasi - a.
thyroidea ima ajralganidan so‗ng, bo‗yin-elka stvoli ikkiga : o‗ng umumiy uyqu
arteriyasi - a. caroti communis dextra va o‗ng o‗mrov osti arteriyasi - a. subclavia
dextr ga bo‗linadi.
Umumiy uyqu arteriyalari - a. carotis communis - tashqi uyq arteriyasi - a. carotis
externa va ichki uyqu arteriyasi - a. caroti interna larga bo‗linadi.
Tashqi uyqu arteriyasi.
Tashqi uyku arteriyasi a. corotis externa ning tarmoqlari 4 guruxga bo‗lib
o‗rganiladi: oldingi, orqa, ichki ( medial ) va Yuqorig (oxirgi-yakuniy)tarmoqlar.
Tashqi uyku arteriyasining oldingi tarmoqlari:
1. YUqorigi qalqonsimon arteriya a. thyroidea superior : qalqonsimo bezlarni, til
ostki suyagini, hiqildoqni va o‗mrov-tush-so‗rg‗ichsimo muskulini kon bilan
ta‘minlaydi. Tarmoqlari orasida hiqildoqnin ustki arteriyasi a. laryngea superior
ajralib turadi.
2. Til arteriyasi a. lingualis - tilni kon bilan ta‘minlashdan tashkari: til osti suyagini,
til osti mushagi, til osti so‗lak bezini, pastki jag‗ning - til tarafidagi shilliq qabatini
ham qon bilan ta‘minlayd va a. sublingualis tarmog‗i deyiladi.
3. Yuz arteriyasi a. facialis - chaynov mushagining oldidan o‗tib, og‗i burchagi
sohasidan-ko‗zning ichki burchagigacha yo‗naladi va shu sababl oxirgi tarmoqlarini
a. angularis deyiladi.
Yuz arteriyasidan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) ko‗tariluvchi tanglay arteriyasi a. palatina ascendens-halqumnin Yuqori qisuvchi
mushagini, Yumshoq tanglay mushaklarini va shilliq qavatini, tanglay murtaklarini
qon bilan ta‘minlaydi.
b)tanglay murtagining tarmog‗i a. tonsillaris.
v) jag‗ osti so‗lak bezini qon bilan ta‘minlaydigan tarmoq a. submandibulari g) engak
osti arteriyasi a. submentalis- til osti suyagining ustid joylashgan muskullarni qon
bilan ta‘minlaydi:
e) pastki labni ta‘minlaydigan arteriya a. labialis inferior;
j) ustki labni ta‘minlaydigan arteriya a. labialis superior;
Tashqi uyku arteriyasining orqa tarmoqlari:
1. Tush-o‗mrov- so‗rg‗ichsimon mushagining qon bilan ta‘minlaydigan tarmok a.
sternocleidomastoidea.
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
167
2. Ensa arteriyasi a. occipitalis-ensa sohasidagi mushaklar va teri,quloq suprasi va
qisman bosh miyaning qattik pardasini qon bila ta‘minlaydi.
3. Quloqning orqa arteriyasi a. auricularis posterior ham ensa soxasidagi mushak va
terisida, hamda quloq suprasida tarkaladi.
Tashqi uyku arteriyasining ichki (medial) tarmoqlari:
1. Halqumning ko‗tariluvchi arteriyasi a. pharingea ascendens-halqu mushaklarini,
Yumshok tanglay mushaklarini va qisman bosh miya qatti pardasini qon bilan
ta‘minlaydi.
Tashqi uyku arteriyasining oxirgi (yakuniy) tarmoqlari:
1. YUqori jag‗ arteriyasi a. maxillaris - Chakka osti chuqurchasi soxasida joylashgan
bo‗lib, oxirgi tarmoqlari- kanot-tanglay chuqurchasi sohasida tarmoqlanadi. SHu
sababdan bu arteriyaning tarmoqlari u sohaga bo‗lib urganiladi: pastki jag‗
sohasidagi, Chakka osti chuqurchasi sohasidagi va kanot - tanglay chuqurchasi
sohasidagi tarmoqlar. Pastki jag‗ sohasidan 3 ta arteriya ajraladi.
a) pastki jag‗ tishlarini ta‘minlaydigan arteriya a. alveolaris inferior- pastki jag‗
suyagining kanali bo‗ylab yo‗naladi va tishlarni,pastki jag‗ suyagini, milklarni qon
bilan ta‘minlaydi. Bu qon tomirning oxirgi tarmoqlari a. mentalis engak teshigidan
pastki labning shu sohasida tarmoqlanadi. Pastki jag‗ kanaliga kirish teshigidan
Yuqoriroqda pastki jag‗ tishlarini ta‘minlaydigan tarmoqdan - jag‗-til osti mushagiga
arteri a. mylohyoidea ajraladi.
b) quloq suprasining chuqur arteriyasi a. auricularis profunda tashqi eshituv Yuli va
nog‗ora pardalarini qon bilan ta‘minlaydi.
v) nog‗ora bo‗shlig‗ining oldingi arteriyasi a. tympanica anterior fissura
petrotympanica tirqishi orqali nog‗ora bo‗shlig‗iga o‗tib,shilliq qavatini qon bilan
ta‘minlaydi. YUqori jag‗ arteriyasining Chakka osti chuqurchasi sohasidagi
tarmoqlari:
a) bosh miya qattiq pardasining o‗rta arteriyasi a. meningea media ponasimon
suyakning qirrali teshigi orqali kalla ichiga kirib, qatti44 parda, uch shoxli nerv
tuguni hamda nog‗ora bo‗shlig‗ining shilliq qavatlarini qon bilan ta‘minlaydi.
b) Chakka mushagini ta‘minlaydigan chuqur arteriyalar aa. temporalis profundea
anterior et posterior.
v) chaynov mushagini qon bilan ta‘minlaydigan arteriya a. masseterica.
g) Yuqori jag‗ katakchalarning orqa arteriyasi a. alveolaris superio posterior-Yuqori
jag‗ suyagidagi shu nom bilan ataladigan teshikchala orqali yo‗nalib, Yuqori katta
jag‗ tishlarini, shu soha milkini hamd Yuqori jag‗ suyagi bo‗shlig‗ining shilliq
qavatini qon bilan ta‘minlaydi.
d) lunj arteriyasi a. buccalis - lunj sohasidagi mushakni , shilli44 pardasini, shu soha
milkini qon bilan ta‘minlaydi.
e) ichki va tashqi qanotsimon mushaklarni qon bilan ta‘minlaydiga arteriya a.
pterygoidea.
YUqori jag‗ arteriyasining qanot-tanglay chuqurchasi sohasidagi tarmoqlari:
a) ko‗z kosasining ostki devori bo‗ylab yo‗naladigan arteriya a. infraorbitalis. Bu
arteriya ko‗z kosasiga- pastki tirqish fissura orbitalis inferior orqali o‗tib pastki devor
168
bo‗ylab yo‗naladi va ko‗ kosasining ostidagi teshik orqali Yuzda paydo bo‗ladi. Ko‗z
kosasinin pastki devori bo‗ylab yo‗nalaetgan arteriyadan - Yuqori jag‗ suyaginin
ichiga o‗rta va oldingi katakcha tarmoqlari aa. alveolaris superiore anteriores et
media yo‗naladi. Bu tarmoqlar Yuqori jag‗da joylashga kichik oziq tishlarni, kesuv
tishlarini va milklarini qon bila ta‘minlaydi. A. infraorbitalis ko‗z kosasi bo‗shlig‗ida
ko‗z soqqasinin mushaklarini qon bilan ta‘minlaydi va oxirgi tarmoqlari ko‗z
kosasining ostidagi teshik orqali o‗tib Yuzda tarkaladi. Bu tarmoqlar Yuqori lab
sohasidagi mushaklarda va terida tarqaladi.
b) Tanglayning tushuvchi arteriyasi a. palatina descendens - qanottanglay
chuqurchasidan - katta tanglay kanali canalis palatinu major orqali o‗tadi.
Arteriyaning tarmoqlari qattiq va Yumshoq tanglayda tarmoqlanadi va a. palatina
major et minor deyiladi. Asosiytarmoqning boshlanish joyidan a. canali pterygoidei
ajraladi va sh nom bilan ataladigan kanal orqali o‗tib halqumning burun qismid
tarmoqlanadi.
v) Ponasimon - tanglay arteriyasi a. sphenopalatina - shu noml teshik orqali o‗tib,
burun bo‗shlig‗ining shilliq qavatida tarqaladi. Bu tarmoqning oxirgi shoxlari - kesuv
tishlari joylashadigan katakchalar orasidagi kanal orqali o‗tib, qattiq tanglayda
tarmoqlanadi.
2) Chakkaning Yuza arteriyasi a. temporalis superficialis tashqi uyku arteriyasining
oxirgi tarmoqlari bo‗lib hisoblanadi v quyidagi shoxchalarga bo‗linadi:
a) Yuzning ko‗ndalang arteriyasi a. transversa faciei - Yono44 ravog‗i bo‗ylab
yo‗naladi;
b) quloq oldi bezi arteriyalari a. parotidea;
v) Chakkaning o‗rta arteriyasi a. temporalis media - Chakka mushagida tarqaladi;
g) Quloq suprasining oldingi arteriyasi a. auriculari anterior- tashqi quloq va tashqi
eshituv Yulini qon bilan ta‘minlaydi.
d) Yonoq - ko‗z kosasi arteriyasi a. zygomaticoorbitalis ko‗zning lateral burchagiga
tarkaladi.
e) Peshona arteriyalari a. frontalis - peshona sohasini qon bila ta‘minlaydi.
j) Tepa sohasida tarmoqlanadigan tarmoq a. parietalis;
Ichki uyqu arteriyasi - a. carotis interna.
Ichki uyqu arteriyasi - a. carotis communis ning tarmog‗i bo‗lib,Chakka suyagidagi
canalis caroticus orqali o‗tib, asosan bosh miyan qon bilan ta‘minlashda qatnashadi.
Ichki uyqu arteriyasining tarmoqlari :
1) a. caroticotympanici - Chakka suyagidagi tirqishlar orqali,o‗rta quloq bo‗shlig‗iga
o‗tadi;
2) a. ophtalmica - ko‗z arteriyasi - kallaning ichki Yuzasidan,ko‗z kosasiga - canalis
opticus orqali o‗tadi. Ko‗z arteriyasi quyidagi mayda tarmoqlarni ajratadi : a) qattiq
pardani arteriyasi r. meningea; b) ko‗z Yosh bezini arteriyasi - a. lacrimalis; v) ko‗
soqqasining qon tomir pardasini hosil etuvchi arteriya - a. centralis retinae, a. a.
cilliares; g) ko‗z soqqasining mushaklarining arteriyasi - r. muscularis; d) qovoqlarni
arteriyasi - a. palpebrale laterales et mediales; e) burun bo‗shlig‗ining Yuqori havo
yo‗llarining shilliq qavatlarining arteriyalari - a. a. ethmoidales anterio et posterior; j)
ko‗z kosasining Yuqori teshigi - foramen supraorbitale orqali chiqib , peshona
169
sohasini qon bilan ta‘minlaydigan arteriya - a. supraorbitalis; p) burun tashqi
sohasining arteriyasi a. dorsalis nasi.
3) a. cerebri anterior - bosh miyaning oldingi arteriyasi - bo miya peshona bo‗lagini
qon bilan ta‘minlaydi.
Har ikkala tarafdagi oldingi bosh miyaning arteriyalari o‗zaro oldingi qo‗shuvchi
arteriyalar - a. communicans anterior - vositasid ko‗shilib turadi.
4) a. cerebri media - bosh miyaning o‗rta arteriyasi. Bu arteri bosh miyaning Chakka,
tepa va qisman peshona bo‗laklarini qon bila ta‘minlaydi.
5) a. chorioidea - bosh miyaning Yon qorinchalari ichida qon tomir chigalini hosil
etadi.
6) a. communicans posterior - orqa ko‗shuvchi arteriya - ensa sohasini qon bilan
ta‘minlaydigan arteriya bilan qo‗shiladi.
Bosh miyani qon bilan ta‘minlashda o‗mrov osti arteriyasi a. subclavia -ning
umurtqa tarmog‗i - a. vertebralis qatnashadi. Bu arteriya bo‗yin umurtqalarining
ko‗ndalang o‗simtasidagi teshiklar - foramen processus transversus orqali yo‗nalib,
bosh miya asosiga ens suyagining foramen magnum teshigi orqali o‗tadi.
A. vertebralis o‗z yo‗nalishida quyidagi tarmoqlarni chiqaradi :
a) a. spinalis anterior - orqa miyaning bo‗yin segmentlarini qon bilan ta‘minlaydi.
Har ikki tarafdagi bu tarmoqlar o‗zaro qo‗shiladi;
b) a. spinalis posterior - orqa miyaning bo‗yin segmentlarini qo bilan ta‘minlaydi;
v) a. cerebelli inferior posterior - miyachaning orqa Yuzasini qon bilan ta‘minlaydi.
A. vertebralis kalla bo‗shlig‗ining ichida, Voroliy ko‗priginin oldingi Yuzasida
o‗zaro qo‗shilib - asosiy arteriya - a. basilaris n hosil etadi. O‗z navbatida a. basilaris
ikki bosh miya ning orqadag arteriyalariga - a. cerebri posteriores larga bo‗linadi. Bu
arteriyalar ichki uyqu arteriyasining orqa qo‗shuvchi arteriyasi a. communicantes
posterior bilan birikadi.
Bosh miyaning orqa arteriyasi - bosh miyaning ensa bo‗lagini, Voroliy ko‗prigini
miyacha va uzunchoq miyani qon bilan ta‘minlaydi. Ichki uyqu arteriyalarining
tarmoqlarining va o‗mrov osti arteriyasining umurtqa arteriyasining tarmoqlari o‗zaro
qo‗shilib, bosh miya asosida arterial qon tomirlar xalqasini - circulus arteriosus
cerebri ni hosil etadi. Bu arterial xalqa quyidagi arteriyalarning qo‗shilishidan hosil
bo‗ladi : a. communicans anterior, a. a. cerebri anteriores, a. a. communicantes
posteriores, a. cerebri posteriore
Dostları ilə paylaş: |