Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №4 
Chanoq suyagi. Son suyagi. Boldir suyagi. Oyoq panja suyaklari.
Chanoq 
suyagining tuzilishi, suyaklanish muddati. Son suyagining tuzilishi. Katta boldir va 
kichik boldir suyaklarining tuzulishi. Oyoq panja suyaklarining tuzulishi. Tizza 
qopqog‗i suyagining tuzilishi. 
Oyoq suyaklari qo‘l suyaklari singari ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi oyoq kamari 
(cingulum membri inferioris) bo‘lib, ikkala tomonda bittadan Chanoq suyagidan 
tuzilgan. Ikkinchisi – erkin turgan qismi – skeleton membri inferioris liberi esa uch 
qimdan iborat: 1) proksimal qismi – son suyagidan; 2) o‘rta qismi – boldir (katta va 
kichik boldir) suyaklaridan hamda tizza qopqog‗i suyagidan; 3) distal qismi – oyoq 
panjasi skeletidan tashkil topgan. 
Oyoq skeleti (skeleton membri inferioris). 
1 – os sacrum; 2 – os coxae; 3–femur; 4–patella; 5–tibia; 6–fibula; 7–ossa tarsi; 8–
ossa metatarsalia; 9–ossa digitorum pedis. 
OYOQ KAMARI SUYAKLARI
Chanoq suyagi (os coxae, 33) ikkita yalpoq Chanoq yoki nomsiz suyakdan iborat 
bo‘lib, odam Yurayotganda gavda og‗irligini oyoqqa o‘tkazadi va Chanoq 
bo‘shlig‗idagi a‘zolarni tashqi muhit ta‘siridan saqlab turadi. Chanoq suyagining 
shunday vazifalari uning murakkab tuzilishiga sabab bo‘lgan. 
Son suyagi (femur). Old Yuzasi. 
1–fovea capitis; 2–linea intertrochanterica; 3–trochanter minor; 4–epicondylus 
medialis; 5–facies patellaris; 6–epicondylus lateralis; 7–corpus femoris; 8–facies 
anterior; 9–trochanter major; 10–collum femoris; 11–caput femoris. 


212 
Chanoq suyagi (os coxae). Tashqi Yuzasi. 
1–labium externum cristae iliacae; 2–linea intermedia; 3–labium internum cristae 
iliacae; 4–facies gluteae; 5–spina iliaca anterior superior; 6– spina iliaca anterior 
inferior; 7–corpus ossis ilii; 8–fossa acetabuli; 9–ramus superior ossis pubis; 10– 
tuberculum pubicum; 11– tuberculum obturatorium anterius; 12– os pubis; 13–ramus 
inferior ossis pubis; 14–incisura acetabuli; 15–foramen obturatum; 16– ramus ossis 
ischii; 17– os ischii; 18– tuber ischiadicum; 19– corpus ossis ischii; 20– incisura 
ischiadica minor; 21– spina ischiadica; 22– facies lunata; 23– linea glutea inferior; 
24–incisura ischiadica major; 25–spina iliaca posterior inferior; 26–spina iliaca 
posterior superior; 27– linea glutea inferior; 28– os ilium; 29– ala ossis ilii; 30– linea 
glutea anterior. 
O‘rta yashar odamning Chanoq suyagida uchta ayrim suyaklar: Yonbosh suyagi (os 
ilium), qov suyagi (os pubis) va quymich (o‘tirg‗ich) suyagi (os ischii) tafovut 
qilinadi. Bu suyaklar 14–16 Yoshga kirguncha alohida bo‘lib, tog‗ay plastinkalar 
vositasida o‘zaro qo‘shiladi, keyinchalik suyaklanib bir butun Chanoq suyagini hosil 
qiladi. Chanoq suyagining tashqi Yuzasida (uchala suyakning o‘zaro birlashgan 
joyida) son suyagining boshi kirib turadigan quymich kosasi (acetabulum) bo‘lib, 
uning gir atrofi yarim oy Bo‗g‗im Yuzasi (facies lunata) bilan o‘ralgan, qirg‗oqning 
pastki qismi quymich o‘ymasi (incisura acetabuli) bilan chegaralangan. Quymich 
kosasiga son suyagining boshchasi Bo‗g‗im hosil qilib joylashadi. Quymich 
kosasining markazida kosa chuqurchasi – fossa acetabuli ko‘rinadi.
25
Yonbosh suyagi (os ilium) ning pastki yo‘g‗onroq qismi, tanasi (corpus ossis ilii) 
quymich kosasining tuzilishida qatnashadi. Yonbosh suyagining tanasidan Yuqoriga 
serbar plastinka, qanot (ala ossis ilii) ―s‖ shaklida keng bo‘lib, muskullar yopishadi. 
Yonbosh suyagining qanoti tepaga qirra (crista iliaca) bo‘lib tugaydi. Qirra oldingi 
tomonda ustki va pastki o‘tkir o‘siq (spina iliaca anterior superior va spina iliaca 
anterior inferior) bilan tugaydi. Yonbosh suyak qirrasining orqa tomoni Yuqori va 
pastki o‘siq (spina iliaca posterior superior va spina iliaca posterior inferior)lar bilan 
25
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


213 
tugaydi. Qanotning tepa qismida tashqi lab (labium externum) oraliq chizig‗i (linea 
intermedia) va ichki lab (labium internum) joylashgan. Yonbosh suyagining orqa 
tomonida katta quymich o‘ymasi (incisura ischiadica major) va uning pastida o‘tkir 
o‘siq (spina ischiadica) joylashgan. Yonbosh suyak qanotining ichki Yuzasi silliq va 
botiqroq bo‘lib, Yonbosh chuqurchasi (fossa iliaca) deb ataladi. Ana shu chuqurcha 
pastki yoysimon chiziq (linea arcuata) bilan chegaralanadi, orqa va pastki tomonida 
quloq suprasi shaklidagi Bo‗g‗im Yuzasi (facies auricularis) o‘ziga mos keladigan 
dumg‗aza suyagidagi Bo‗g‗im Yuzasi bilan birlashib turadi. 
Yonbosh suyak qanotining tashqi Yuzasida muskullar yopishadigan uchta g‗adir-
budur chiziqlar bor. Ular oldingi dumba chizig‗i – linea gluteae anterior, orqadagi 
dumba chizig‗i – linea gluteae posterior va pastki dumba chizig‗i – linea gluteae 
inferior dir. 
Qov suyagi (os pubis)ning kalta va keng qismi, tanasi (corpus ossis pubis) bo‘lib, 
quymich kosasining oldingi bo‘lagini hosil qiladi. Qov suyagini ikkita: Yuqori 
(ramus superior ossis pubis) va pastki (ramus inferior ossis pubis) butoqlar burchak 
hosil qilib, o‘zaro birlashib turadi va ana shu burchakning medial Yuzasida oval 
shakldagi cho‘zinchoq Bo‗g‗im Yuzasi (facies symphysialis) ikkita qov suyaklarini 
o‘zaro birlashtirib turadi. Yuqori butoqning suyak chegarasida Yonbosh qov tepaligi 
eminentia iliopubica ko‘rinadi. Yuqori butoqning facies symhysialis ga o‘tish 
chegarasidagi do‘mboq – tuberculum pubicum orqaga qov qirrasi (pecten ossis pubis) 
bo‘lib davom etib, qov tepaligiga qo‘shiladi. Qov suyagi tepa butog‗ining ichkari va 
pastki Yuzasida yopqich egat – sulcus obturatiorius joylashgan. 
Quymich suyagi (os ischii) ning qov suyagiga o‘xshash, quymich kosasini hosil 
qilishda qatnashadigan qismi – tanasi (corpus ossis ischii) va undan davom etgan 
butog‗i (ramus ossis ischii) bor. Ana shu butoq burchak hosil qilib pastki butoqqa 
o‘tadi. Bu esa qov suyagining pastki butog‗i bilan qo‘shiladi. Quymich suyagi 
butoqlarining o‘zaro birlashgan joyi kengayib, yo‘g‗onlashgan quymich do‘mbog‗i 
(tuber ischiadicum)ni hosil qiladi. Quymich suyagi tanasining orqa tomonidagi o‘tkir 
uchli o‘siq (spina ischiadica) bilan quymich do‘mboq orasida kichkina kesimta 
(incisura ischiadica minor) joylashgan. 
Quymich bilan qov suyaklarining butoqlari o‘zaro qo‘shilib, kattagina tuxum 
shaklidagi yopqich teshik (foramen obturatum)ni hosil qiladi. 
OYOQNING ERKIN TURGAN BO‘LIMIDAGI SUYAKLAR 
Oyoq skeletining erkin turgan qismi (skeleton membri inferioris liberi) 
s o n s u ya g i (femur), t i z z a q o p q o g‗i (patella), b o l d i r s u y a k l a r i (ossa 
cruris) va o y o q p a n j a s i s k e l e t i (ossa pedis)dan tashkil topgan. 
Son suyagi (femur, 34-35lar) naysimon suyaklar orasida eng uzun va kattasi bo‘lib, 
tana (corpus femoris), past va Yuqori tomon (epifiz)lardan iborat. Son suyagining 
Yuqori uchida (ichki tomonga qarab joylashgan) sharsimon boshcha (caput femoris) 
ko‘rinib turadi. Boshcha markazining pastrog‗ida chuqurcha (fovea capitis ossis 
feroris) joylashgan. Son suyagining boshchasi tanasiga bo‘yin (collum feroris) orqali 
qo‘shilgan. Bo‘yin suyak tanasiga 130 º o‘tmas burchak hosil qilib qo‘shilgan. 
Ayollarda Chanoqning keng va katta bo‘lishiga ko`ra son suyagining bo‘yni to‘g‗ri 
burchak hosil qilib qo‘shiladi. 


214 
Son suyagi bo‘ynining tanaga o‘tish chegarasida muskul yopishishidan paydo bo‘lgan 
ikkita do‘mboq – katta ko‘st (trochanter major) va kichik ko‘st (trochanter minor) 
joylashgan. Katta ko‘stning ichkarisida chuqurcha (fossa trochanterica) ko‘rinadi. 
Ko‘stlar oralig‗ida orqa tomonda qirra (crista intertrochanterica) va oldingi tomonda 
g‗adir-budur chiziq (linea intertrochanterica) bo‘ladi. 
Son suyagining tanasi corpus femoris oldinga qarab bir oz bukilgan, uch qirrali 
dumaloq shaklda bo‘lib, orqa tomondan bo‘yiga qarab ikkita labdan tashkil topgan 
g‗adir-budur qirrasi (linea aspera) ko‘rinadi. Uning ichkari tomondagi labi (labium 
mediale) Yuqoridagi kichik do‘mboqqacha davom etadi. Do‘mboqlar o‘z navbatida 
oraliq-taroqsimon chiziqqa (linea pectinea) qo‘shilib ketadi. Tashqi labsimon chiziq 
(labium laterale) esa katta do‘mboqning pastigacha boradi va dumba g‗adir-buduri 
(tuberositas glutea)ga aylanadi. Bu joyga dumba katta muskuli payining bir qismi 
yopishadi. Ikkala labsimon chiziqlar pastga yo‘nalib bir-biridan uzoqlashadi va tizza 
osti Yuzasi (facies poplitea)ni hosil qiladi. 


215 
Son suyagi (femur). Orqa Yuzasi. 
1– collum femoris; 2–fossa trochanterica; 3–trochanter major; 4– tuberositas glutea; 
5–linea aspera; 6–labium laterale asperae; 7–facies poplitea; 8–fossa intercondylaris; 
9– epicondylus lateralis; 10– condylus lateralis; 11–condylus medialis; 12–linea 
intercondylaris; 13–labium mediale lineae asperas; 14–linea pectinea; 15–trochanter 
minor; 16–crista intertrochanterica; 17–caput femoris; 18–fovea capitis. 
Son suyagining pastki, yo‘g‗onlashgan distal uchi orqaga qarab burilgan, ikkita 
muskul yopishadigan o‘siq bilan tugaydi. Uning ichki o‘sig‗i condylus medialis, 
tashqi tomondagi o‘sig‗i condylus lateralis deyiladi. O‘siqlar oldingi tomonida tizza 
Bo‗g‗im Yuzasi (facies patellaris) bilan o‘zaro tutashib turuvchi tizza qopqog‗i 
joylashadi. Ichki va tashqi o‘siqlarning orqasi hamda oralig‗ida o‘siqlar oralig‗idagi 
chuqurcha (fossa intercondylaris) joylashgan. 
Har bir o‘siqning Bo‗g‗im Yuzalari Yon tomoni teparog‗ida bittadan g‗adir-budur 
tepachalar: medial tomonda epicondylus medialis, lateral tomonda epicondylus 
lateralis ko‘rinib turadi. 
Tizza qopqog‗i (patella, 36) – to‘rt boshli son muskuli payining orasida joylashgan 
eng katta sesamasimon suyak. Tizza qopqog‗ining oldingi Yuzasi (facies anterior) 
g‗adir-budur bo‘lsa, orqasi silliq Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis) son suyagi bilan 
Bo‗g‗im hosil qiladi. Uning keng asosi basis patellae va uchi apex patellae deyiladi. 
Tizza qopqog‗i (patella). 
A – old Yuzasi, 1–basis patellae; 2–apex patellae; 3–facies anterior.
B – orqa Yuzasi. 1–basis patellae; 2–facies articularis; 3–apex patellae. 
Boldir suyaklari (34) ikkita naysimon suyakdan, ya‘ni medial (ichki) tomonda 
joylashgan katta boldir va lateral (tashqi) tomonda joylashgan kichik boldir 


216 
suyagidan tashkil topgan. Bu ikki suyak orasidagi masofa spatium interosseum cruris 
deyiladi. 
K a t t a b o l d i r s u ya g i (tibia, 37) kichik boldir suyagiga nisbatan katta bo‘lib, 
Yuqori uchi (epiphis)da medial do‘ng (condylus medialis) va lateral do‘ng (condylus 
lateralis) bor. Ikkala do‘ngning Yuqorisida son suyagi bilan Bo‗g‗im tuzish uchun 
botiqroq Yuza (facies articularis superior) joylashgan. Ana shu Bo‗g‗im Yuzalar 
ikkita do‘mboq (medial do‘mboq– tuberculum intercondylare mediale, lateral 
do‘mboq – tuberculum intercondylare laterale)dan tuzilgan tepacha (eminentia 
intercondylaris) vositasida bir-biridan ajralib turadi. Tepachaning old tomonidagi 
Yuza area intercondylaris anterior, orqa tomonidagi Yuza esa area intercondylaris 
posterior deyiladi. Lateral do‘ngning pastki va orqa tomonida kichik boldir 
suyagining Yuqori uchi birlashadigan yassi Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis 
fibularis) bor. 
Katta boldir suyagi (tibia), kichik boldir suyagi (fibula). Old Yuzalari. 
1–condylus medialis; 2–tuberositas tibiae; 3–margo interosseus tibiae; 4–facies 
medialis; 5–tibia; 6–margo anterior; 7–facies lateralis; 8–malleolus medialis; 9–
malleolus lateralis; 10–margo interosseus fibulae; 11–fibula; 12–margo anterior; 13–
facies lateralis; 14–caput fibulae; 15–apex capitis fibulae; 16–condylus lateralis 
tibiae. 
Katta boldir suyagining tanasi (corpus tibiae) uch qirrali bo‘lib, oldinda o‘tkir qirra 
(margo anterior) teri ostidan ko‘rinib turadi. Qirraning tepa tomonidagi g‗adir-budur 
tepa tuberositas tibiae ga qo‘shiladi. Kichik boldir suyagi tomonida lateral qirra 
(margo interosseus)ga suyakaro parda yopishadi. Medial tomonda to‘mtoq qirra 
(margo medialis) bor. Qirralar orasida uchta Yuza tafovut etiladi. Ulardan medial 
silliq Yuza (facies medialis) teri ostida, lateral Yuza (facies lateralis), orqa Yuza 
(facies posterior) muskullar ostida joylashgan. Katta boldir suyagining pastki uchi 
(epiphysis distalis) to‘rtburchak shaklida bo‘lib, medial tomonda pastga qarab 
maxsus o‘siq – ichki to‘piq (malleolus medialis), uning orqasida sulcus malleolaris 
joylashgan. Katta boldir suyagining pastki uchida oyoq panjasi suyaklari bilan 
Bo‗g‗im hosil qiladigan botiq Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis inferior) va ichki 
to‘piqning Bo‗g‗im Yuzasi (facies articularis malleoli) bor. Katta boldir suyagining 
lateral tomonida kichik boldir suyagi joylashadigan o‘ymani (incisura fibularis) 
ko‘rish mumkin. 


217 
Kichik boldir suyagi (fibula, 37) juda ingichka va ikki uchi yo‘g‗on bo‘lib, Yuqorida 
(proksimal uchi – epiphysis proximalis) suyak boshi (caput fibulae) va uning uchi 
(apex capitis fibulae) joylashgan. Uning medial Yuzasida katta boldir suyagining 
lateral do‘ngi bilan Bo‗g‗im tuzadigan Yuzasi (facies articularis capitis tibulae) bor. 
Suyak tanasi (corpus fibulae) bir oz buralgan, uchi qirrali bo‘lib, uning boshchasidan 
bo‘yni (collum fibulae) orqali ajralgan suyak tanasi medial Yuzasining oraliq 
qirrasini (margo interosseus) ko‘rish mumkin. Oldingi Yuzada margo anterior bo‘lsa, 
orqa Yuzada margo posterior joylashgan. Qirralar orasida lateral (facies lateralis), 
medial (facies medialis) va orqa Yuzalar (facies posterior) o‘rnashgan. Suyakning 
pastki uchi (epiphysis distalis) yo‘g‗onlashib, tashqi to‘piq (malleolus lateralis) ni 
hosil qiladi. 
To‘piqning Bo‗g‗im Yuzasi facies articularis malleoli deyiladi. Bo‗g‗im Yuzasining 
orqa tomonida chuqurcha (fossa malleoli lateralis) joylashgan. 
Oyoq panjasi skeleti (ossa pedis, 38) kaft oldi qismi (tarsus), oyoq kafti (metatarsus) 
va barmoqlar (phalangea digitorum) dan tuzilgan. 
Kaft oldi qismi (tarsus) yettita kalta g‗ovak suyaklardan tashkil topgan bo‘lib, kaft 
usti suyaklari singari ikki qator joylashgan; orqa yoki proksimal qator – ikkita (oshiq 
va tovon) suyakdan iborat, oldingi va distal qator – qayiqsimon, uchta ponasimon va 
kubsimon suyaklardan tuzilgan. 
O sh i q s u ya k (talus, 38) yirik suyak bo‘lib, uning tanasi – corpus tali, boshchasi – 
caput tali va ularni qo‘shib turuvchi bo‘yni – collum tali ajratiladi. Oshiq suyakning 
tepa qismida g‗altagi (trochlea tali) bo‘lib, unda uchta Bo‗g‗im Yuzasi ko‘rinadi, 
ulardan tepa Bo‗g‗im Yuzasi (facies superior) katta boldir suyagining pastki Bo‗g‗im 
Yuzasi bilan qo‘shiladi, qolgan ikkita Yonbosh Bo‗g‗im Yuzalari (facies malleolaris 
medialis va facies malleolaris lateralis) esa tashqi va to‘piqlarning Bo‗g‗im Yuzalari 
bilan qo‘shiladi. Oshiq suyakning tashqi to‘piq Yuzasi o‘sgan bo‘lib, unga (processus 
lateralis tali) oshiq suyakning Yonbosh o‘sig‗i deyiladi. Oshiq suyak g‗altagining 
orqasidagi o‘siq (processus posterior tali)dan m.flexor hallucis longus ning payi 
o‘tadigan egat uni ikkita do‘mboqcha (tuberculum mediale va laterale)ga bo‘lib 
turadi. Oshiq suyakning pastki Yuzasida tovon suyagi bilan birlashadigan uchta 
Bo‗g‗im Yuzalari joylashgan. O‘rta va orqa Bo‗g‗im Yuzalari orasida egat – sulcus 
tali ko‘rinadi. Oshiq suyakning bosh qismidagi Bo‗g‗im Yuzasi – facies articularis 
navicularis qayiqsimon suyak bilan qo‘shiladi. 
T o v o n s u y a g i (calcaneus, 38) eng katta suyaklardan bo‘lib, oshiq suyak va 
uchta ponasimon suyaklar orasida joylashgan. Uning orqa tomonida tovon do‘mbog‗i 
(tuber calcanei), pastga qaragan Yuzasida ikkita do‘mboqcha – processus lateralis 
tuberis calcanei va processus medialis tuberis calcanei ko‘rinadi. Tovon suyagining 
tepasida oshiq suyak hamda pastki Bo‗g‗im Yuzalariga mos keladigan Bo‗g‗im 
Yuzalari joylashgan. Ularning o‘rta orqa Bo‗g‗im Yuzalari o‘rtasida joylashgan egat 
sulcus calcanei oshiq suyakdagi xuddi shunga o‘xshash egat bilan qo‘shilib kavak 
(sinus tarsi) ni hosil qiladi. 
Tovon suyagining medial Yuzasida oshiq suyakni ko‘tarib turuvchi o‘siq 
(sustentaculum tali) bo‘lib, lateral Yuzada m.peronaeus longus ning payi o‘tadigan 
egat – sulcus tendineus m.peronei longi joylashgan. Tovon suyagining old tomonida 
kubsimon suyak bilan birlashadigan Bo‗g‗im Yuzasi bor. 


218 
Q a y i q s i m o n s u y a k (os naviculare, 38) oshiq suyak boshchasi bilan uchta 
ponasimon suyaklar orasida joylashgan bo‘lib, uning orqa tomonida oshiq suyak 
boshchasi bilan Bo‗g‗im hosil qilib birlashadigan botiq Bo‗g‗im Yuzasi ko‘rinadi. 
Oldingi tomonda esa uchta ponasimon suyaklar bilan birlashadigan, sal bo‘rtgan 
uchta Bo‗g‗im Yuzalari joylashgan.
P o n a s i m o n s u y a k l a r (ossa cuneiformia, 38) medial, o‘rta va lateral holatda, 
qayiqsimon suyak (old tomondan) bilan oshiq suyakning boshchasi (orqa tomondan) 
o‘rtasida o‘rnashgan. Ponasimon suyaklar o‘rtasida eng kattasi os cuneiforme 
mediale birinchi kaft suyagi bilan birlashsa, o‘rtadagi os cuneiforme interedium 
ikkinchi kaft suyagi bilan, lateral tomondagi os cuneiforme laterale esa uchinchi kaft 
suyagi bilan Bo‗g‗im hosil qilib qo‘shiladi. 
K u b s i m o n s u y a k (os cuboideum, 38) tovon suyagi bilan IV va V kaft suyaklari 
o‘rtasida, oyoq panjasining lateral tomonida joylashgan bo‘lib, ular bilan 
birlashadigan Bo‗g‗im Yuzalari bor. Bulardan tashqari, qayiqsimon va lateral 
ponasimon suyaklarni qo‘shib turuvchi Bo‗g‗im Yuzalari mavjud. Kubsimon 
suyakning pastki Yuzasida g‗adir-budur (tuberositas ossis cuboidea) Yuzacha bo‘lib, 
oldida kichik boldir muskulining payi o‘tadigan egat joylashgan. 
Oyoq kafti suyaklari (ossa metatarsalia, 38) beshta bo‘lib, bosh barmoq tomondan I, 
II va h.k. hisoblanadi. Har bir kaft suyaklarining proksimal uchi – asosi (basis), tanasi 
(corpus) va distal tomonda boshchasi (caput) bo‘ladi, I kaft suyagi eng kalta va 
yo‘g‗oni bo‘lib, II kaft suyagi eng uzunidir. Kaft suyaklari uzunasiga joylashgan 
oraliq bilan bir-biridan ajralgan. I, II va III kaft suyaklari asosidagi Bo‗g‗im Yuzalari 
I, II va III ponasimon suyaklarga mos keluvchi Bo‗g‗im Yuzalariga qo‘shilib turadi. 
IV–V kaft suyaklari asosi esa kubsimon suyak bilan birlashadi. II–IV kaft suyaklari 
ikki Yonboshdagi kichkina Bo‗g‗im Yuzasi orqali o‘zaro birlashadi, I kaft suyagining 
Bo‗g‗im Yuzasi II kaft suyagiga qaragan tomonda, V kaft suyagidagi Bo‗g‗im Yuzasi 
IV kaft suyakka qaragan tomonda bo‘ladi. V kaft suyagining lateral tomonidagi 
g‗adir-budur tepacha (tuberositas ossis metatarsalis) I kaft suyagining pastki 
Yuzasida (tuberositas ossis metatarsalis) bo‘ladi. 
Oyoq panjasining skeleti (ossa pedis). Yuqori yoki dorsal Yuzasi. 
1–calcaneus; 2–talus; 3–os cuboideum; 4–os naviculare; 5–os cuneiforme laterale; 6–
os cuneiforme inter-medium; 7–os cuneiforme mediale; 8–basis; 9– os metatarsale I 
(corpus), 10–os metatarsale II; 11–caput; 12–basis phalangis; 13–phalanx proximalis; 


219 
14–corpus phalangis; 15–caput phalangis; 16–phalanx distalis; 17–tuberositas; 18–
phalanx distalis; 19–phalanx media; 20–phalanx proximalis; 21–tuberositas ossis 
metatarsalis V; 22–trochlea tali. 
Oyoq barmoqlarining suyaklari – falangalar (ossa phalangis) qo‘l barmog‗i 
suyaklariga o‘xshab tuzilgan bo‘lib, bosh barmoqlardan tashqari (bosh barmoqda 
ikkita falanga bo‘ladi) II–V barmoqlarda uchtadan barmoq suyaklari bo‘ladi. Birinchi 
barmoq suyagi kaltaroq, yo‘g‗onroq, qolganlari bir oz uzunroq. Tirnoq falangalari 
g‗adir-budur do‘mboqchalar (tuberositas phalangis distalis) bilan tugaydi. 
Odam gavdasining vertikal holatga o‘tishi oyoq panjasining skelet tuzilishida ham 
o‘z izini qoldiradi. Natijada oyoq panjasi tayanch nuqtasini bajarishga va gavda 
og‗irligini ko‘tarib Yurishga moslashadi. Shuning uchun odamda tovon suyagi ancha 
yo‘g‗onlashgan, orqadan oldinga (bo‘yiga) uzunlashgan va mustahkamlashgan 
bo‘ladi. Oshiq suyak esa tovon suyagining ustida joylashgan bo‘lib, Yuqorida boldir 
suyaklari bilan, oldingi tomonda qayiqsimon suyak bilan Bo‗g‗im hosil qilib 
birlashadi. Binobarin, oshiq suyakning tuzilishi va Bo‗g‗im Yuzasi ana shunga 
moslashgan. Qolgan suyaklar ham gavda og‗irligini ko‘tarib Yurishda muhim 
ahamiyatga ega. Shuning uchun panja suyaklari asta-sekin kattalashgan va oyoq 
gumbazini hosil qilib o‘zaro qo‘shilib joylashgan.
26

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin