AMALIY MASHG„ULOT №7
Kallaning Yuz Qismidagi suyaklarning tuzilishi.
YUqori jag‗. Tanglay suyagi.
Burunning pastki chig‗anog‗i. Ko‗z Yoshi suyagi. Dimog‗ suyagi. Burunning
suyaklari. Pastki jag‗ suyagining tuzilishi.
Yuqori jag‗ (maxilla, 46) birmuncha murakkab tuzilgan. Yuqori jag‗ ko‘z ko‘zasi,
burun va og‗iz bo‘shliqlarini hosil qilishda va chaynov apparatlari ishida faol
qatnashadi.
Yuqori jag‗ning tanasi va to‘rtta o‘sig‗i bor: tanasi – corpus maxillae ning ichida
havo saqlanadigan turli shakldagi bo‘shliq (Gaymor bo‘shlig‗i) – sinus maxillaris
bo‘lib, burun bo‘shlig‗iga teshik – hiatus maxillaris orqali ochiladi. Tanasida to‘rtta
Yuza (oldingi, Chakka osti, ko‘z kosasi va burun bo‘shlig‗i Yuzasi) tafovut qilinadi.
Oldinga yoki Yuzaga qaragan – facies anterior ning pastki tomonida tish ildizlaridan
paydo bo‘lgan tepachalar – juga alveolaris bor, shu tepachalar Yuqorisida – lateral
tomonda it chuqurchasi (kuldirgich) – fossa canina o‘rin olgan. Ana shu chekkaning
pastida joylashgan ko‘z kosasi ostidagi teshik – foramen infraorbitale orqali qon
tomir va nerv o`tadi.
Yuqori jag‗ (maxila). Tashqi Yuzasi.
1–juga alveoiaria; 2–spina nasalis anterior; 3–fossa canina; 4–incisura nasalis; 5–
foramen infraorbitale; 6–margo infraorbitalis; 7–sulcus lacrimalis; 8–crista lacrimalis
anterior; 9–processus frontalis; 10–facies orbitalis; 11–processus zygomaticus; 12–
culcus infraorbitalis; 13–tuber maxillae; 14–foramina alveolaria; 15–arcus alveolaris.
Yuqori jag‗ do‘mbog‗i – tuber maxillae ning orqa tomonda mayda teshikchalar –
foramina alveolari mavjud. Bu teshikchalardan Yuqorida jag‗ tishlariga boradigan
qon tomirlar va nervlar o‘tadi. Jag‗ do‘mbog‗ining medial tomonida katta tanglay
233
egatchasi – sulcus palatinus major bo‘lib, tanglay suyagiga birlashadi va canalis
palatinus ni hosil qiladi. Yuqori jag‗ tanasining burunga qaragan Yuzasi – facies
nasalis burun bo‘shlig‗ining lateral devorini hosil qilishda qatnashadi, tanglay suyagi
pastki burun chig‗anog‗i bilan birlashadi va pastda tanglay o‘sig‗ining Yuqori
Yuzasiga o‘tib ketadi. Facies nasalis da ikkita g‗adir-budur qirra bo‘lib, ular crista
ethmoidalis (o‘rtadagi qirra) va crista conchalis (pastdagi qirra) deb ataladi, ularga
burun chig‗anoqlari yopishib turadi.
Peshona o‘sig‗i (processus frontalis)ning orqa tomonida joylashgan chuqur ko‘z
Yoshi egati – sulcus lacrimalis, ko‘z Yoshi kanali – canalis nasolacrimalis ni hosil
qiladi va ko‘z bo‘shlig‗ini burun bo‘shlig‗i bilan bog`lab turadi.
Ko‘zga qaragan Yuzasi – facies orbitalis tekis, bir oz botiqroq uchburchak shaklidagi
plastinkadan iborat bo‘lib, ko‘z kosasining pastki devorini tashkil qiladi. Medial
chekkasi ko‘z Yoshi suyagi, g‗alvir suyagining ko‘z kosasiga qaragan plastinkasi va
tanglay suyagining ko‘z o‘sig‗i (processus orbitalis) bilan birlashib turadi. Yuzaning
orqa chekkasi ko‘z kosasining pastdagi yorig‗i – fissura orbitalis inferior bilan
chegaralangan. Orqa chekkadan ko‘z kosasining ostidagi egatcha – sulcus
infraorbitalis boshlanadi va oldingi tomonga davom etib, canalis infraorbitalis ga
aylanadi, kanal ko‘z kosasining pastki teshigi – foramen infraorbitale Yuz sohasiga
ochiladi. Pastki teshikdan qon tomirlar va nervlar chiqib tarqaladi.
Yuqori jag‗ning peshona o‘sig‗i (processus frontalis) peshona suyagiga qo‘shiladi.
Peshona o‘sig‗ining lateral Yuzasida oldingi ko‘z Yoshi qirrasi – crista lacrimalis
anterior joylashgan bo‘lib, pastki tomonda ko‘z kosasining ostki chekkasi (margo
infraorbitalis)ga o‘tib ketadi va peshona o‘sig‗i bilan Yosh o‘ymasi – incisura
lacrimalis ni oldindan chegaralab turadi. Peshona o‘sig‗ining chekkasi ko‘z Yoshi
suyagi bilan birlashib, ko‘z Yoshi xaltachasining chuquri – fossa sacci lacrimalis ni
hosil qiladi.
Tishlar turadigan alveolalar o‘sig‗ida (processus alveolaris) sakkizta tishning ildizi
joylashadigan kataklar (alveoli dentales) bor. Tanglay o‘siqlari o‘zaro birlashib qattiq
tanglay (palatum osseum)ni hosil qiladi.
Tanglay o‘sig‗ining medial chekkasida burun qirrasi – crista nasalis ko‘tarilib turadi.
Tanglay o‘sig‗ining pastki Yuzasi g‗adir-budur bo‘lib, bu yerdan qon tomir va
nervlar joylashadigan egat – sulci palatini o‘tadi. O‘ng va chap tomondagi tanglay
o‘siqlar o‘rta chiziqda birlashib chok hosil qiladi. Chokning oldingi tomonida kurak
tishning teshigi – foramen incisivum ko‘rinib turadi, u shu nomli kanalga (canalis
incisivus) davom etadi.
Yonoq suyagiga birlashadigan o‘siq – processus zygomaticus Yonoq suyagiga
qo‘shiladi.
B i r j u f t t a n g l a y suyagi (os palatinum, 47), ko‘z kosasi, burun bo‘shlig‗i, og‗iz
bo‘shlig‗i va qanot-tanglay chuqurining hosil bo‘lishida qatnashadi. Suyakning
gorizontal plastinkasi lamina horizontalis orqa tomondan Yuqori jag‗ suyagining
tanglay o‘sig‗i (processus palatinus maxillae) ga birlashib, qattiq tanglay – palatum
osseum ni hosil qiladi. Gorizontal plastinka qarama-qarshi tomondagi ana shu nomli
plastinka bilan birlashadi va burun qirrasining davomi – crista conchalis ni vujudga
keltiradi. Orqa taraf chekkasi oz-moz bukilgan bo‘lib, xoanalarning pastki chekkasini
hosil qiladi. Gorizontal plastinkaning lateral chekkasi vertikal plastinkaga birlashgan.
234
Uning pastki Yuzasida joylashgan katta tanglay teshigi – foramen palatinum majus
shu nomli kanal – canalis palatinus ga davom etadi.
Vertikal plastinka – lamina perpendicularis Yuqori jag‗ suyagining burun Yuzasi –
facies nasalis maxillae ga tegib turadi va burun bo‘shlig‗ining Yon devorini hosil
qilishda qatnashadi. Vertikal plastinkaning lateral Yuzasida joylashgan katta tanglay
egati – sulcus palatinus major jag‗ suyagiga shu nomli egat bilan qo‘shilib, canalis
palatinus major ni hosil qiladi.
