Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №8 
Umumiy kalla, uning miya qismi. Kallaning asosi. Kallaning Yuz qismi. Ko„z 
kosasi. Og„iz bo„shlig„i. Burun bo„shlig„i. Chakka, Chakka osti, qanot-tanglay 
chuqurchalari. Yosh bolalarning kalla suyaklari.
Umumiy kalla, uning miya 
qismi. Kallaning asosi. Kallaning Yuz kismi. Ko‗z kosasi. Og‗iz bo‗shlig‗i. Burun 
bo‗shlig‗i. Chakka, Chakka osti, qanot-tanglay chuqurchalari. Yosh bolalarning kala 
suyaklari. 
Ko‘z kosasi (orbita, 56) bir juft bo‘lib, to‘rt burchakli piramidaga o‘xshash 
bo‘shliqdan iborat. Piramidaning asosi – og‗zi oldinga, uchi esa orqaga (miya 
bo‘shlig‗i tomoniga) va medial tomonga qarab joylashgan. Ko‘z kosasining medial, 
lateral, Yuqori va pastki devorlari bor. Ko‘z kosasining medial devori – paries 
medialis ni Yuqori jag‗ suyagining peshona o‘sig‗i – processus frontalis, ko‘z Yoshi 


239 
suyagi, g‗alvir suyakning lateral plastinkasi, ponasimon suyak tanasi (ko‘ruv 
kanalidan oldingi qismi) hosil qiladi. 
Ko‘z kosasi (orbita) va qanot-tanglay chuqurchasi (fossa pterygopalatina). 
1–sinus maxillaris; 2–canalis infraorbitalis; 3–sulcus infraorbitalis; 4–sutura 
lacrimomaxillaris; 5–crista lacrimalis posterior; 6–os lacrimale; 7–sutura 
frontolacrimalis; 8–sutura frontoethmoidalis; 9–foramen ethmoidale anterius; 10–
facies orbitalis maxillae; 11–foramen ethomidale posterius; 12–os sphenoidale; 13–
canalis 
opticus; 
14–lamina 
orbitalis 
ossis 
ethmoidalis; 
15–sutura 
ethmoideomaxillaris; 16–processus orbitalis ossis palatini lamina perpendicularis; 
17–canalis pterygoideus; 18–foramen sphenopalatinum. 
Lateral devori – paries lateralis ponasimon suyakning katta qanotida ko‘z kosasiga 
qaragan qismi va Yonoq suyagidan hosil bo‘lgan. Yuqori devori yoki orbitaning tomi 
peshona suyagining ko‘z kosasiga qaragan qismidan va ponasimon suyakning kichik 
qanotidan vujudga kelgan. Pastki devori paries inferior yoki tubi Yuqori jag‗ va 
Yonoq suyaklaridan tashkil topgan, bundan tashqari, orqa tomondan tanglay 
suyagining o‘sig‗i – processus orbitalis ham qatnashadi. Ko‘z kosasining uchida miya 
bo‘shlig‗iga ochiladigan ikkita teshik bor, ulardan biri lateral tomonda joylashgan 
ko‘z kosasining tepa tomondagi yorig‗i – fissura orbitalis superior bo‘lsa, ikkinchisi 
medial tomonda joylashgan Yumaloq shakldagi ko‘rish kanali – canalis opticus dir. 
Ko‘z kosasining lateral va pastki devorlari o‘rtasidagi burchakda qanot-tanglay va 
Chakka osti chuqurchalariga ochiladigan pastki yoriq (fissura orbitalis inferior) 
joylashgan. Ko‘z kosasining oldingi medial devori tomonida ko‘z Yoshi xaltasining 
chuqurchasi – fossa sacci lacrimalis pastda burun-ko‘z Yoshi kanali – canalis 
nasolacrimalis ga aylanib, burunning pastki yo‘li – meatus nasi inferior ga ochiladi. 
Peshona suyagining g‗alvir suyak bilan birlashgan chokida ikkita teshik ko‘rinib 
turadi, oldingi teshik foramen ethmoidale anterior miya bo‘shlig‗iga, orqadagi teshik 
– foramen ethmoidale posterior burun bo‘shlig‗iga ochiladi. Ko‘z kosasining pastki 
devorida joylashgan kanal – canalis infraorbitalis Yuz qismiga ochilgan bo‘ladi. 
Burun bo‘shlig‗i (cavitas nasi, 57) Yuzning o‘rtasida (markaziy qismida) joylashgan 
bo‘lib, uni Yuqoridan kalla bo‘shlig‗i, ikki Yonidan ko‘z kosalari va Yuqoridan jag‗ 
suyagi bo‘shliqlari, pastdan og‗iz bo‘shlig‗i o‘rab turadi. Burun bo‘shlig‗i to‘siq – 
septum nasi osseum bilan ikkiga bo‘linadi. Burun to‘sig‗i


240 
Burun bo‘shlig‗ining Yonbosh devori (cavum nasi)Yu 
1–meatus nasi inferior; 2–meatus nasi medius; 3–meatus nasi superior; 4–foramen 
sphenopalatinum; 5–sinus sphenoidalis; 6–apertura sinus sphenoidalis; 7–orqa 
katakchalar teshigi; 8–concha nasalis superior; 9–lamina cribrosa; 10–sinus frontalis; 
11–spina nasalis; 12–oldingi katakchalar teshigi; 13–infundibulum; 14–processus 
uncinatus ossis ethmoidalis; 15–hiatus labyrinti ethmoidalis; 16–concha nasalis 
inferior; 17–canalis nasalacrimalis; 18–canalis incisivus. 
ko‘pincha chapga qiyshayib joylashadi. U g‗alvir suyakning vertikal plastinkasi va 
dimog‗ suyagidan, peshona suyagining spina nasalis va crista sphenoidalis laridan 
iborat bo‘lib, burun to‘sig‗ining oldingi qismi burunning uchigacha bormay, uni 
tog‗ay to‘ldirib turadi. Burun to‘sig‗i pastda tepa jag‗ va tanglay suyaklarining cristae 
nasalis qismiga yopishadi. 
Burun bo‘shlig‗ining lateral devori jag‗ suyagining tanasi va peshona o‘sig‗i, ko‘z 
Yoshi suyagi, g‗alvir suyak, tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasi, 
ponasimon suyakning medial plastinkasi va pastki burun chig‗anog‗idan hosil 
bo‘ladi. 
Burun bo‘shlig‗ining Yuqori devorini g‗alvir suyakning g‗alvirsimon plastinkasi, 
ponasimon va tanglay suyaklarining ponasimon o‘siqlari, qisman peshona suyagi 
hosil qiladi. Burun bo‘shlig‗ining tubi – qattiq tanglay (palatum osseum), Yuqori 
jag‗ning tanglay o‘sig‗i (processus palatinus) bilan tanglay suyakning gorizontal 
plastinkasi (lamina horizontalis) dan vujudga kelgan.
Burun bo‘shlig‗idan turtib chiqqan uchta chig‗anoq bo‘shliqni uch yo‘lga bo‘ladi. 
Burun bo‘shlig‗ining Yuqori yo‘li – meatus nasi superior ga g‗alvirsimon suyakning 
orqa kataklari (cellulae ethmoidalis posterior) va ponasimon suyakning tanasidagi 
bo‘shlig‗i (sinus sphenoidalis) ochiladi. o‘rta yo‘l (meatus nasi media) ga 
g‗alvirsimon suyakning o‘rta va oldingi havo saqlaydigan (cellulae ethmoidalis 
mediae et anterior) kataklari, peshona suyagi kavagi (sinus frontalis) qo‘shilib turadi. 
Burun bo‘shlig‗ining pastki yo‘liga (meatus nasi inferior) burun-ko‘z Yoshi kanali 
(canalis nasolacrimalis) ochiladi. Burun bo‘shlig‗i kallaning Yuz qismiga noksimon 
teshik (apertura piriformis nasi) orqali ochilsa, orqa tomondan halqumning burun 
qismiga ikkita teshik – xoanalar orqali qo‘shiladi. 
O g‗ i z b o‘ sh l i g‗ i (cavum oris, 58) da suyak devorlari kamroq bo‘lib, Yuqori 
devorini qattiq tanglay hosil qiladi. 


241 
Qattiq tanglay (palatum osseum) – pastdan ko‘rinishi. 
1–spina nasalis; 2–sutura palatina transversa; 3–foramina palatina minora; 1–
processus palatinus maxillae; 5–sutura incisiva; 6–os incisivum; 7–foramen 
incisivum; 8–sutura palatina mediana; 9–processus alveolaris maxillae; 10–foramen 
palatinum majus; 11–lamina horizontalis. 
Og‗iz bo‘shlig‗ining ikki Yonboshi va oldingi devori Yuqori jag‗ suyaklarining 
alveolyar o‘siqlaridan, pastki jag‗ning alveolyar chekkasi va tanasidan hamda 
tishlardan tashkil topgan. Og‗iz bo‘shlig‗ining tubi muskullardan tuzilgan. Og‗iz 
bo‘shlig‗ining orqa tomonidan tashkil topgan tanglay suyagi gorizontal 
plastinkasining ikki tomonida katta-kichik teshikchalar joylashgan.
27
Ch a k k a ch u q u r ch a s i n i (fossa temporalis, 59) orqa va tepadan Chakkaning 
pastki chizig‗i – linea temporalis inferior, old tomondan Yonoq suyagi, pastdan 
ponasimon suyakning katta qanotidagi qirra, Yonoq ravog‗i (arcus zygomaticus) 
chegaralaydi. Chuqurchani shu nomli chaynov muskuli to‘ldirib turadi. 
Ch a k k a o s t i ch u q u r ch a s i (fossa infratemporalis, 59) ning oldingi chegarasini 
Yuqori jag‗ va Yonoq suyaklarining pastki qismlari, lateral devorchasini Yonoq, 
pastki jag‗ o‘simtasi, Yuqoridan ponasimon suyak katta qanotining Yuzasi va Chakka 
suyak pallasining ozgina bo‘lagi tashkil qiladi. Chakka osti chuqurchasi Chakka 
chuqurchasi bilan qirra (crista infratemporalis) orqali ajraladi. 
Q a n o t - t a n g l a y ch u q u r ch a s i (fossa pterygopalatina, 59) oldingi tomondan 
Yuqori jag‗ bilan orqa tomondagi ponasimon suyakning o‘sig‗i orasida joylashgan. 
Medial devorchasini tanglay suyagining vertikal plastinkasi tashkil qiladi va uni 
burun bo‘shlig‗idan ajratib turadi. Lateral tomondan chuqurcha Chakka osti 
chuqurchasiga yoriqcha – fissura pterygomaxillaris orqali qo‘shiladi. Chuqurchaning 
pastki bo‘lagi torayib, shu nomli kanalni hosil qiladi va tanglayga (og‗iz bo‘shlig‗iga 
qaralsin) 
ochiladi. 
Qanot-tanglay 
bo‘shlig‗i 
burun 
bo‘shlig‗iga 
foramen 
sphenopalatinum orqali, kalla bo‘shlig‗i bilan foramen rotundum orqali, ko‘z 
kosasiga fissura orbitalis inferior yordamida, og‗iz bo‘shlig‗iga canalis palatinus 
major orqali va kalla asosiga canalis pterygoideus yordamida tutashib turadi. 
27
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


242 
Chakka chuqurchasi (fossa temporalis), Chakka osti chuqurchasi (fossa 
infratemporalis), qanot-tanglay chuqurchasi (fossa pterygopalatina). Yonoq ravog‗i 
kesilgan.
1–foramina alveolaria; 2–foramen sphenopalatinum; 3–fissura orbitalis inferior; 4–
sutura sphenozygomatica; 5–sutura sphenosquamosa; 6–ala major; 7–squama ossis 
temporalis; 
8–crista 
infratemporalis; 
9–fossa 
infratemporalis; 
10–fossa 
pterygopalatina; 
11–lamina 
lateralis 
processus 
pterygoideus; 
12–processus 
pyramidalis ossis palatini; 13–hamulus pterygoideus. 
Kalla skeletiga Yuqoridan qaraganda tishsimon chok (sutura serrata) ning bir necha 
turlarini ko‘rish mumkin, jumladan peshona suyagi bilan tepa suyaklar ensa suyagi 
orasida lambdasimon chok bo‘lsa, ikkita tepa suyak orasida (o‘rta chiziqda) sagittal 
chok ko‘rinadi. 
Kalla suyagi tubining sirti (basis cranii externa, 60), oldindan Yuz qismi 
suyaklarining (pastki jag‗dan tashqari) pastki Yuzalari hamda kallaning miya bo‘limi 
suyaklari yig‗indisidan tuzilgan. Kalla suyagi tubi oldingi tomondan Yuqori jag‗da 
joylashgan kurak tishlar bilan, orqa tomondan Yuqori ensa qirrasi bilan, lateral 
tomondan Chakka suyak osti qirrasi, so‘rg‗ichsimon o‘siqlar bilan chegaralangan. 
Kalla suyagi tubining sirti uchta (oldingi, o‘rta va orqa) bo‘lakka ajratib o‘rganiladi. 
Oldingi bo‘lagi Yuqori jag‗ning alveolyar o‘sig‗i va qattiq tanglaydan tuzilgan. 
Qattiq tanglayning orqa tomonida, alveolyar o‘siqlar yaqinida (ikkala tomonida) 
teshikchalar (canalis palatinus major et minor) ko‘rinib turadi. Kalla suyagi tubi 
sirtining o‘rta bo‘lagi oldingi tomonida xoana bo‘lib, dimog‗ suyagi orqali ikkita 
bo‘lakka (xoanaga) bo‘linadi, kalla suyagi tubining orqa bo‘lagida katta teshik – 
foramen magnum joylashgan. Bundan tashqari, piramida tanasi bilan ensa va 
ponasimon suyaklarning tanalari orasida noto‘g‗ri shaklli ―yirtiq‖ teshik – foramen 
lacerum, Chakka suyagi piramidasining pastki Yuzasida uyqu arteriyasi kanalining 
tashqi teshigi – foramen caroticum externum, ovalsimon teshik – foramen ovale va 
qirrali teshikcha – foramen spinosum ko‘rinib turadi. Kalla suyagi tubining tashqarisi 
ensa suyagidan katta teshikka, ya‘ni umurtqa kanaliga ochiladi. Bularning ikki 
Yonboshida birinchi bo‘yin umurtqasi bilan Bo‗g‗im hosil qilib birlashadigan 
Bo‗g‗im do‘mboqchalari – condylus occipitalis va ularning orqalarida orqa 
chuqurchalari – fossa condylaris, til osti nerv kanali – canalis nervi hypoglossi 
joylashgan. Ensa suyagi bilan Chakka suyak piramidasidagi chuqurchalar qo‘shilib, 


243 
bo‘yinturuq teshigi – foramen jugulare ni hosil qiladi. Ana shu teshikning lateral 
tomonida Yuz nervining foramen stylomastoideum teshigi, quloqning tashqi teshigi – 
meatus acusticus externus va turli yoriqchalar joylashgan. 
Kalla suyagi tubining sirti (basis cranii externa). 
1–protuberantia occipitalis externa; 2–linea nuchae superior; 3–linea nuchae inferior; 
4–crista occipitalis externa; 5–fissura petrooccipitalis; 6–processus mastoideus; 7–
tuberculum pharyngeum; 8–synchondrosis sphenooccipitalis; 9–foramen spinosum; 
10–foramen lacerum; 11–foramen ovale; 12– lamina lateralis processus pterygoidei; 
13–fossa infratemporalis; 14–lamina medialis processus pterygoidei; 15 crista 
infratemporalis; 16–choanae; 17–lamina horizontalis ossis palatini; 18–processus 
palatinus; 19–sutura palatina mediana; 20–sutura palatina transversa; 21–maxilla; 22–
spina nasalis posterior; 23–vomer; 24–sutura zygomaticomaxillaris; 25–arcus 
zygomaticus; 26–sutura sphenosquamosa; 27–fossa scaphoidea; 28–tuberculum 
articulare; 29–fossa mandibularis; 30–processus styloideus; 31–foramen caroticum 
externum; 32–foramen stylomastoideum; 33–fossa jugularis; 34–incisura mastoidea; 
35–condylus occipitalis; 36–sutura lambdoidea; 37–foramen magnum. 
Kalla suyagi tubining ichi (basis cranii interna, 61) ni kallani gorizontal yoki sagittal 
qilib kesgandagina ko‘rish mumkin. Kalla suyagi tubining ichi old, o‘rta va orqa 
chuqurchalarga ajraladi. 
Kalla suyagi tubining oldingi va o‘rta chuqurchalarida bosh miya yarimsharlari 
joylashsa, orqa chuqurchasida esa miyacha turadi. 
Kalla suyagining oldingi chuqurchasi – fossa cranii anterior peshona suyagining ko‘z 
kosasi qismi, g‗alvir suyagining g‗alvir plastinkasi, ponasimon suyakning kichik 
qanotlari va tanasining bir qismidan tashkil topgan. Oldingi chuqurchada miya 
yarimsharining peshona qismi joylashgan. G‗alvir suyakning plastinka qismi 
chuqurroq bo‘lib, unda hid bilish nervi tarmoqlarining burun bo‘shlig‗iga o‘tadigan 
teshikchalari bor. Oldingi chuqurcha ponasimon suyak kichik qanotlarining orqa 
chekkasi bilan o‘rta chuqurchadan chegaralanib turadi. 


244 
Kalla suyagi tubining ichki Yuzasi (basis cranii interna). 
1–squama ossis occipitalis; 2–foramen magnum; 3–canalis n. hypoglossi; 4–foramen 
jugulare; 5–sulcus sinus petrosi inferioris; 6–porus acusticus internus; 7–fissura 
petrooccipitalis; 8–foramen spinosum; 9–foramen ovale; 10–foramen lacerum; 11–
foramen rotundum; 12–ala major; 13–fossa hypophysialis; 14–canalis opticus; 15–
tuberculum sellae; 16–sulcus chiasmatis; 17–pars orbitalis ossis frontalis; 18–crista 
galli; 19–foramen caecum; 20–lamina cribrosa; 21–lingula sphenoidale; 22–sutura 
sphenofrontalis; 23–ala minor; 24–dorsum sellae; 25–sulcus caroticus; 26–
synchondrosis sphenooccipitalis; 27–impressio trigemini; 28–clivus; 29–fissura 
petrosquamosa; 30–sulcus petrosus superior; 31–sulcus sigmoideus; 32–canalis 
condularis; 33–crista occipitalis interna. 
Kalla suyagining o‘rta chuqurchasi – fossa cranii media oldingi chuqurchasidan hiyla 
chuqur bo‘lib, o‘rta qismi ponasimon suyakdan turk egari bilan ikki bo‘lakka 
ajralgan. Unda miya yarimsharining Chakka qismlari joylashgan. O‘rta chuqurcha 
ponasimon suyakning tanasi va katta qanotlaridan, piramidaning oldingi Yuzasi va 
Chakka suyagining palla qismidan tuzilgan. 
Turk egarining old tomonida joylashgan egatcha – sulcus chiasmatis ikkala tomonda 
ko‘rish kanallari – canalis opticus ga boradi. Kallaning chuqurchasida ko‘z 
kosasining Yuqori yoriqchasi (fissura orbitalis superior), dumaloq (foramen 
rotundum), ovalsimon (foramen ovale), yirtiq (foramen lacerum) va qirrali (foramen 
spinosum) teshiklar joylashgan. O‘rta chuqurchaning orqa chegarasi piramidaning 
Yuqori chekkasi bilan turk egarining suyanchig‗idan hosil bo‘lgan. 
Kallaning orqa chuqurchasi (fossa cranii posterior) Yuqorida qayd qilingan ikkala 
chuqurchaga nisbatan chuqur va kengroq bo‘lib, ensa suyagi, Chakka suyagi va 
Chakka suyagi piramidasining orqa Yuzasi, ponasimon suyak tanasining orqa bo‘lagi 
va tepa suyakning orqadagi pastki burchagidan tashkil topgan. Orqa chuqurchadan 
katta teshik (foramen magnum), til osti nervi kanali (canalis hypoglossi) , bo‘yinturuq 


245 
teshigi (foramen jugulare) va piramidaning orqa Yuzasida joylashgan quloqning ichki 
teshiklari (porus acusticus va foramen mastoideum) ko‘rinadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin