AMALIY MASHG„ULOT №2
Qovurg„a. Kurak suyagi. To„sh suyagi. O„mrov suyagi.
Sinostoz hosil bo‗lish
muddatlari. Qovurg‗alarning tuzilishi, turlari. To‗sh suyagining tuzilishi.O‗mrov
suyagining tuzilishi. Ko‗rak suyagining tuzilishi. Ko‗krak qafasi.YAngi tex:Aqliy
hujum.
T o‘ sh s u ya g i (sternum, 22). Ko‗krak umurtqalari va qovurg‗alar bilan birgalikda
Ko‗krak qafasini (thorax) ni hosil qiladi. To‘sh suyagi uzunchoq yassi shaklda bo‘lib,
o‘rta yashar odamda uchta ayrim qismlardan iborat.
Sternum. 1-incisura jugularis; 2-incisura clavicularis; 3-incisura costalis I; 4-angulus sterni; 5-
incisura costalis II; 6-incisura costalis III; 7-incisura costalis IV; 8-incisura costalis V; 9-incisura
costalis VI; 10-incisura costalis VII; 11 -processus xiphoideus; 12-sorpus sterni; 13-manubrium
sterni
1) Yuqori qismi – dastasi – manubrium sterni;
2) o‘rta qismi – tanasi – corpus sterni;
3) pastki qismi – xanjarsimon o‘siq – processus xiphoideus deb ataladi. Bular o‘zaro
Yupqa tog‗ay qatlami bilan qo‘shilgan bo‘lib, keksalik davrida suyaklanib yaxlit bitta
to‘sh suyagini hosil qiladi. Dasta qismi keng va qalin bo‘lib, tepa qismida chuqurcha
– incisura jugularis ko‘rinadi.
Dastaning ikki Yonboshida o‗mrov suyagining to‘sh suyagiga qaragan uchining
qo‘shilishi uchun o‘yma – incisurae claviculares va undan pastda I qovurg‗a tog‗ayi
bilan qo‘shilishi uchun o‘yma bo‘ladi. Dasta bilan tanasi bir oz oldinga turtib
qo‘shilgan joyida to‘sh burchagi (angulus sterni) ni ko‘rish mumkin. Dasta bilan
tanasi oralig‗ida II–VII qovurg‗a tog‗aylari uchun o‘yma (incisurae costales) bor.
201
Xanjarsimon o‘siq (processus xiphoideus) to‘sh suyagining tanasidan pastki tomonda
joylashgan turli uzunlik va shaklda bo‘ladi. Ayollarning to‘sh suyaklari erkaklarning
to‘sh suyagiga nisbatan bir oz kaltaroq bo‘ladi.
23
QOVURG‗ALAR
Qovurg‗alar (costae, 23, 24lar) 12 juft ingichka yoylardan iborat bo‘lib, orqa
tomondan Ko‗krak umurtqalarining tanalariga yopishib turadi. Har qaysi qovurg‗a
ikki qismdan iborat, qovurg‗aning orqa qismi suyak (os costale) va oldingi qismi
tog‗aydan (cartilago costalis)dan tuzilgan. Yuqoridagi I–VII qovurg‗alar bevosita
tog‗ay qismlari vositasida to‘sh suyagiga birikadi va chin qovurg‗a (costae verae) deb
ataladi. Keyingi VIII, IX va X juft qovurg‗alar o‘zining oldingi tog‗ay qismlari bilan
bevosita to‘sh suyagiga yopishmasdan, o‘zidan Yuqorida joylashgan qovurg‗aning
tog‗ayiga tutashadi hamda yolg‗on qovurg‗alar (costae spuriae) deb
ataladi. Qolgan XI va XII juft qovurg‗alarning tog‗aylari esa hech qayerga
yopishmasdan qorin muskullarining oralarida erkin joylashgan. Shu sababli juda
harakatchan bo‘ladi. Ular yetim qovurg‗alar (costae fluctuantes) deb ataladi.
Qovurg‗alarning oldingi, orqa uchlari va bularning oraliq qismi, tanasi bor.
Qovurg‗aning orqa uchida yo‘g‗onlashgan boshchasi (caput costae) bor. II–X
qovurg‗alar boshchasi umurtqalar oraliq chuqurchalariga qo‘shilgani uchun ularning
Bo‗g‗im Yuzalari qirra (crista capitis costae) bilan ikkita Bo‗g‗im Yuzasiga ajralgan.
I, XI va XII qovurg‗alar boshchalarida qirra bo‘lmaydi, chunki umurtqa tanasidagi
butun Bo‗g‗im chuqurchalari bilan qo‘shilgan bo‘ladi. Qovurg‗a boshchasi
23
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
202
Qovurg‗alar (costae).
A – birinchi qovurg‗a.
1 – caput costae I; 2 – collum costae; 3 – tuberculum costae; 4 – sulcus arteriae subclaviae; 5 –
tuberculum m.scaleni anterioris; 6 – sulcus v.subclaviae
B – ikkinchi qovurg‗a.
1 – caput costae II; 2 – collum costae; 3 – tuberculum costae; 4 – tuberositas m.serrati anterioris; 5
– corpus costae.
ingichkalashgan bo‘yin (collum costae) qismiga o‘tadi. Bo‘yin qismining qovurg‗a
tanasiga o‘tish chegarasida do‘mboqcha (tuberculum costae) ko‘rinadi. I–X
qovurg‗alar do‘mboqchalaridagi Bo‗g‗im Yuzalari (facies articularis tuberculi costae)
ikki qismga ajralgan bo‘lib, ularning pastki qismi umurtqalar
Sakkizinchi o‘ng qovurg‗a (costa VIII). Ichki Yuzasi.1 – caput costae; 2 – collum costae; 3 – facies
articularis capitis costae; 4 – crista capitis costae; 5 – corpus costae; 6 – sulcus costae.
ko‘ndalang o‘siqlaridagi Bo‗g‗im chuqurchalariga qo‘shilib turadi. Do‘mboqchalar
Bo‗g‗im Yuzalarining Yuqori qismlariga esa boylamlar yopishadi. XI–XII
203
qovurg‗alardagi do‘mboqchalar unchalik rivojlanmagan,
Bo‗g‗im Yuzalari
bo‘lmaydi. Qovurg‗a tanasida (corpus costae) tashqi, ichki Yuzalari, tepa va pastki
chekkalari bor. Birinchi qovurg‗aning, aksincha, Yuqori va pastki Yuzalari, ichki va
tashqi chekkalari bo‘ladi. Qovurg‗a tanasi bir oz bukilib qovurg‗a burchagi (angulus
costae) ni hosil qiladi. Ko‘pchilik qovurg‗alar ichki Yuzasining pastki chekkasiga
yaqin joyida qovurg‗a egatchasi (sulcus costae) (nerv va tomirlar uchun) joylashgan.
Qovurg‗alarning shakli va uzunligi Ko‗krak qafasining tuzilishiga hamda shakliga
bog‗liq. Qovurg‗alarning uzunligi I dan VII qovurg‗agacha orta borib, VIII
qovurg‗adan oxirgi XII qovurg‗agacha qisqarib kamayadi.
Birinchi qovurg‗a boshqa qovurg‗alardan uning Yuqori Yuzasida narvonsimon
muskul do‘mbog‗i (tuberculum musculi scaleni anterioris) borligi bilan farq qiladi.
Do‘mboq oldida o‗mrov osti vena egati – sulcus venae subclaviae, do‘mboq orqasida
esa o‗mrov osti arteriya egati – sulcus arteriae subclaviae bo‘ladi.
YELKA KAMARI SUYAKLARI
Yelka kamari ikkala tomonda bittadan o‗mrov va kurak suyaklaridan tuzilgan.
O‗mrov (clavicula, 26), qo‘lni tanaga birlashtirib turadigan birdan-bir suyak bo‘lib,
shakli lotincha ―S‖ harfiga o‘xshab bukilgan, uzun. To‘sh suyagiga birlashgan uchiga
exremitas sternalis va uning Bo‗g‗im Yuzasiga facies articularis sternalis, kurak
suyagining yelka o‘sig‗iga birlashadigan uchiga extremitas acromialis deyiladi, unda
yelka o‘sig‗iga Bo‗g‗im hosil qilib birlashadigan kichkina Bo‗g‗im Yuzasi – facies
artricularis acromialis ko‘rinadi. O‗mrov suyagi yelka Bo‗g‗imining tanadan
uzoqroqda bo‘lishini ta‘minlaydi. Natijada qo‘lning har turli murakkab harakatlarni
osongina bajarishiga qulaylik tug‗dirib beradi. Ba‘zida qo‘l tanaga zich yopishadi,
deyarli harakatsiz osilib turadi. O‗mrov suyagining o‘rta qismida tanasi (corpus
claviculae) deyiladi. Tana pastida konussimon do‘mboqcha – tuberculum conoideum
va trapetsiyasimon chiziq – linea trapezoidea joylashgan.
O‗mrov suyagi (clavicula). Tepa Yuzasi.1 – extremitas acromialis; 2 – extremitas
sternalis; 3 – facies articularis sternalis.
O‗mrov suyagining suyaklanishi embrion 6 haftaligida boshlanib, bola 16–18 Yoshga
borganda qo‘shimcha suyaklanish nuqtasi (to‘sh suyagiga qaragan uchi)da paydo
bo‘ladi. O‗mrov suyagining suyaklanish davri 20–25 Yoshlarga borib tugaydi.
Kurak (scapula, 27) suyagi yassi, uchburchak shaklida bo‘lib, Ko‗krak qafasining
orqa tomonidan II–VII qovurg‗alar tashqi sohasida turadi. Kurakning uchta chekkasi
tafovut qilinadi: umurtqa pog‗onasiga qaragan medial chekkasi (margo medialis),
qo‘ltiqqa qaragan lateral chekkasi (margo lateralis) va Yuqori kalta chekkasi (margo
superior). Yuqori chekkasida kurak o‘ymasi (incisura
204
Kurak suyagi (scapula). Orqa Yuzasi.1 – angulus inferior; 2 – margo lateralis; 3 –
fossa infraspinata; 4 – angulus lateralis; 5 – acromion; 6 – processus coracoideus; 7 –
incisura scapulae; 8 – margo superior; 9 – spina scapulae; 10 – fossa supraspinata; 11
– angulus superior; 12 – margo medialis
scapulae) ko‘rinib turadi. Kurak suyagining uchchala chekkasi o‘zaro uchta burchak
hosil qilib qo‘shiladi: shulardan biri pastga qaragan burchak (angulus inferior),
ikkinchisi Yuqori tomondagi burchak (angulus superior) va uchinchisi lateral burchak
(angulus lateralis).
Lateral burchak yo‘g‗onroq bo‘lib, undagi chuqurroq Bo‗g‗im Yuzasi (cavitas
glenoidalis) orqali yelka suyagi bilan Bo‗g‗im hosil qilib birlashadi. Bo‗g‗im
Yuzasining tepasidagi do‘mboq – tuberculum supraglenoidale, pastidagi do‘mboq –
tuberculum infraglenoidale ko‘rinib turadi. Bo‗g‗im Yuzasi orqa tomonga ingichka
bo‘yin (collum scapulae) orqali tanaga o‘tadi.
Kurak suyagining Bo‗g‗im Yuzasi ustida tumshuqsimon o‘siq (processus
coracoideus) bo‘rtib turadi. Kurakning oldingi, qovurg‗alarga qaragan Yuzasi (facies
costalis) botiqroq bo‘lib, kurak osti chuquri (fossa subscapularis)ni hosil qiladi, ana
shu Yuzadagi bir necha g‗adir-budur chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi.
Kurakning orqa Yuzasi baland qirra (spina scapulae) bilan ikkita teng bo‘lmagan
qismga bo‘lingan bo‘ladi.
Qirraning tepasidagi qirra usti chuqurchasi fossa supraspinata, pastki chuqurcha fossa
infraspinata deyiladi. Bu chuqurchalarga shu nomdagi muskullar yopishib turadi.
Kurakning baland qirrasi lateral tomonga davom etib, baquvvat yelka o‘sig‗i –
akromion (acromion) bo‘lib tugaydi. Ana shu o‘siq uchidagi Bo‗g‗im Yuzasi faeies
articularis acromialis orqali o‗mrov bilan Bo‗g‗im hosil qilib qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: |