Tanglay suyagining uchta: piramidasimon, ko‘z va ponasimon o‘siqlari bor.
Piramidasimon o‘siq – processus pyramidalis tanglay suyagining vertikal plastinkasi
bilan gorizontal plastinka birlashgan yerdan boshlanadi. Bu o‘siq pastga, orqaga,
lateral tomonga yo‘nalib, butun kallada ponasimon suyakning qanotsimon o‘sig‗idagi
o‘yma – incisura pterygoideus ni to‘ldirib turadi. Ulardagi mayda kanalchalar canalis
minores dan qon tomir va nervlar o‘tadi. Processus orbitalis Yon va oldingi tomonga
yo‘nalib, ko‘z kosasining tubini hosil qilishda qatnashadi va g‗alvirsimon suyak
katakchalarini bir oz bekitib turadi. Ponasimon o‘siq processus sphenoidalis medial
va orqa tomonga yo‘nalib, ponasimon suyak tanasiga birikadi. Bu ikkala o‘siq
vertikal plastinkaning Yuqori chekkasida joylashgan bo‘lib, o‘zaro ponasimon
tanglay o‘ymasi – incisura sphenopalatina ni hosil qiladi. Bu o‘yma ponasimon
suyakning
tanasi
bilan
qo‘shilganda
qanot-
tanglay
teshigi
(foramen
sphenopalatinum)ga aylanadi.
1- processus sphenoidalis; 2- facies nasalis; 3- lamina horizontalis; 4-crista conchalis;
5 - lamina perpendicularis
B u r u n n i n g p a s t k i ch i g‗a n o g‗i (concha nasalis inferior, 48) bir juft suyak
hamda Yupqa bukilgan plastinkadan iborat. Uning Yuqori chekkasi burun
bo‘shlig‗ining Yonbosh devoriga yopishib turadi. Suyakning medial bo‘rtib turgan
Yuzasi burun bo‘shlig‗iga turtib kirib, burunning o‘rta yo‘lini pastki yo‘ldan ajratib
turadi.
235
Burunning pastki chig‗anog‗i (concha nasalis inferior)
B u r u n s u y a g i (os nasale, 49). Bir juft burun suyagi burun qirrasini hosil qiladi.
Burun ko‘z kosasi medial devorini hosil qilishda qatnashadi. Lateral Yuza qirrasida
joylashgan egatcha (sulcus lacrimalis) Yuqori jag‗ suyagining peshona o‘sig‗ida shu
nomli egat bilan qo‘shilib, ko‘z Yoshi xaltasining chuqurchasi (fossa sacci
lacrimalis)ni hosil qiladi. Past va oldingi tomondan ko‘z Yoshi suyagi Yuqori jag‗
suyagining peshona o‘sig‗i bilan, orqadan g‗alvir suyagining ko‘z kosasiga qaragan
plastinkasi, Yuqoridan peshona suyagi bilan birlashib turadi.
Burun suyagi (os nacale).
A–tashqi Yuzasi, B–ichki Yuzasi. 1–sulcus ethmoidalis.
D i m o g‗ s u y a g i (vomer, 50) noto‘g‗ri to‘rtburchak shakldagi Yupqa
plastinkadan iborat toq suyak bo‘lib, burun to‘sig‗ini hosil qilishda qatnashadi.
Suyakning oldingi chekkasi g‗alvir suyagining perpendikular plastinkasi bilan
tutashadi. Orqa chekkasi bo‘sh bo‘lib, burun bo‘shlig‗ining orqa qismi – xoanani
ikkiga ajratib turadi. Dimog‗ suyagi ko‘pincha chap tomonga sal qayrilib joylashadi.
Dimog‗ suyagi (vomer).
1–Ala vomeris; 2–sulcus vomeris.
K o` z y o sh i s u y a g i ( os lacrimale, 51 - rasm). Bir juft k‘oz Yoshi suyagi kalla
suyaklarining eng Yupqa suyaklaridan hisoblanadi. Bu suyak Yuqori jag` suyagi
peshona o‘sig`i processus frontalis ning orqa tomonida joylashgan va ko‘z kosasining
medial devorini hosil qilishda qatnashadi. Chetki Yuzasida joylashgan egatcha
(sulcus lacrimalis) Yuqori jag` suyagining chuqurchasi fossa sacci lacrimalis ni hosil
qiladi. Pastki va oldingi tomondan ko‘z Yoshi suyagi Yuqorigi jag` suyagining
236
peshona o‘sig`i bilan, orqadan g`alvir suyagining ko‗z kosasiga qaragan plastinkasi,
Yuqoridan peshana suyagi bilan birlashib turadi.
Ko‘z Yoshi suyagi (os lacrimale).
A–tashqi Yuzasi. 1–hamulus lacrimalis; 2–fossa sacci lacrimalis; 3–crista lacrimalis
posterior; 4–sulcus lacrimalis. B–ichki Yuzasi. 1–margo anterior.
Y o n o q s u y a g i (os zygomaticum, 52) Yuz suyaklari orasida eng qattig‗i bo‘lib,
kallaning Yuz qismini miya bo‘lagiga nisbatan mustahkamlab turadi. Yonoq suyagi
chaynov muskulining keng sathini hosil qiladi. Bu suyak lunj va ko‘zga qaragan
ikkita plastinkadan iborat bo‘lib, o‘zaro ko‘z osti chekkasi (margo infraorbitalis)
orqali qo‘shiladi.
Yonoq suyagining joylashgan joyiga qarab uchta Yuza va ikkita o‘siq tafovut
qilinadi.
Yonoq suyaklari (os zygomaticum).
A-tashqi
Yuzasi.
1–facies
lateralis;
2–processus
frontalis;
3–foramen
zygomaticofaciale; 4–processus temporalis. B–ichki Yuzasi. 1–processus temporalis;
2–facies temporalis; 3–processus frontalis; 4–facies orbitalis; 5–foramina
zygomaticoorbitalia.
Facies lateralis to‘rt qirrali Yulduz shaklida bo‘lib, unda do‘mboq – tuber malare bor.
Orqa Yuzasi (facies temporalis) silliq bo‘lib, shu nomli chuqurchaga qarab turadi.
Uchinchi Yuzasi facies orbitalis ko‘z kosasining devorini hosil qilishda qatnashadi.
Peshona o‘sig‗i – processus frontalis peshona suyagining Yonoq o‘sig‗idagi
ponasimon suyak qanoti bilan qo‘shilib turadi. Chakka o‘sig‗i – processus temporalis
Chakka suyagidagi processus zygomaticus bilan qo‘shilib, Yonoq ravog‗i – arcus
zygomaticus ni hosil qiladi.
Pastki jag‗ (mandibula, 53) kalla suyaklari ichida harakatchanligi, ya‘ni Chakka
suyaklariga bir juft Bo‗g‗im tuzib qo‘shilishi bilan farq qiladi. Pastki jag‗da tishlar
o‘rnashgan gorizontal qism tanasi – corpus mandibulae va ikkita vertikal joylashgan
shox – rami mandibulae bor, ana shu shoxlar vositasida Bo‗g‗im hosil bo‘ladi va
chaynov muskullari yordamida pastki jag‗ harakatlanadi.
237
A
Pastki jag‗ (mandibula). Tashqi Yonboshidan ko‘rinishi.
1–foramen mentale; 2–juga alveolaria, lingula mandibulare; 4–incisura mandibulae;
5–foramen mandibulae; 6–processus coronoideus; 7–caput mandibulae; 8–collum; 9–
processus condylaris; 10–ramus mandibulae; 11–tuberositas masseterica; 12–angulus
mandibulae; 13–canalis mandibulae; 14–corpus mandibulae.
mandibula. Ichki Yuzasi.
1–fossa digastrica; 2–fovea submandibularis; 3–tuberositas pterygoidea; 4–sulcus
mylohyoideus; 5–fovea sublingualis; 6–spina mentalis; 7–linea mylohyoidea; 8–
lingula mandibulae; 9–foramen mandibulae; 10–angulus mandibulae.
Pastki jag‗ tanasi shoxlar bilan burchak (angulus mandibulae) hosil qilib qo‘shiladi.
Pastki jag‗ burchagining tashqi Yuzasiga chaynov muskuli yopishadi va natijada
g‗adir-budurlik – tuberositas masseterica vujudga keladi, ichki Yuzasida esa medial
qanotsimon muskul (m. pterygoideus medialis) yopishadigan g‗adir-budur
(tuberositas pterygoidea) bor. Ana shu chaynov muskullarining vazifasiga va Yoshiga
qarab pastki jag‗ burchagi o‘zgarib turadi. Jumladan, chaqaloqlarning pastki jag‗
burchaklari taxminan 150o bo‘lsa, o‘rta Yoshdagi odamlarda 130–110o gacha
kamayadi. Yoshi ulg‗aygan qari odamlarning tishlari tushib ketishi bilan chaynov
muskullari birmuncha bo‘shashadi. Natijada pastki jag‗ burchagi yassilana borib,
chaqaloq bolalarning pastki jag‗iga o‘xshab qoladi.
Pastki jag‗ning Yuqori chekkasida tish katakchalari – alveoli dentales bo‘lib, ularni
to‘siqlar – septa interalveolaria bir-biridan ajratib turadi. tishlar katakchalarining
bo‘rtib chiqqan tashqi Yuzasiga juga alveolaria deyiladi. Tananing pastki chekkasi
Yumaloq va qalinroq bo‘ladi. U pastki jag‗ning asosi basis mandibulae deb
238
Yuritiladi. Pastki jag‗ tanasining old Yuzasi qoq o‘rtasida iyak do‘mbog‗i
(protuberantia mentale) va uning ikki Yonboshida engak do‘mboqchasi – tuberculum
mentale bo‘lsa, lateral Yuzadan I–II kichik jag‗ tishlarining teri ostida iyak teshigi
(foramen mentale) ko‘rinib turadi. Bu teshikdan qon tomir va nervlar o‘tadi. Pastki
jag‗ tanasining ichki Yuzasida qiltanoq do‘mboq – spina mentalis bo‘lib, uning ikki
tomoniga fossa digastricae chuqurchasi (qo‘sh qorinli muskulning oldingi qorinchasi
yopishadi) ko`rinadi. Chuqurchadan Yuqoriroqda, lateral tomonda til osti bezi
joylashadigan chuqurcha – fovea sublingualis bo‘ladi.
Pastki jag‗ shoxlari – ramus mandibulae tanasidan ikki tomonga o‘tmas burchak hosil
qilib tarmoqlanadi. Uning ichki Yuzasida pastki jag‗ teshigi – foramen mandibulae
bor, pastki jag‗ kanali – canalis mandibulae ana shu teshikdan boshlanadi.
Pastki jag‗ shoxi Yuqorida ikkita o‘siq bilan tugaydi: bularning oldingi tojsimon
o‘sig‗i – processus coronoideus Chakka muskulining ta‘sirida vujudga kelgan bo‘lsa,
orqa tomondagi o‘siq – Bo‗g‗im o‘sig‗i – processus condylaris sifatida silliq boshcha
bo‘lib tugaydi va Chakka suyagining Bo‗g‗im chuqurchasiga kirib turadi.
T i l o s t i s u y a g i (os hyoideum, 54) pastki jag‗ bilan hiqildoq o‘rtasida (til ostida)
joylashgan. U taqa kabi bukilgan bo‘lib, o‘rta qismi, tanasi – corpus va katta-kichik
ikki juft shoxi (cornu majus et minus) bor, ular tanasi bilan tog‗ay orqali birlashadi.
Faqat 50 Yoshdan keyin suyaklanadi.
Til osti suyagi (os hyoideum). Tepa Yuzasi.
1–corpus; 2–cornu minus; 3–cornu majus.
Dostları ilə paylaş: |