Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

III. AMALIY MASHG„ULOTLAR 
AMALIY MASHG„ULOT №1 
Satx to„g„risida tushuncha. Boshlang„ich terminologiya. Umurtqaning umumiy 
tuzilishi. Ko„krak umurtqasi. Buyin umurtqasi. Bel umurtqasi. Dumg„aza 
suyagi. Dum umurtqasi
Umumiy osteologiya. Anatomik atamalar. Satxlar (sagital, 
frontal, gorizontal). Boshlang‗ich atamalarning asosiylari. Ko‗krak umurtqalari, 
Bo‗yin umurqalari. Bel umurtqalari.YAngi texnologiya :Aqliy hujum 
ODAM TANASINING SHAKLLARI, O‗LCHOVLARI,
YOSHGA VA JINSGA OID XUSUSIYATLARI
Odam gavdasi bir qancha bo‗laklardan iborat. Odam kallasi (caput) bo‗yin (collum) 
vositasida tanasiga (truncus) qo‗shilib turadi. Odam tanasi Ko‗krak qafasi (thorax), 
qorin (abdomen) qismlaridan, ikki qo‗l (membra superiores) va ikki oyoqdan 
(membra inferiores) iborat. Bulardan qo‗llar gavdaning Yuqorisida joylashgan bo‗lsa, 
oyoqlar tanaga pastdan birlashadi. 
Ko‗krak qafasi ichidagi organlarning turgan joylarini sirtdan turib aniqlash uchun bir 
qancha bo‗ylama, tikka chiziqlardan foydalaniladi.
1) oldingi o‗rta chiziq (linea mediana anterior) – to‗sh suyagining qoq o‗rtasidan 
o‗tadi; 
2) to‗sh chizig‗i (linea sternalis) – to‗sh suyagining ikki cheti bo‗ylab o‗tadi;
3) Ko‗krak bezi orqali o‗tgan chiziq (linea medioclavicularis, s. mamillaris) – sut 
bezning so‗rg‗ichi ustidan o‗tadi;
4) to‗shning Yonbosh chizig‗i (linea parasternalis) – Ko‗krak bezi va to‗sh chiziqlari 
o‗rtasidan o‗tadi;
5) oldingi qo‗ltiq chizig‗i (linea axillaris anterior ) – qo‗ltiqning oldingi qirrasidan 
boshlanadi;
6) qo‗ltiq o‗rta chizig‗i (linea axillaris media) – qo‗ltiqning o‗rta qismidan 
boshlanadi; 
7) qo‗ltiq orqa chizig‗i (linea axillaris posterior) – qo‗ltiqning orqa qismidan o‗tadi; 
8) kurak chizig‗i (linea scapularis) – kurakning pastki burchagidan pastga o‗tadi.
Odamning qorin sohasi ham ikkita gorizontal chiziq vositasida ustma-ust joylashgan 
uchta bo‗lakka (qavatga) ajraladi, chiziqlarning biri ikkala tomondagi o‗ninchi 
qovurg‗alarning uchlarini birlashtiradi, ikkinchisi esa Yonbosh suyaklarning oldingi 
tomondagi ustki qirralari o‗siqlarini bir-biriga qo‗shadi. Bu chiziqlar o‗rtasidagi 
bo‗laklarning eng Yuqoridagi qorin usti (epigastrium) qorin o‗‘rta (mesogastruium) 
bo‗lagi va qorin pastki bo‗lagi (hypogastrium) deb ataladi. Qorinning uchchala 
bo‗lagi o‗z navbatida ikkita vertikal chiziq vositasida yana uchtadan sohaga ajraladi. 
Ustki qavatning o‗rta – region epigastrica (markaziy bo‗lakchasi to‗sh osti) va ikki 
tomondagi bo‗laklari esa o‗ng va chap qovurg‗a osti sohalari ( regiones 
hypochondriacae – dextra et sinistra) deb ataladi. O‗rta qavatdagi bo‗laklar kindik 
sohasi ( regio umblicalis), chap va o‗ng qorin sohalari (regiones lateralis dextra et 
sinistra ) deb ataladi. Nihoyat, uchinchi pastki bo‗lak esa o‗rta – qov suyagi (regio 
pubica ) va ikkita Chov (chap va o‗ng) sohalariga ( regiones inguinales dextra et 


189 
sinistra) bo‗linadi. Odamning qo`li yelka, bilak, tirsak va panjalarga bo‗linsa, oyoq-
son, tizza, boldir va oyoq panjalaridan tuzilgan.
Odam gavdasining shakllari jinsga, Yoshga, irqqa, naslga, tashqi muhitga qarab 
aniqlanadi va organizm konstitutsiyasi turlarini bildiradi. Lekin buning uchun 
organizm morfologiyasi va fiziologiyasi to‗g‗risidagi dalillardan tashqari, gavdaning 
va uning alohida bo‗laklarining hajmlarini ham e‘tiborga olish lozim. Bunda 
gavdaning tikka turgan holatdagi uzunligi (bo‗yi) asosiy o‗rin tutadi. 
Deniker ma‘lumotiga ko‗ra, erkak kishining o‗ziga xos normal bo‗yi 135 dan 190 
gacha, ba‘zan bundan uzun odamlar ham uchraydi, ularning bo‗yi hatto 2,7 m gacha 
yetadi. Ammo yer sharining hamma qit‘alaridagi o‗rta bo‗yli odamlarning bo‗yi o`rta 
hisobda 146-175 sm bo‗ladi. 
20
20
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


190 
Odam gavdasining alohida bo‗laklari uzunligi haqida to‗xtalganda, ularning bir-biriga 
munosabatlarini e‘tiborga olish zarur. Biroq ko‗p vaqtlardan buYon rassomlar, 
antropologlar odam gavdasidagi alohida bo‗laklarning o‗zaro munosabatini 
aniqlashda 
alohida 
mezonlardan 
foydalanib 
keladilar. 
Organizm 
alohida 
bo‗laklarining katta-kichikligi odamda gavdaning umumiy uzunligiga nisbatan foiz 
hisobi bilan belgilanadi. Gavda qismlarining ba‘zi bir muhim o‗lchamlari 29 Yoshagi 
170 sm uzunlikdagi sog‗om erkakni o‗lchab quyidagi jadvalda berilgan. Bu jadvalda 
keltirilgan ma‘lumotlar faqat bitta odamga taalluqli bo‗lsa ham, katta odam gavdasi 
alohida qismlarning o‗zaro munosabatlarini yetarlicha ravshan ko‗rsata oladi.
1-jadval. Odam gavdasining o‗lchamlari
29 Yoshli erkak gavdasining qismlari Sm hisobida 
Foiz hisobida 
Bo‗yi
Boshining uzunligi
Tanasining uzunligi
Gavda Yuqori qismi uzunligi
Oyoq uzunligi
Qo‗lning uzunligi
Yelkalar o‗rtasidagi masofa
Yonbosh 
suyaklari 
qirralari 
o‗rtasidagi masofa
Son 
suyaklari 
katta 
ko‗stlari 
o‗rtasidagi masofa
Gavdaning pastki qismi uzunligi
170.5 
23.2 
52.3 
85.3 
88.3 
76.9 
42.3 
29 
32.9 
85,2 
100 
13.35 
30,6 
50 
51,75 
45,02 
24,7 
16,95 
19,29 
50 
Yuqorida keltirilgan odam gavdasining o‗lchamlari bilan bir qatorda uning og‗irligi 
ham katta ahamiyatga ega bo‗lib, o‗rta yashar erkaklarda u 65 kg ga teng. 
Jinsiy alomatlari. Odamni erkak va ayollarga ajratadigan belgilari ikki xil bo‗ladi, 
birinchidan, bu vazifani, asosan, jinsiy organlar va jinsiy bezlar o‗tasa, qolgan 
belgilari ikkilamchi jinsiy belgilar hisoblanadi. Jumladan, ayollarning bo‗yi erkaklar 
bo‗yi uzunligidan kamroq (Deniker), ularning og‗irligi o‗rtacha 55 kg. Ayollar tanasi 
erkaklar tanasiga qaraganda uzunroq, qo‗l va oyoqlari esa kaltaroq, yelkalari uzunligi 
qisqaroq, gavdaning pastki qismi (Chanoq bo‗lagi) kengroq, ya‘ni kattaroq bo‗ladi. 
Ko‗krak qafasi yelkalarga nisbatan kalta va torroq, qorinlari kattaroq bo‗ladi, erkak 
mushaklarining jami o‗girligi tananing 40 % iga teng keladi, ayollarda faqat 32% ini 
tashkil qiladi. Shuning uchun ham ayolning kuchi erkakga qaraganda kamroq bo‗ladi. 
Bundan tashqari, ayollarning yog‗ to‗qimalari yaxshi rivojlangan, terisi kam tukli, 
Ko‗krak bezlari juda yaxshi rivojlangan bo‗ladi. Erkaklar terisi esa sertuk (ayniqsa 
Yuzida), dag‗alroq bo‗lib, Ko‗krak bezlari qoldiq sifatida uchraydi.
Yosh xususiyatlari. Yangi tu‘gilgan chaqaloq gavdasining shakli va uning hajmi o‗rta 
yashar odamning gavdasidan keskin farq qiladi. Chaqaloq bo‗yi uzunligi 50 sm, 
og‗irligi 3250 – 3500 g bo‗lib, kallasi bo‗yining ¼ bo‗lagiga (kattalarda esa 1/7 – 1/8 


191 
bo‗lagiga ) teng bo‗ladi. Chaqaloqning oyoqlari juda kalta, uzunligi deyarli qo‗llari 
uzunligiga teng. Qorni ko‗kragiga qaraganda ko‗tarilgan, chanog‗i tor bo‗ladi. 
Bolaning tug`ilgandan keyingi o‗sishini 4 davrga ajratib o‗rganiladi:
Chaqaloqning tishlari chiqmagan, Ko‗krak emish davri – 1 Yoshgacha.
Sut tishlari chiqqan davri (2-7 Yoshgacha), betaraf davr – bu vaqtda o‗g‗il bolalar 
bilan qizlarning ikkilamchi tashqi belgilari unchalik rivojlanmagan bo‗ladi.
Biseksual bolalik davri – 8 – 15 Yoshgacha bo‗lib, o‗g‗il bolalar bilan qiz bolalar 
gavdasi tashqi ko‗rinishidagi ikkilamchi belgilar rivojlanib, bir-biridan juda yaxshi 
farq qiladi.
Balog‗atga yetish davri (15 – 20 Yosh), bu davrda o‗g‗il bolalar o‗spirin bo‗lib, qizlar 
balog‗atga yetadi.
Shunday 
qilib, Yuqoridagi 
ko‗rsatilganidek, bolalar 
tug‗ilganidan 
keyin 
organizmdagi o‗sish jaraYoni faqat embrion rivojlanish davridagi mavjud 
qismlarining kattalashuvi hisobiga bo‗ladi. Umuman o‗sish jaraYoni embrionda va 
tug‗ilgan bolalarda bir tekisda kechmaydi. Jumladan, embrional davrda gavdaning 
Yuqori qismi va kallasi yaxshi takomil etgan bo‗ladi. Chunki gavdasining bu 
bo‗laklari yo‗ldoshdan keladigan toza qon bilan ko‗proq ta‘minlanadi (embrionning 
qon aylanish sistemasiga qarang). Bola tug‗ilgandan keyin ko‗proq oyoqlari 
rivojlanadi. Bolalar gavdasining bo‗yiga qarab ko‗proq o‗sishi 5 – 7 va 13 – 16 
Yoshga, qiz bolalarda 11 – 14 Yoshga to‗g‗ri keladi; organizmning umumiy o‗sishi 
esa 23 – 25 Yoshgacha davom etadi. Odam gavdasining nisbati ham asta-sekin 
o‗zgara boradi. Yosh bolalarda gavdaning ustki va pastki ikkita bo‗laklarga ajratib 
turadigan chiziqlari kindikdan o‗tadigan bo‗lsa, organizm o‗sgan sari pastki tomonga 
siljib boradi, katta odamlarda qovuqning ustki qirrasiga to‗g‗ri keladi.
QOMATNING TUZILISHI (KONSTITUTSIYASI) 
Agar har bir shaxs organizmining tuzilishi sinchiklab o‗rganilsa, uning anatomiyasida 
o`ziga xos alohida xususiyatlari borligini ko`ramiz. Binobarin, har bir shaxsning 
morfologiyasi bilan fiziologiyasida ham ozmi-ko‗pmi farq borligi aniqlanadi. Ushbu 
xususiyatlar shifokorlarning kundalik ishlarida, turli qomatga ega bo`lgan odamlar 
kasalligini aniqlash jaraYonida muhim rol o‗ynaydi. Bu esa odam qomatini o‗rganish 
zaruratini tug‗diradi. 
Qomat tabiat va jamiyat ta‘sirida odamda o`ziga xos morfologik va fiziologik 
xususiyatlarga ega bo‗lgan individual belgilar yig‗indisidan vujudga keladi va 
organizmdagi barcha o‗zgarishlarga (betoblikka ham) bog‗liq.
Odam qomati o‗z ajdodidan orttirgan asosiy xususiyatlar yig‗indisidan taraqqiy etadi. 
Qomatning rivojlanishida tashqi muhitning ta‘siri ayniqsa muhim. Odam bo‗yining 
har turli bo‗lishi uning nasliga, ijtimoiy sharoitiga, atrof-muhitga va iqtisodiy 
ahvoliga bog‗liqdir. Odam qomatining morfologik tuzilishiga qarab V.N. 
Shevkunenko ularni 3 turga ajratgan: 
1.Gipersteniklar yoki braximorflar (keng yelkali past bo`ylilar) – bunday 
odamlarning yelkalari keng, gavdalari vazmin, baquvvat va tiqmachoq semiz bo`ladi. 
Qo‗l va oyoqlari tanasiga nisbatan kalta; kalla, ko`krak va qorni deyarli keng 


192 
hajmlidir. Ularning qorni ham ko‗kragiga nisbatan kattadir. Tananing ko‗ndalang 
o‗lchami bo`yiga nisbatan uzunroq bo‗ladi.
21
2.Asteniklar yoki dolixomorflar (uzun bo‗yli, tor Ko‗kraklilar) – bo‗ylari uzun, 
organizmi zaif taraqiy etgan, vazni yengil, qo‗l va oyoqlari tanalariga qaraganda 
uzunroq kishilar toifasidir. Ularning Ko‗kraklari qorin qismidan katta va bo‗yinlari 
uzun bo‗ladi. 
3.Normosteniklar yoki mezomorflar (o‗rta bo‗ylilar) – Yuqorida baYon etilgan 
giperstenik va asteniklar o‗rtasidagi odamlar, o`rta bo`ylilar hisoblanadi. 
Odam gavdasining tashqi tuzilishi ichki a‘zolar, qon tomirlar shakliga hamda 
tuzilishiga ham ta‘sir qiladi. Jumladan, giperstenik odamning diafragmasi Yuqori 
joylashgan bo`lsa, Yuragi, me‘dasi katta hajmli va ko‗ndalang o‗rnashgan; aortasi 
keng, o‗pkasi qisqa va ingichka, ichagi ko‗proq gorizontal yo‗nalishda taxlanib 
yotadi. Jigar, me‘da osti bezi, buyraklari va qora talog`i (taloq) ning hajmi kattaroq 
bo‗ladi. 
Asteniklarda esa deyarli hamma a‘zolari kichik bo‗lib, pastroq joylashadi. Lekin bu 
turdagi odamning ko`kragiga nisbatan o‗pkasining uzun bo‗lishi uni boshqa barcha 
a‘zolardan ajratib turadi. 
ANATOMIYA ATAMALARI 
Odam organizmining barcha qismlarini, a‘zolarining tuzilishini, shaklini o‗rganishda 
lotin yoki Yunon so‗zlari keng qo‗llaniladi. Anatomiya atamalari birinchi marta 
1894-yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida bo‗lgan anatomlar syezdida qabul 
qilingan. Ushbu Bazel atamalari anatomiya nomenklaturasi (BNA) vositasida barcha 
a‘zolar tuzilishi o‗rganilgan. Lekin BNA orasida a‘zolar tuzilishiga mos kelmaydigan 
atamalar ham bo‗lgan. Shuning uchun 1955 yilda Parijda chaqirilgan Xalqaro 
anatomlar syezdila yangi – Parij anatomiya atamalari (PNA) qabul qilindi. Hozirgi 
kunda Xalqaro Anatomlarning Federativ Asotsiatsiyasi (IFAA) tomonidan taqdim 
etilgan anatomik terminologiyaga mos holda 2007-yil O‗zbekiston Respublikasi 
Morfologlar assotsiatsiyaning ―Lotincha-ruscha-o‗zbekcha anatomik terminlar 
lug‗ati‖ asosida qayta ishlab chiqildi. A‘zolarning organizmdagi joylashib turgan 
o‗rni yoki ularning alohida qismlarini a‘zolarga nisbatan o‗rganishda ko`pincha 
anatomiyada mavjud bo‗lgan uchta: sagittal, frontal va gorizontal sathdan (odamning 
tikka turgan holatida) foydalaniladi (11). 
1. Sagittal sath – odam tanasining oldindan orqa tomonga qaratib boshidan oxirigacha 
vertikal (tikka) kesilishi natijasida hosil bo‗ladi. Agar sagittal sathi muzlatilgan 
murdaning qoq o‗rta qismidan uni teng ikkita – o`ng va chap nimtalarga ajratilsa, 
o‗rta (mediana) sath hosil bo‗ladi. 
2. Frontal (frontis – peshona) sath sagittal sathga nisbatan to`g`ri burchak hosil qilib 
yoki aniqrog‗i odam peshonasiga parallel holatda o‗tkazilgan Yuzadan vujudga 
keladi. 
3. Gorizontal sath – sagittal va frontal sathlarga to`g‗ri burchak hosil qilib o‗tkazilgan 
Yuzadan hosil bo‗ladi. Odam organizmini va uning alohida qismlarini o‗rganishda, 
a‘zolarni tekshirishda ana shu Yuqorida ko‗rsatilgan uchta sathdan keng 
foydalaniladi. Yuqorida baYon etilgan sathlarga nisbatan joylashgan a‘zolarni 
21
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


193 
aniqlashda alohida atamalar qo`llaniladi. Masalan, o‗rtalik – medialis yoki medius – 
o‗rta deb ataladigan bo‗lsa, Yonboshi – lateralis, oldingisi – anterior, qoringa 
yaqinroq joylashgan bo‗lsa – ventral (venter – qorin) so‗zlari bilan ataladi. Bundan 
tashqari, orqa tomonni – posterior yoki dorsal (dorsum – orqa), tananing Yuqorisiga 
yaqinroq bo‗lsa Yuqori superior yoki kranial (cranium – kalla), aksincha, pastki 
tomonida bo‗lsa – inferior (quyi) yoki kaudal (cauda – dum), tana so‗zi esa korpus 
(corpus) nomi bilan ataladi. 
Qo`l va oyoqlarga nisbatan quyidagi atamalarni qo‗llash mumkin. Jumladan, qo‗l 
hamda oyoqlarning Yuqori qismi yoki tanaga yaqin joylashgan bo‗lagi – qo‗lning 
boshlanish joyi proksimal (proximalis) deyilsa, tanadan uzoqroq bo‗lagi distal 
(distalis) deb ataladi. Masalan, oyoqning tizza qismi panjalariga nisbatan proksimal 
bo‗lsa, panjalarning o‗zi tizzaga nisbatan distal joylashgan. 
Agar a‘zolarning bir-biriga o‗xshash qismlari mavjud bo‗lsa, u holda bir-biridan 
kattaroq (major) yoki kichikroq (minor), katta (magnus) yoki kichik (parvus) 
atamalari qo‗llaniladi. 
11. A. Sagittal sath B. Frontal sath. C. Gorizontal sath. 
Odam organizmidagi ba‘zi bo‗shliqlarni yoki alohida a‘zolarning joylashish o‗rnini aniqroq 
ko‗rsatish maqsadida sirtqi (externus), ichki (internus) yoki Yuza (superficialis), chuqurroq 
(profundus) atamalari ishlatiladi va hokazo. Odam organizmini o‗rganishda qo‗llaniladigan boshqa 
atamalar to‗g‗risida a‘zolarning, jumladan, suyak va boylamlar yoritilgan qismlarda ularning ma‘no 
va iboralari xususida batafsil to`xtalib o`tamiz. 
UMURTQALAR 
Odam umurtqa pog‗onasining Ko‗krak qismi (Ko‗krak umurtqalari – vertebrae 
thoracicae) 12 dona. Tuzilishiga qarab boshqa umurtqalarga nisbatan namuna qilib 
olinsa bo‘ladi. 
1. Ko‗krak umurtqalarining (14) tanasi – corpus vertebrae (tepadan pastga qarab) 
hajmi jihatidan kattalasha boradi. Ko‗krak umurtqalarining ikki Yonboshiga va 
ko‘ndalang (processus transversus) o‘simtalariga 12 juft qovurg‗aning Bo‗g‗im hosil 
qilib qo‘shilib turishi ularni boshqa umurtqalardan ajratib turadi. Aksariyat 
qovurg‗alarning boshchalari Yonma-Yon joylashgan ikkita umurtqa tanalarining 
Yonbosh oralig‗iga o‘rnashgan bo‘ladi. Shuning uchun aksariyat umurtqalarning 
ikkala tomonida (tepa va pastida) yarimtadan chuqurchasi (foveae costales sureriores 


194 
et inferiores) bo‘ladi. Bundan birinchi umurtqa mustasno bo‘lib, tanasining Yuqori 
qirrasida birinchi qovurg‗a uchun bitta butun qovurg‗a chuqurchasi (foveae costalis 
superior), tanasining pastida ikkinchi qovurg‗a uchun yarimta qovurg‗a chuqurchasi 
(foveae costalis inferior) bo‘ladi. O‘ninchi umurtqada esa (X qovurg‗a uchun) bitta 
yarim chuqurcha va XI–XII umurtqalarda har birining ikki Yonboshida (tegishli 
qovurg‗alar uchun) bittadan to‘la chuqurcha joylashgan.
14. Ko‘krak umurtqasi (vertebra thoracica). Yonboshdan ko‘rinishi.
1 – corpus vertebrae; 2 – fovea costalis superior; 3 – incisura vertebralis superior; 4 – processus 
articularis superior; 5 – fovea costalis transversalis; 6 – processus transversus; 7 – processus 
spinosus; 8 – processus articularis inferior; 9 – incisura vertebralis inferior; 10 – fovea costalis 
inferior. 
Umurtqa tanasi bilan uning ravog‗i o‘rtasida umurtqa teshigi (foramen vertebrale) 
bor. Yuqori va pastdagi bir juftdan frontal holatda joylashgan Bo‗g‗im o‘simtalari 
(processus atriculares superiores) bilan umurtqalar o‘zaro birlashib turadi. Umurtqa 
tanasining ikki Yonboshidagi ko‘ndalang o‘siqlarining old tomonida Bo‗g‗im 
Yuzachalari (fovea costalis processus transversus) joylashadi. Umurtqa ravog‗ining 
o‘rta qismida o‘tkir qirrali o‘siq (processus spinosus) joylashgan. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin