Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Tirsak Bo„g„imi 
(
articulatio cubiti
) yelka suyagining pastki uchi bilan bilak va 
tirsak suyaklarining Yuqori uchlari qo‘shilishidan hosil bo‘ladi (72). 


253 
Tirsak Bo‗g‗imi (old tomoni). 
1–capsula articularis; 2–lig. collaterale ulnare; 3–chorda obliqua; 4–ulna; 5–
radius; 6–tendo m. bicipitis brachii; 7–lig. anulare radii; 8–lig. collaterale radiale; 9–
humerus. 
Tirsak Bo‗g‗imi tarkibida yelka-bilak, yelka-tirsak va bilak bilan tirsak suyaklari 
Yuqori uchlarining Bo‗g‗imlari tafovut etiladi. Bu Bo‗g‗imlar bitta kapsulaga o‘ralib, 
paylar bilan tutashib turganligidan tirsak Bo‗g‗imi deb ataladi. Ulardan biri – yelka-
tirsak Bo‗g‗imi (articulatio humeroulnaris) yelka suyagining pastki uchidagi 
g‗altaksimon qismning Bo‗g‗im Yuzasi bilan tirsak suyagining tepa uchidagi g‗altak 
kemtigi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. G‗altaksimon Yuzaning botig‗i bir tomonga sal 
qiyshayganligidan Bo‗g‗im vintsimon harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Yelka-bilak Bo‗g‗imi – articulatio humeroradialis yelka suyagining pastki 
uchidagi sharsimon boshcha bilan bilak suyak boshchasi ustida fovea capitis radii 
ning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu Bo‗g‗im o‘zi alohida bo‘lmaganidan (bilak 


254 
suyagi bilan tirsak suyagi o‘rtasidagi Bo‗g‗im xalaqit beradi) harakat faqat bitta 
(ko‘ndalang) o‘q atrofida bo‘ladi. 
Articulatio radioulnaris proximalis – bilak suyagi boshchasi atrofidagi aylanma 
Bo‗g‗im Yuzasi (circumferentia articularis radii), bilak-tirsak suyagidagi bilak 
kemtigi (incisura radialis ulnae) ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgani uchun silindr 
shaklidagi Bo‗g‗imlar guruhiga kiradi. 
Tirsak Bo‗g‗imi ikki Yon tomonidan xuddi yo‘g‗on kanop ip singari Yumaloq 
va pishiq boylamlar vositasida mustahkamlanadi. Bu boylamlarning ichki (medial) 
tomondagi Yonlama tirsak boylami ligamentum collaterale ulnare deb atalib, yelka 
suyagi ichki do‘ng usti do‘mbog‗ining (epicondylus medialis) pastki chetidan 
boshlanadi va tirsak suyagidagi katta kemtikning ichki qirg‗og‗iga yopishadi. 
Ikkinchi boylam Yonlama bilak boylami – ligamentum collaterale radiale yelka 
suyagi distal uchining tashqi do‘ngidan boshlanib, bilak suyagining boshini halqa 
singari o‘ragan boylam – ligamentum anulare radii ga qo‘shilib ketadi. Bu so‘nggi 
boylam tirsak suyagidagi kemtik (incisura radialis ulnae) chetidan boshlanib, bilak 
suyagining boshchasini aylanib o‘tadi va kemtikning orqa (qarama-qarshi 
tomonidagi) chetiga yopishadi. Bu aylanma boylam suyakning boshchasiga 
birikmaganligi uchun bilak suyagi o‘zining vertikal o‘qi atrofida erkin aylana oladi. 
Tirsak suyagining incisura radialis ulnae qirrasi bilan bilak suyagi bo‘yni oralig‗ida 
ko‘ndalang tortilgan lig. quadratum joylashgan.
Tirsak Bo‗g‗imidagi harakat, asosan, bitta o‘q (ko‘ndalang o‘q) atrofida sodir 
bo‘ladi (bukilish va yozilish). Shuning uchun u bir o‘qli Bo‗g‗imlar guruhiga kiradi. 
Bunday harakat vaqtida ikki Bo‗g‗im, ya‘ni articulatio humeroradialis bilan 
articulatio humeroulnaris qatnashadi. Bukilish chegaralangan bo`lib, tirsak 
suyagidagi toj o‘sig‗i (processus coronoideus) yelka suyagidagi shu nomli 
chuqurchaga kirib taqalgach, bukilish to‘xtaydi. Xuddi shuningdek, yozilish ham 
ma‘lum chegaragacha davom etadi. Bunda tirsak suyagining katta o‘sig‗i (olecranon) 
yelka suyagining orqa tomonidagi tirsak chuquri (fossa olecrani) ga kirib taqaladi va 
yozilishga to‘sqinlik qiladi.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin