Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

MA‟RUZA 16. 
Ma‟ruza № 16. Venoz tizimining funksional anatomiyasi. Kavak venalari. 
Darvoza venasi. Venoz anastomozlar. Embrionda qon aylanish. Limfa 
tizimining funksional anatomiyasi - - 2 soat.
Venalarni arteriyalardan farqi. Vena qon tomirlarini hosil bo‗lish qonuniyatlari. 
Venalarning o‗ziga xos xususiyatlari: venoz chigallar, sinuslar, suyak venalari. 
Venalardan Yurak tarafiga qon oqish qonuniyatlari. Yuzaki va chuqur venalar. Vena 
qon tomirlarini rentgen nurlari ta‘siridagi tasviri. Katta va kichik qon aylanishdagi 
venalar. O‗pka venalari. YUqori kavak vena va shu venani hosil etishda 
qatnashadigan venoz qon tomirlar. Bosh miyaning venalari va sinuslari. Kalla 
sohasidagi Yuzaki va chuqur venalar, ular orasidagi anastomozlar. Ichki, tashqi va 
oldingi bo‗yinturuq venalar. Elka-bo‗yin venalari va uning irmoqlari. O‗mrov osti 
venasi va uning irmoqlari. Qo‗ldagi Yuzaki va chuqur venalar. Qo‗ltiq sohasidagi 
venalar va uning irmoqlari. Qovurg‗alararo venalar. Toq va yarim toq venalarning 
irmoqlari. Umurtqa pog‗anasi ichidagi venoz chigallar. Pastki kavak vena va uning 
irmoqlari. Oyoqdagi Yuzaki va chuqur venalar. Tashqi Yonbosh venasi. Chanoq 
devorlarining venasi va Chanoq bo‗shlig‗idagi a‘zolarning venasi. Ichki Yonbosh 
venasi. Kava-kaval anastomozlar. Darvoza venasi: topografiyasi, irmoqlari. Darvoza 
vena irmoqlarini Yuqori va pastki kavak venalar irmoqlari bilan qo‗shilishi: porto-
kaval anastomozlar. Alohida a‘zolarda (orqa miya va bosh miya, Yurak, o‗pka, jigar, 
buyrak, endokrin a‘zolar) qon aylanishning o‗ziga xosligi - bu a‘zolarning tuzilishi va 
vazifasiga bog‗liq ekanligi.

Limfa tizimining taraqqiyoti va venoz sistema bilan bog‗lanishi. Limfa 
tizimining irmoqlari: limfa kapillyari va ularning tuzilishida qon tomirlardan farqi. 
A‘zolarda limfa tomirlar to‗rining tuzilishi. Limfa tomirlar. Limfa tugunlari: tuzilishi, 
Yoshga qarab o‗zgarishi. Ko‗krak limfa yo‗lining irmoqlari. O‗ng limfa yo‗lining 
irmoqlari. O‗mrov osti limfa stvoli. Bo‗yinturuq limfa stvoli. Kalla sohasidagi limfa 
tomirlar va limfa tugunlar. Bo‗yin sohasidagi limfa tugunlar va limfa tomirlar. Qo‗l 
sohasidagi limfa tugunlar va limfa tomirlar. Katta limfa yo‗llarini vena qon 
tomirlariga quyilish sohasi. Oyoqdagi Yuzaki va chuqur limfa tomirlar va limfa 
tugunlar. Tizza ostidagi va Chov sohasidagi Yuzaki va chuqur limfa tugunlar. Qorin 
bo‗shlig‗i devoridagi va a‘zolardagi limfa tomirlar va limfa tugunlar. Ko‗krak qafasi 
sohasi devoridagi va a‘zolarning limfa tomirlari va limfa tugunlari. Sut bezining 
limfa tomirlari va limfa tugunlari. Limfa tomirlarining o‗zaro qo‗shilishi va Yonlama 
(kollateral) limfa yo‗nalishi. Limfa tomirlarining va limfa tugunlarining rentgen 
anatomiyasi (tasviri). Qon shaklli elementlarini qosil etuvchi a‘zolar va immun 
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


176 
sistema. Immun sistemasining markaziy va periferik qismlari. Ayrisimon bez: 
taraiyoti, topografiyasi, vazifasi va tuzilishi. Ingichka ichak devoridagi limfatik 
follikulalar. CHuvalchangsimon o‗simta sohasidagi limfa tugunlar. Taloq: 
topografiyasi, vazifasi va tuzilishi.
 
(A: 1,2,3,4; Q: 1,2,) 
Vena qon tomirlari.
Angiologiya tomirlar to‗g‗risidagi fan bo‗lib, uning tarkibiy qismini arteriya, vena va 
limfa tomirlari tashkil etadi.
Vena va arteriya qon tomirlarining farqi - bu qon tomir devorlarining tuzilishi va ular 
ichidagi qonning Yurakka nisbatan yo‗nalishi bilan ajratiladi.
Arteriyalardan qon Yurakdan a‘zolarga tomon katta bosim ostida xarakatlansa, 
venalar - qonni kapillyarlardan Yurak tomonga past bosim ostida qayta yo‗naltiradi.
Venalardagi bosimning past bo‗lishi natijasida, ularning devorlari, arteriyalarning 
devorlariga nisbatan Yupqaroq bo‗lib, u qavatga bo‗linishi unchalik ko‗rinmaydi : 
muskul to‗qimasi sust takomi etgan, lekin venalarda kollagen to‗qima ko‗proq 
bo‗ladi.
Kindik venasi (embrion taraqqiyoti davrida) va o‗pka venasi ichidan arterial qon 
oqadi. Boshqa hamma venalar ichidan venoz qon oqadi.
Venoz qon tomirlarining bajaradigan vazifalari :
To‗qimalarda modda almashuvi natijasida hosil bo‗lgan chiqindi moddalarni 
a‘zolardan olib chiqib ketadi.
Hazm a‘zolarida so‗rilgan ozuqa moddalarni, ana shu a‘zolar nomidagi venalar 
orqali darvoza venasiga yig‗ib, jigarga olib kiradi va jigardan jigar venasi orqali 
pastki kavak venaga (umumiy qon aylanishiga) quyiladi.
Ichki sekretsiya bezlari tomonidan chiqazilgan gormonlarn qon orqali boshqa 
a‘zolarga etkazish vazifasini bajaradi.
Ma‘lumki Yurak devorining qisqarishi, arteriya qon tomirlarida nisbatan katta 
bosimni hosil qiladi. Aortada bosim 160 mm simob ustuniga teng bo‗lsa, elka 
arteriyasida 110-130 mm ni tashkil etadi. O‗z navbatida arteriyalarning maydaroq 
tarmoqlarga bo‗linishi natijasida uning ichidagi bosimning kamayishiga olib keladi, 
natijada kapillyarlar ichidagi bosim juda past bo‗ladi. Vena qon tomirlari ichidagi 
bosim esa kapillyar ko‗rsatgichidan ham pastroq bo‗ladi. Yurakk yaqin joylashgan 
venalarda xatto manfiy bosim bo‗ladi. Qon tomirla ichidagi qonning harakat tezligi - 
qon bosimiga to‗g‗ri proporsiona bo‗ladi. Demak, vena ichidagi qon bosimi past 
bo‗lganligi uchun, qonning yo‗nalish tezligi ham past bo‗ladi. Qonning oqish tezligi 
arteriya va venalarda har-xil bo‗lishiga qaramasdan, Yurakdan arteriyalarga 
chiqayotgan qon miqdori shu daqiqalarda venalar orqali Yurakk oqib kelayotgan qon 
miqdoriga teng bo‗lishi kerak. Arterial va veno sistemasidagi nomuvofiqlik venoz 
qon tomirlar miqdorining oshiqligi va xajm jihatidan vena qon tomirlarining ustunligi 
natijasid tenglashadi. Mana shuning uchun, vena qon tomirlarida bosim past 
bo‗lishiga va qon oqish tezligi past bo‗lishiga qaramasdan, uning xajmining katta 
ekanligi natijasida Yurakdan qancha qon chiqsa, shuncha qo Yurakka qaytib keladi. 
Natijada Yurakdan ma‘lum daqiqa davomid qancha qon bitta aortaga chiqsa, shuncha 
qon ikkita venoz qon tomirlar orqali oqib keladi. A‘zo yoki to‗qimalarning ma‘lum 


177 
qismidag vena qon tomirlari va arteriya qon tomirlari xajmining nisbiy koeffitsienti 2: 
1, 3: 1 va xatto 4: 1 ga ham teng bo‗lishi mumkin. Bunday katta farq, vena qon 
tomirlarining Yuzaki va chuqur qismlarig bo‗linishini taqozo etadi. Yuzaki (teri osti) 
joylashgan venalar Yonida arteriyalar bo‗lmaydi. CHuqur venalar esa, arteriyalar 
bilan Yonma-Yon yo‗naladi (uning atalishi-arteriya nomi bilan ataladi) va ba‘zi 
joylarda bitta arteriyaga ikkita vena to‗g‗ri keladi. Venalarnin harakterli xususiyati va 
arteriya qon tomirlaridan farqi, ulard klapanlar bo‗lishidir. Venalarda oqayotgan qon 
Yurak tomon haraka qilayotganida anchagina qismida qonning gidrostatik bosimni 
engi uchun moslama-klapanlar paydo bo‗ladi. Klapanlar qonni faqat bi tomonga 
oqishini ta‘minlab, teskari (kapillyarlarga qarab) oqishig yo‗l qo‗ymaydigan to‗siqlar 
xizmatini bajaradi. Klapanlar vena ichk pardasining Yupqa, nozik burmalari bo‗lib 
hisoblanadi. Odatda klapanlar juft-juft bo‗lib, bir-biriga qarab turadi va qon normal 
harakat qilganda, (markazga qarab yo‗nalganda) vena devoriga yopishadi. Qon 
teskari harakat qilganida, klapanlar bilan vena devor orasidagi yoriqqa qon kirib 
qolib, klapanlar vena devoridan yiroqlashadi. Natijada klapanlarning erkin chekkalari 
bir-biriga yaqinlashib tutashadi-vena teshigining shu joyi yopiladi. Bu moslamalar 
qonn faqat vena tomon oqishini ta‘minlaydi. Klapanlar vena ichki qavatining 
yarimoysimon burma shaklidagi o‗simtasi bo‗lib, ko‗pincha juf xolda uchraydi. Ba‘zi 
paytda bitta yoki uchta o‗simta shaklida uchraydi. Klapanlar ko‗pincha venoz 
tomirlarning asosiy o‗zaniga quyili joylarida joylashib, qonning qaytadan shu 
irmoqchalarga o‗tishidan v kapillyarlarga ta‘siridan saqlab turadi. Qaerda qonning 
gidrostatik bosimi oshiq bo‗lsa va qon yo‗nalishi qiyinroq bo‗lsa, shu erd klapanlar 
soni ko‗proq uchraydi. Oyoqda joylashgan venalar ichidag klapanlar miqdori, qo‗l 
venalariga nisbatan ko‗proq bo‗ladi, klapanlar orasidagi masofa esa qisqaroq bo‗ladi. 
Demak, klapanlar qonn venalar ichida faqat Yurak tomon harakatini ta‘minlaydi. 
Bunda tashqari, qonning bir tomonga yo‗nalishi venalar atrofidagi muskullar va 
fassiyalar holati bilan ham belgilanadi. Vena qon tomirlarining tashqi qavati muskul 
fassiyalari bilan birikkan bo‗ladi. Muskullarning harakati vena bo‗shlig‗ining 
kengayishi yoki torayishig olib keladi. Qon tomirlar kengayganda irmoqlardan qonni 
so‗rib olsa, vena bo‗shlig‗ining torayishi esa, aksincha qonni Yurak tomon harakatini 
ta‘minlaydi.
Bundan tashqari qonning Yurak tomon harakati Ko‗krak qafasinin aktiv harakati va 
diafragma muskullarining qisqarishi bilan ha ta‘minlanadi.
Odam tanasida ikkita katta vena qon tomirlari bo‗ladi : Yuqor kavak venasi va pastki 
kavak venasi. Bundan tashqari qorin bo‗shlig‗idagi toq a‘zolardan venoz qon-jigar 
ichiga yo‗nalgan darvoza venasi va bel sohasidan boshlanib Ko‗krak qafasi devoridan 
va organlaridan qonni yig‗ib Yuqori kavak venasiga olib boruvchi toq v yarimtoq 
venalari ham mavjud.
YUqori kavak venasi v. cava superior o‗ng va chap tomonlardag qo‗l va kalladan 
venoz qonni yig‗adigan qon tomirlarining birikishidan hosil bo‗ladi.
YUqori kavak venasiga Ko‗krak qafasining orqa Yuzasida joylashgan toq v. azygos 
va yarim toq v. hemiazygos venalardagi qon ha oqib keladi. O‗z navbatida toq va 
yarim toq venalarning irmoqlar qorin bo‗shlig‗ining orqa Yuzasidan boshlanib
Ko‗krak qafasida qoburg‗alararo venalarni va orqa ko‗ks oralig‗ida joylashgan 
a‘zolarda vena qonini qabul qiladi. Toq va yarim toq venalarning qorin bo‗shlig‗ining 


178 
orqa Yuzasidan boshlanadigan irmoqlari - bel venalari v umurtqa pog‗onasining 
tashqi venalari bilan o‗zaro anastomozlar vositasida birikkan bo‗ladi.
Pastki kavak venasi v. cava inferior - qorin pardadan tashqarida joylashgan bo‗lib, 
o‗ng va chap umumiy Yonbosh venalarning birikuvidan hosil bo‗ladi (v. ilaca 
communis dextra et sinistra). Natijada pastki kavak venaga qon oyoqlardan, Chanoq 
devori va bo‗shlig‗idagi a‘zolardan, buyrak, buyrak usti bezi, jigar, qorin 
devorlaridan - venoz qonni yig‗ib oladi.
Darvoza venasi v. portae - qorin bo‗shlig‗ining jigardan boshq toq organlaridan, 
aniqroq aytganda : taloq, me‘da osti bezi, o‗ pufagi va me‘dadan tortib to‗g‗ri 
ichakning Yuqori bo‗limigacha - haz kanalidan qon to‗playdi. SHu tariqa venoz qon 
Yuqorida nomi aytilga organlardan pastki kavak venaga va Yurakka, to‗g‗ridan-
to‗g‗ri tushmay,avvalo jigarga boradi va jigar kapillyarlaridan o‗tib, jigar venalar v. 
v. hepaticae orqali pastki kavak venasiga quyiladi.
Yurak venalari.
Yurak arteriyalari faqat ikkita bo‗lsa, venalari ko‗p bo‗ladi v Yurakning o‗ng 
bo‗lmasiga turli yo‗llar bilan etib boradi. Yuraknin kichik venalari-o‗ng bo‗lmaga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ochiladi. Yurakning boshq venalari-Yurak venalarining sinusiga 
quyiladi. Yurak venalarinin sinusi orqadagi toj egatda yotadi va Yurakning o‗ng 
bo‗lmachasiga quyiladi.
Bundan tashqari Yurakda R. Vessen (1706) va A. Tebeziya (1708) tomonidan 
tekshirilgan, Yurakning qorinchalariga ochiladigan qon tomirlar ham bo‗ladi.
Biror sababga ko‗ra, agarda biror katta vena qon tomirida qo harakatiga to‗sqinlik 
bo‗lsa - vena irmoqlari orasidagi anastomozlar ochiladi.
YUqorigi va pastki kavak venalari irmoqlari orasidagi birlashuvlar - kava - kaval 
anastomozlar deb ataladi.
Darvoza venasi va kavak venalar irmoqlari orasidagi anastomozlarga - porta - kaval 
anastomozlar deyiladi.
Vena cava superior - Yuqorigi kavak vena.
YUqorigi kavak vena ikkita elka - bo‗yin v. brachiocephalica dextra et sinistra 
larning qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. YUqori kava venasi Yurakning o‗ng 
bo‗lmachasiga quyiladi.
Har bir elka - bo‗yin venasi : o‗mrov osti venasi - v. subclavia va ichki bo‗yinturuq 
venasi - v. jugularis internae larning o‗zaro birikishidan hosil bo‗ladi.
V. brachiocephalicae dextra et sinistra - elka - bo‗yin venalari Ko‗krak qafasi devori 
va uning ichida joylashgan a‘zolarnin venalarini qabul etadi.
Elka-bo‗yin venasiga quyidagi venalar quyiladi :
1) V. thyroideus impar - qalqonsimon bezning pastki chekkasi dan boshlanadi;
2) V. thyroidea inferior - qalqonsimon bezning ostki venasi;
3) V. laryngea inferior - hiqildoqning ostki venasi;
4) V. v. thymicae - ayrisimon bezning venasi;
5) V. v. pericardiacae - Yurak xaltasining venasi;
6) V. v. pericardiacophrenicae - diafragma va Yurak xaltasinin venalari;
7) V. v. mediastinales - ko‗ks oralig‗idagi a‘zo va to‗qimalar ning venalari;


179 
8) V. v. bronchiales - bronx va o‗pka to‗qimalarining venasi;
9) V. v. tracheales - traxeya venalari;
10) V. v. esophageae - qizilo‗ngach venalari;
11) V. vertebralis - bo‗yin umurtqasining ko‗ndalang o‗simtala ridagi kanal bo‗ylab 
yo‗naladigan vena : orqa miyaning bo‗yi segmentlaridan va bosh miyaning asosidan 
venoz qonni qabul qi ladi;
12) V. cervicalis profunda - bo‗yin mushaklaridan venoz qonn qabul qiladi;
13) V. v. thoracicae internae - Ko‗krak qafasining oldingi de vorining ichki 
Yuzasidan yo‗naladi. Bu venalar qorinning oldin gi devoridagi venalarni : v. v. 
subcutaneae abdominis;
v. v. epigastricae superiores; v. v. musculophrenicae tarmoqla rini qabul qiladi.
Ko‗krak qafasidan esa v. v. intercostales anteriores; v. inter costalis suprema - 
tarmoqlari ham ichki Ko‗krak venasiga quyi ladi.
Ichki bo‗yinturuq venasi - v. jugularis interna.
Ichki bo‗yinturuq venasi kalla suyagining asosidagi foramen jugulare teshigi 
sohasidan boshlanadi. Bu vena kalla suyagining ichidagi venoz sinuslardan venoz 
qonini qabul qiladi. Kallani ichidag venoz sinuslar - bosh miyaning qattiq pardasi va 
kalla suyaklar orasida hosil bo‗ladi. Ichki bo‗yinturuq venasiga quyidagi venoz 
sinuslardan qon yig‗iladi : sinus sigmoideus, sinus transversi, sinus sagitalis superior, 
sinus occipitalis, sinus rectus, sinu sagitalis inferior.
Bu vena qon tomirlari ensa sohasida yig‗ilib, ichki xajsimo sohada venoz 
kengaymasi - confluens sinium ni hosil etadi. Bo miyaning asosida turk egari atrofida 
sinus cavernosus venalar joylashadi. Ikki tarafdagi shu nomli venalar oldida va 
orqada sinu intercavernosi venalari vositasida qo‗shiladi. Bu venalarga ko‗z 
kosasidan chiqadigan v. ophtalmica superior ham quyiladi. O‗z navbatida sinus 
cavernosus venalari Chakka suyagining piramida qismid joylashgan sinus petrosus 
superior et inferior venalariga quyiladi. Har ikkala tarafdagi sinus petrosus inferior 
venalari o‗zar qo‗shilib, plexus basilaris venoz chigalini hosil etadi. Bu veno chigallar 
umurtqa pog‗onasining ichidagi venalarga davom etadi.
Kallaning ichidagi venoz sinuslar, kallaning tashqi Yuzasidag venalar bilan 
anastomozlar vositasida o‗zaro birlashadi. Bunday venalarni : v. v. emissariae deb 
atalib, ular kalla suyaklaridagi teshiklar (foramen parietale, foramen mastoideum, 
canalis condylaris) orqali yo‗naladi.
Ichki bo‗yinturuq venasiga tashqi tarafdan quyidagi venalar quyiladi :
1) V. facialis - kallaning tashqi Yuzasidagi venalardan hosi bo‗ladi : v. angularis; v. 
v. supratrochlearis; v. supraorbitalis;
v. v. palpebralis superiores; v. v. nasales externae; v. v. palpebrali inferiores; v. 
labialis superior; v. labialis inferiores; v. facie profunda; rami parotidei; v. palatina 
externa; v. submentalis.
2) V. retromandibularis - jag‗ orqasidagi venalarga quyiladi :
v. temporalis superficialis, v. auricularis anteriores, v. v. parotideae, v. v. articularis 
temporomandibulares, v. v. tympanicae, v. maxillaris, v. transversa faciei, v. 
temporalis media, plexus pterygoideus.
3) V. v. pharyngeae - xalqum venalari.
4) V. lingualis - til venalari.


180 
5) V. v. thyroideae superiores - qalqonsimon bezning Yuqor qismining venalari.
6) V. thyroidea media - qalqonsimon bezning o‗rta sohasinin venalari.
7) V. sternocleidomastoidea .
8) V. laryngea superior - hiqildoqning Yuqorigi venasi.
V. jugularis externa - tashqi bo‗yinturuq venasi.
Tashqi bo‗yinturuq venasi quloq suprasining orqa sohasidan boshlanadi. O‗z yo‗lida 
bu venaga ensa venasi - v. occipitalis va v. auricularis posterior venalari quyiladi.
O‗mrov usti sohasida tashqi bo‗yinturuq venasi v. jugularis anterior bilan qo‗shilib, 
o‗mrov osti venasi - v. subclavia ga quyiladi. V. jugularis anterior - oldingi 
bo‗yinturuq venasi til ost suyagining ustki sohasidan boshlanadi va to‗sh suyagi 
sohasida o‗mro osti venasi - v. subclavia ga quyiladi. To‗sh suyagining ustida ikk 
tarafdagi oldingi bo‗yinturuq venalar o‗zaro arcus venosus jugul vena yoyi vositasida 
qo‗shilishi mumkin.
O‗mrov osti venasi - v. subclavia.
O‗mrov osti venasi qo‗ltiq venasi - v. axillaris ning davom bo‗lib hisoblanadi. 
O‗mrov osti venasiga tashqi bo‗yinturuq venasi va oldingi bo‗yinturuq venalar 
ochiladi. O‗mrov osti venasiga bo‗yinning Yuzaki venasi - v. v. transversa colli ham 
quyiladi. Qo‗ltiq venasi - v. axillaris - qo‗l va Ko‗krakning Yon Yuzasidag venalarni 
qabul qiladi. Qo‗l venalari Yuzaki va chuqur venalardan iborat bo‗ladi.
Qo‗lning Yuzaki venalari.
1. V. cephalica - qo‗lning lateral teri osti venasi, qo‗l panjasining bilak suyagi 
tarafidan boshlanadi, bilakning lateral sohasidan yo‗naladi, tirsak sohasida medial teri 
osti venalari bila anastomoz vositasida qo‗shiladi (v. intermedia cubiti). Lateral ter 
osti vena elka sohasidan o‗tib, qo‗ltiq venasiga quyiladi.
2. V. basilica - qo‗lning medial teri osti venasi. Qo‗l panjasining tirsak suyagi 
sohasidan boshlanib, bilakning oldingi va media Yuzalaridan yo‗naladi, tirsak 
bo‗g‗imi sohasida lateral teri osti venalari bilan anastomoz tarmoqlar vositasida v. 
intermedia cubiti ga qo‗shiladi. Medial teri osti venasi - elka venasiga - v. brachialis 
ga quyiladi.
3. V. intermedia cubiti - tirsak bo‗g‗imi sohasida lateral v medial teri osti venalarini 
o‗zaro qo‗shib turadi. Tirsakning oraliq venalari bilakning oldingi Yuzasidan venoz 
qonni v. intermedi antebrachii tomirlari vositasida qabul qiladi.
Qo‗lning chuqur venalari.
Qo‗lning chuqur venalari arteriyalar bilan birga yo‗naladi v ularning nomi bilan 
ataladi.
Qo‗lning chuqur venalari quyidagilar :
1. V. v. brachiales - elka venasi. SHu nomli arteriyalarning tarmoqlari Yonida vena 
qon tomirlari joylashadi.
2. V. v. ulnares - tirsak venasi.
3. V. v. radiales - bilak venasi.
4. V. v. interosseae - bilakdagi suyaklararo venalar.


181 
Qo‗ltiq venasi - v. axillaris - elka venasining davomi bo‗li hisoblanadi va Ko‗krak 
qafasining Yon Yuzasidan quyidagi venalarn qabul qiladi :
1. v. thoracoacromialis;
2. v. thoracica lateralis;
3. v. subscapularis;
4. v. v. circumflexae humeri.
Bu venalar shu nomli arteriyalarning Yonida joylashadi.
Ko‗krak qafasi devoridagi venalar.
1. V. v. intercostales posteriores - orqadagi qovurg‗alararo venalar - qovurg‗alar 
orasida joylashadi. Ramus dorsalis irmoqlar orqaning chuqur mushaklaridan venoz 
qonni qabul qilsa, ramus spinalis irmoqlari esa orqa miyaning Ko‗krak 
segmentlaridan venoz qonn qabul qiladi. O‗ng tarafdagi qovurg‗alararo venalar - toq 
vena v. azygos ga quyiladi. CHap tarafda qovurg‗alararo vena yarim toq v. 
hemiazygos ga quyiladi.
2. V. hemiazygos - yarim toq vena - Ko‗krak qafasining orqa devorining chap 
qismida joylashadi.
YArim toq vena bel sohasidagi v. lumbales ascendentes irmoqlaridan boshlanadi. 
Ko‗krak qafasining VII-VIII Ko‗krak umurtqalar sohasigacha ko‗tariladi. SHu 
sohada Ko‗krak umurtqasi tanasini oldidan o‗tib, o‗ng tarafdagi toq vena - v. azygos 
ga quyiladi. O‗z yo‗nalishida yarim toq venaga ko‗ks oralig‗idagi a‘zolardan venoz 
qon oqadi va pastki chap qovurg‗alararo venalar quyiladi.
3. V. hemiazygos accessoria - qo‗shimcha yarim toq vena - ko‗kra qafasining chap 
tarafidagi Yuqorigi chap qovurg‗alararo venalarni qabo‗l qiladi. Qo‗shimcha yarim 
toq vena - yarim toq venaga quyiladi.
4. Toq vena - v. azygos - Ko‗krak qafasining o‗ng yarmida, ko‗kra qafasining orqa 
devorida joylashadi. Bu vena bel sohasida v. lumbales ascendentes irmoqlari bilan 
boshlanadi. Toq venaga o‗ng tarafdagi qovurg‗alararo venalar, ko‗ks oralig‗idagi 
a‘zolarning venalar quyiladi.
Toq vena Yuqorigi kavak vena - v. cava superior ga quyiladi.
Pastki kavak venasi - v. cava inferior.
Pastki kavak venasi qorin bo‗shlig‗ining orqa devori sohasid aortaning o‗ng tarafida 
joylashadi. Bu vena IV bel umurtqasi sohasida ikkita umumiy enbosh venalarning 
qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. Pastk kavak venasi diafragmadan o‗tib, Yurakning o‗ng 
bo‗lmachasiga quyiladi.
Pastki kavak venasiga quyidagi venalar quyiladi :
V. v. lumbales dextrae et sinistrae - bel sohasida to‗rtt irmoq bo‗lib yo‗naladi.
V. v. phrenicae inferiores - diafragmaning pastki Yuzasinin venalari.
V. v. testicularis - (erkaklarda) - moyak venalari. O‗ng moya venalari pastki kavak 
venasiga quyilsa, chap moyak venalari esa cha buyrak venalariga quyiladi.
V. v. ovaricae - (ayollarda) - tuxumdon venalari.
V. renales - buyrak venalari.
V. suprarenalis dextra et sinistra - buyrak usti bezi venalari. O‗ng tarafdagi venalar 
pastki kavak venaga quyiladi. CHap tarafdagi buyrak usti venalari - chap buyrak 
venasiga quyiladi.


182 
V. hepaticae - jigar venalari. Pastki kavak venaning diafragma sohasida quyiladi.
Umumiy Yonbosh venalar - v. iliaca communes - ichki va tashqi Yonbosh venalar v. 
iliaca externa, v. iliaca interna ning qo‗shilishi natijasida hosil bo‗ladi. Umumiy 
Yonbosh venasiga quyidagi venalar quyiladi :
1. V. sacralis mediana - dumg‗azaning o‗rta venasi.
2. V. iliolumbalis - bel-Yonbosh venasi.
Ichki Yonbosh vena - v. iliaca interna Chanoq devoridan va shu soxadigi a‘zolardan 
arteriyalar bilan yo‗naladigan quyidagi venalarn qabul etadi :
1. V. v. gluteae superiores;
2. V. v. gluteae inferiores;
3. V. v. obturatoriae;
4. V. v. sacrales laterales;
5. V. pudenda interna;
6. V. dorsalis penis (erkaklarda);
7. V. v. profundae penis (erkaklarda);
8. V. dorsalis clitoridis (ayollarda);
9. V. v. profundae clitoridis (ayollarda);
10. V. uterinae (ayollarda);
11. V. v. rectales mediae;
12. V. v. rectales inferiores;
13. V. v. scrotales posteriores (erkaklarda);
14. V. v. labiales posteriores (ayollarda);
15. V. v. vesicales.
Ichki Yonbosh venasiga quyidagi venoz chigallar ham quyiladi :
1. Plexus venosus sacrales - dumg‗aza sohasida;
2. Plexus venosus rectalis - to‗g‗ri ichak devorida;
3. Plexus venosus vesicalis - siydik qopchasi devorida;
4. Plexus venosus prostaticus - erkaklarda, prostata bezi atrofida;
5. Plexus venosus uterinus - ayollarda, bachadon devorida;
6. Plexus venosus vaginalis - ayollarda, qin devorida.
V. iliaca externa - tashqi Yonbosh venasi. Tashqi Yonbosh venasi umumiy Yonbosh 
venasiga quyiladi. Tashqi Yonbosh venasi - son venasining davomi bo‗lib 
hisoblanadi va lacuna vasorum orqali o‗tadi.
Tashqi Yonbosh venasiga arteriyalar bilan birga yo‗naladigan quyidagi venalar 
quyiladi :
1) V. epigastrica inferior - qorin devorining pastki venasi;
2) v. circumflexa ilium profundum - Yonbosh soha atrofidagi vena.
Son venasi - v. femoralis.
Con venasi - lacuna vasorum orqali o‗tib, tashqi Yonbosh venasiga davom eetadi. 
Son venasi taqim venasi - v. poplitea ning davom bo‗lib hisoblanadi.
Son venasiga quyidagi Yuzaki venalar quyiladi :
1. v. epigastrica superficialis - qorin oldingi devorinin Yuzaki venasi;


183 
2. v. saphena magna - katta teri osti venasi. Oyoq panjasinin ustki Yuzasidan 
boshlanib, boldirning ichki Yuzasi va sonning ichk Yuzasi bo‗ylab, teri ostidan 
yo‗naladi. Bu vena sonning Yuqori qismida son venasiga quyiladi;
3. v. circumflexa ilium superficialis - Yonbosh sohasining Yuzak venasi;
4. v. v. pudendae externae - jinsiy a‘zolardan yo‗naluvchi Yuzak venalar;
Son venasiga arteriyalar bilan birga yo‗naladigan venala ham quyiladi :
1. v. v. circumflexae femoris medialis - sonning ichki sohasidagi venoz qon 
tomirlarni qabul qiladi;
2. v. v. circumflexae femoris laterales - sonning lateral sohasidan venalarni qabul 
qiladi;
3. v. profunda femoris - conning chuqur venasi;
4. v. v. perforantes - son mushaklaridagi venalar.
Son venasi taqim venasi - v. poplitea ning davomi bo‗lib xisoblanadi. Taqim 
venasiga quyidagi venalar quyiladi :
v. saphena parva - kichik teri osti venasi. Bu vena oyoq panjasining lateral Yuzasidan 
boshlanadi va boldirning orqa Yuzasi bo‗ylab yo‗nalib, tizza bo‗g‗imining orqa 
sohasida taqim venasiga quyiladi;
v. v. genus - tizza bo‗g‗imi atrofidagi venalar;
v. tibiales posteriores - boldirning orqa venasi. Bu venag boldirning lateral sohasidan 
yo‗nalayotgan v. v. peroneae quyiladi;
v. tibiales anteriores - boldirning oldingi venasi.
Oyoq panjasida arteriyalar bilan birga yo‗naladigan quyidag venalar joylashadi: 
1. Arcus venosus dorsalis pedis - oyoq panjasining ustki sohasidagi venoz yoy;
2. v. v. metatarseae dorsales pedis - oyoq panjasining ustk Yuzasidagi venalar;
3. v. v. digitales dorsales pedis - oyoq barmoqlarining ustk venasi;
4. arcus venosus plantaris - oyoqning kaft Yuzasidagi venoz ravoq;
5. v. v. metatarseae plantares - oyoqning kaft Yuzasidagi venalar;
6. v. v. digitales plantares - oyoq barmoqlarining kaft Yuzasidagi venalar.
Darvoza venasi - v. portae.
Darvoza venasi qorin bo‗shlig‗idagi toq a‘zolardan venoz qonn qabul qiladi. 
Darvoza venasiga qon : oshqozon, ingichka ichakdan, yo‗g‗on ichakdan, me‘da osti 
bezi va taloqdan venoz qoni yig‗iladi.
Darvoza venasi lig. hepatoduodenale boylamida joylashib, quyidagi uchta venoz 
tomirlaridan hosil bo‗ladi : 1) v. lienalis; 2) v. mesenterica superior; 3) v. mesenterica 
inferior.
I. Taloq venasi - v. lienalis - taloq darvozasidan boshlanib,o‗z yo‗nalishida quyidagi 
venalarni qabul qiladi :
1. v. v. gastricae breves - me‘daning kalta venalari;
2. v. gastroepiploica sinistra - me‘daning katta egriligi bo‗ylab yo‗nalgan me‘da - 
charvi venasi;
II. YUqorigi tutqich venasi - v. mesenterica superior - quyidag venalarni qabul qiladi 
:
1. v. v. jejunales et ilei - och ichak va Yonbosh ichak venalari;


184 
2. v. gastroepiploica dextra - o‗ng tarafdagi me‘da - charvi venasi;
3. v. v. pancreaticae - me‘da osti bezi venalari;
4. v. iliocolica - Yonbosh - ko‗r ichak venasi;
5. v. appendicularis - chuvalchangsimon o‗simta venasi;
6. v. colica dextra - yo‗g‗on ichakning Yuqoriga ko‗tariluvchi qismining venasi;
7. v. colica media - yo‗g‗on ichakning ko‗ndalang qismining venasi;
8. v. v. pancreaticoduodenalis - me‘da osti bezi va 12 barmoqli ichak venasi.
III. Pastki tutqich venasi v. mesenterica inferior ga quyidag venalar quyiladi :
1. v. colica sinistra - yo‗g‗on ichakning tushuvchi qismining venasi;
2. v. v. sigmoideae - yo‗g‗on ichakning S-simon qismining venasi;
3. v. rectalis superior - to‗g‗ri ichakning ustki venasi.
Darvoza venasi v. portae o‗z yo‗nalishida ductus venosus - veno qo‗shuvchi 
naychani qo‗shib oladi. Bu venoz naychaga venoz qon qorin devorining kindik 
atrofidan v. v. paraumbilicales va v. umbilicali venalaridan yig‗iladi. Darvoza 
venasining jigar ichiga kirish sohasida, o‗t pufagining v. cystica venalari quyiladi.
Porta - kaval anastomozlar. 
Porta - kaval anastomozlar: v. portae irmoqlari bilan v. cav superior eki v. cava 
inferior irmoqlari orasida hosil bo‗ladi. 
1
1. Qizilo‗ngachning qorin qismidagi venalar bilan me‘da venalari orasida porta-kaval 
anastomozlar bo‗ladi. Qizilo‗ngach venalar - v. v. esophageae Ko‗krak qafasining 
orqa devoridagi yarim toq ven v. hemyazygos va toq vena - v. azygoslarga yig‗ilib, 
ular orqal v. cava superior ga kuyiladi.
. Me‘daning v. gastricae sinistrae venalari esa darvoza venas v. portae ga quyiladi. 
Natijada qizilo‗ngachning me‘daga o‗tish sohasida venoz porta-kaval anastomozlar 
hosil bo‗ladi.
2. To‗g‗ri ichak devorida porta-kaval anastomozlar bo‗ladi. To‗g‗ri ichakning 
Yuqori qismidagi venoz qon - v. rectalis superior ichaktutqichidagi - v. mesenterica 
inferior orqali darvoza venasi v. portae ga yig‗iladi. To‗g‗ri ichakning o‗rta qismidan 
- v. restali media v. ilica interna ga quyiladi va to‗g‗ri ichakning pastki qismidan v. 
rectalis inferior v. pudenda interna ga quyiladi - pastki kavak venaga yig‗iladi. 
Natijada to‗g‗ri ichak devorida porta-kaval anastomozlar bo‗ladi.
Z. Qorin oldingi devorining kindik sohasida ham porta-kava anastomozlar 
joylashadi. Kindik sohasidan venoz qon v. v. paraumbilicalis venalari orqali jigarning 
Yumaloq boylami lig. teres hepatis tarkibida v. portae ga quyiladi. Qo‗shimcha 
ravishda kindik sohasidan venoz qon v. epigastrica superior orqali v. cava superio 
Yuqori kavak venasiga va v. epigastrica inferior va v. epigastrica superficialis orqali 
v. cava inferior pastki kavak venag yig‗iladi. Natijada kindik sohasidan venoz qon 
darvoza venasiga, Yuqor kavak venasiga, pastki kavak venasiga yo‗naladi va kindik 
sohasid porta-kaval anastomozlari hosil bo‗ladi.
4. Qorinning orqa devori - bel sohasida ham porta-kava anastomozlar bo‗ladi. 
Yo‗g‗on ichakning mezoperitoneal joylashgan bo‗limlaridan (ko‗tariluvchi va 
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


185 
tushuvchi qismlari) venoz qon darvoza venasi - v. portae ga quyiladi. Bel sohasidagi 
v. lumbalis venalar ostki kavak venaga v. cava inferior quyiladi. Natijada qorin orqa 
devorida - bel sohasida porta-kaval anastomozlar hosil bo‗ladi.
Kava - kaval anastomozlar.
Bu venoz anastomozlar Yuqorigi kavak vena v. cava superio va ostki kavak vena v. 
cava inferior irmoqlari orasida hosil bo‗ladi.
1. Qorinning oldingi devori sohasidan venoz qon v. epigastrica superior orqali 
Yuqori kavak venasi sistemasiga yig‗iladi. SH sohadan venoz qon v. epigastrica 
inferior va v. epigastrica superficialis venalari orqali pastki kavak venasi sistemasiga 
quyiladi. Natijada qorinning oldingi devorida kava-kaval anastomozlar hosil bo‗ladi.
2. Qorinning orqa devori sohasidan v. lumbalis venalari ostk kavak venalari v. cava 
inferior ga va v. lumbalis ascendens v v. hemiazygos venalari orqali Yuqori kavak 
venasi v. cava superior ga yig‗iladi. Natijada bel sohasida kava-kaval anastomozlar 
hosi bo‗ladi.
Z. Kava-kaval anatomozlar umurtqa pog‗onasining ichida, orq miya Yuzasida ham 
uchraydi. Umurtqa pog‗onasining va orqa miyanin bo‗yin va Ko‗krak sohalaridan 
venoz qon Yuqori kavak vena v. cav superior sistemasiga yig‗iladi. Umurtqa 
pog‗anasining va orqa miyaning bel va dumg‗aza sohalaridan venoz qon pastki kavak 
ven v. cava inferior sistemasiga yig‗iladi. Natijada umurtqa pog‗onasining ichida 
orqa miya Yuzasida kava-kaval anatomozlari hosil bo‗ladi.
Yurakning va asosiy qon tomirlarining taraqqiyoti.
Yurak boshlang‗ich davrda ikkita alohida bo‗shliqqa ega bo‗lga kurtakdan 
rivojlanadi. Bu ikki kurtak o‗zaro qo‗shilib, umumiy bitt bo‗shliqqa ega bo‗lgan 
Yurak hosil bo‗ladi. Perikard haltasining ichid Yurak tezroq o‗sa boshlaydi va 
natijada S - simon buraladi. Umumiybo‗shliqdan iborat bo‗lgan Yurak bo‗lmachalari 
to‗siq vositasida ikkig ajrala boshlaydi. Lekin bo‗lmachalar orasidagi to‗siq to‗liq 
bo‗lmasdan, ular orasida oval darcha foramen ovale saqlanib qoladi.
Umumiy bo‗shliqdan iborat bo‗lgan qorinchalar qam to‗siq vositasida ikkiga ajraladi 
va natijada umumiy bo‗shliqdan iborat bo‗lga Yurak to‗rt kamerali holatga o‗tadi.
Asosiy qon tomirlarining taraqqiyoti filoginez taraqqiyotig mos ravishda boshlanadi. 
Filogenezdagi jabra ravoqlari, qisqa muddatda ontogenezda ham uchraydi. 
Taraqqiyotning boshlang‗ich davrida ( haftalik davrda) umumiy Yurak bo‗shlig‗idan 
arterial poya truncus arteriosus chiqadi. Bu arterial poya ikkita ventral (o‗ng va chap) 
aortaga ajraladi. O‗z navbatida har bir ventral aortadan jabra ravoqlariga mos kelgan 
6 ta jabra ravoq arteriyalari ajraladi. Ha bir ravoq arteriyalari orqa tarafda dorzal 
aortaga davom etadi. O‗ng va chap dorzal aortalar pastroqda o‗zaro qo‗shilib, 
umumiy dorza aorta hosil etadi. Natijada jabra ravoqlari sohasida juft ventra aorta, 6 
juft arterial ravoqlari vositasida juft dorzal aortalariga quyiladi. Yurakdan 
chiqayotgan truncus arteriosus poyasi frontal tekislikd bo‗linib, oldingi (ventral) 
sohada joylashgan o‗pka arteriya poyas truncus pulmonalis ga va orqa (dorzal) 
sohadagi ko‗tariluvchi aorta aorta ascendens ga ajraladi.
YI jabra arteriyalari o‗pka arteriya poyasi bilan bog‗lanadi v o‗pka darvozasiga 
kiradi. CHap tarafdagi bog‗lanishini saqlab qolad va o‗pka stvolini va aortani o‗zaro 
qo‗shuvchi arteriya nayi ductu arteriosus ga aylanadi.


186 
IY arteriya ravog‗i har ikkala tarafda saqlanadi, lekin ha bir tarafda o‗ziga hos 
arteriyalar hosil bo‗ladi. CHap tarafdagi I arteriya ravog‗i, chap ventral aorta va chap 
dorzal aorta bilan birgalikda aorta ravog‗i arcus aortae ni hosil etadi. O‗ng tarafdag 
ventral aorta elka-bo‗yin stvoli - truncus brachiocephalicus n hosil etadi. O‗ng 
tarafdagi IY arteriya ravog‗i elka-bo‗yin stvolida ajraluvchi o‗ng o‗mrov osti 
arteriyasi a. subclavia dextra ni tashki etadi. CHap o‗mrov osti arteriyasi a. subclavia 
sinistra esa cha dorzal aorta hisobiga hosil bo‗ladi. Har ikkala tarafda Z va 4 arteriya 
ravoqlari orasidagi dorzal aorta atrofiyaga uchraydi. O‗ng tarafdagi dorzal aortaning 
4 chi ravoqdan pastki qismi ham atrofiyag uchraydi. Har ikkala tarafdagi ventral 
aortaning Z va 4 ravoqlar orasidagi qismi umumiy uyqu arteriyasiga aylanadi (a. a. 
corotide communes). Natijada ung umumiy uyqu arteriyasi - elka-bo‗yin stvolidan 
ajralsa, chap umumiy uyqu arteriyasi - aorta ravog‗idan chiqadi.
Ventral aortalarning Z chi ravoq arteriyalari va dorzal aortaning Z ravoqdan Yuqori 
qismi ichki uyqu arteriyalariga aylanadi.
Embrionda qon aylanish.
Embrion kislorodga va oziqa moddalarga boy bo‗lgan qonni bachadon devoridagi 
platsenta (yo‗ldosh) dan oladi. Platsentada kindik venasi - v. umbilicalis boshlanib, 
embrionning kindik sohas orqali o‗tadi. Kindik venasi ichida arterial qon bo‗ladi. 
Kindik venasi embrionning jigar darvozasi sohasida ikki tarmoqqa ajraladi. 
Tarmoqlarning biri darvoza venasiga quyiladi. Ikkinchi tarmoq es ductus venosus - 
vena nayi bilan pastki kavak venaga quyiladi. Darvoza venasiga davom etgan tarmoq 
jigar orqali o‗tib, jigar venalari sifatida pastki kavak venaga quyiladi. Natijada kindik 
venasi orqali oqib kelayotgan arterial qon jigar orqali yoki to‗g‗r pastki kavak vena v. 
cava inferior ga quyiladi.
Pastki kavak venadagi aralash qon Yurakning o‗ng bo‗lmasiga quyiladi. Embrion 
Yuragining o‗ng bo‗lmachasi oval darcha - foramen ovale orqali chap bo‗lmacha 
bilan qo‗shilgan bo‗ladi. SHu sababli o‗ng bo‗lmachaga quyilgan aralash qon oval 
darcha orqali chap bo‗lmachaga va qisma o‗ng qorinchaga o‗tadi. CHap bo‗lmachaga 
o‗tgan qon chap qorinchaga davo etadi. O‗ng qorinchaga tushgan qon esa, o‗pka 
arteriyasi - truncu pulmonalis ga davom etadi. Embrion o‗pkasi ishlamaganligidan, 
o‗pk arteriyasidan yo‗nalayotgan qon to‗g‗ri tushuvchi aortaga - aorta descendens ga 
davom etadi. CHunki o‗pka arteriyasi va tushuvchi aort arterial nay - ductus 
arteriosus vositasida o‗zaro birlashgan bo‗ladi. Embriondagi qon platsentaga kindik 
arteriyasi - a. umbilicali orqali chiqaziladi. Kindik arteriyalar juft bo‗lib, ularning 
ichida aralash qon oqadi va bu arteriyalar embrionning ichki Yonbosh arteriyasidan 
boshlanadi. Tug‗ilgandan so‗ng o‗pka ishga tushadi. Ichki a‘zolar o‗ vazifasini bajara 
boshlaydi. Kindikning bog‗lanishi va nafas olish natijasida kichik qon aylanish 
doirasining ishga tushishi quyidagi o‗zgarishlarni hosil etadi :
1. O‗pka arteriyasi va aorta orasidagi ductus arteriosus yopiladi va birinchi 8-10 kun 
ichida boylam - ligamentum arteriosum ga aylanadi;
2. O‗ng bo‗lmacha va chap bo‗lmachalar orasidagi oval darcha - foramen ovale - 
tug‗ilgandan so‗ng beqiladi;
3. Kindik venasi - v. umbilicalis - jigarning Yumaloq boylami lig. teres hepatis ga 
aylanadi;


187 
4. Kindik arteriyasi - a. umbilicalis ning boshlanish qismi yopilmaydi va a. vesicalis 
superior - siydik qopchasining Yuqori arteriyasiga aylanadi. Kindik arteriyasining 
davomi esa, siydik qopchasin kindik sohasi bilan birlashtiruvchi boylam lig. 
umbilicale medianu ga aylanadi;
5. Kindik venasi bilan pastki kavak vena orasidagi ductus venosus nayi - venoz 
boylam - ligamentum venosum ga aylanadi.



Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin