Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
CHANOQ-SON BO„G„IMI 


264 
Chanoq-son Bo‗g‗imi (articulatio coxae) Chanoq suyagidagi quymich kosasi 
bilan son suyagining boshi birlashishidan vujudga keladi. Chaqaloqlarda bu 
Bo‗g‗imda to‘rtta suyak ishtirok etadi, jumladan Chanoq suyagining uchta bo‘lagi 
(Yonbosh, qov va quymich suyaklari) quymich chuqurida tutashib turadi, biroq bir-
biri bilan bitishmagan bo‘ladi. 
Quymich kosasining atrof qirg‗og‗idagi fibroz tog‗ay halqa (labrum acetabulare) 
Bo‗g‗im tomon bir oz toraygan bo‘lgani uchun son suyagi boshini qisib ushlab turadi. 
Bu halqa quymich kosasining pastki chetidagi kemtik (incisura acetabuli)ni to‘ldiradi 
va quymich kosasining ko‘ndalang boylami – lig. transversum acetabuli deyiladi. 
Chanoq-son Bo‗g‗imi ichida yana bitta boylam (lig. capitis femoris) quymich kosasi 
o‘rtasidagi chuqurchadan boshlanib, son suyagining boshidagi chuqurchaga 
yopishadi. Bu boylam sinovial parda bilan o‘ralgan, uning tarkibida son suyagining 
boshiga boruvchi arteriya joylashgan. 
Chanoq-son Bo‗g‗imi (old tomoni). 
1–capsula articularis; 2–canalis obturatorius; 3–membrana obturatoria; 4–lig. 
pubofemorale; 5–lig. iliofemorale; 6–spina iliaca anterior inferior. 
Chanoq-son Bo‗g‗imining xaltasi son suyagining old tomonidagi ko‘stlararo 
chiziq (linea intertrochanterica) bo‘ylab, orqadan esa ko‘stlararo qirra (crista 
intertrochanterica) dan boshlanib, quymich kosasi chetining tashqi aylanasiga 
yopishadi. 
Chanoq-son Bo‗g‗imi (Bo‗g‗im xaltasi kesilib, son suyagi boshchasi 
ajratilgan). 


265 
1–m. rectus femoris; 2–labrum acetabulare; 3–lig. capitis femoris; 4–caput 
femoris; 5–capsula articularis (kesilgan); 6–membrana obturatoria; 7–lig. 
transversum acetabuli; 8–facies lunata; 9–quymich kosasidagi yog‗ qatlami. 
Chanoq-son 
Bo‗g‗imi xaltaning sirtidan to‘rtta boylam vositasida 
mustahkamlanadi: 1) Yonbosh-son boylami – lig. iliofemorale Bo‗g‗imning eng 
baquvvat va katta boylami bo‘lib, Yonbosh o‘sig‗i (spina iliaca anterior inferior) ning 
pastki sohalaridan boshlanib, ko‘stlararo chiziqqa (linea intertrochanterica) kelib 
yopishadi; 2) quymich-son boylami – lig. ischiofemorale orqa tomondan quymich 
suyagining Bo‗g‗imga yaqin qismidan boshlanib, Yuqori va Yon tomonga 
ko‘tariladi-da, katta ko‘stga borib yopishadi; 3) qov-son boylami – lig. pubofemorale 
– boylamlar ichida birmuncha kichikroq bo‘lib, qov suyagi ustki shoxidan kichik 
ko‘stga tortilgan; 4) Yuqorida aytilgan uchta Bo‗g‗im boylamlarining tagida, son 
suyagining bo‘ynini o‘rab olgan zona orbicularis deb ataluvchi yana bir boylam 
bo‘lib, u pastki-oldingi Yonbosh o‘siqdan pastki sohaga yopishadi. Bu boylam 
tolalari uchta boylam tolalari bilan chatishib ketganligidan alohida ajratib bo‘lmaydi. 
Boylamlarning ko‘pligi va son suyagi bo‘ynining uzunligi erkin harakatga yo‘l 
bermaydi. Bu Bo‗g‗imda harakat asosan uch tomonlama sodir bo‘ladi; 1) frontal o‘q 
atrofida son buqiladi va yoziladi; 2) sagittal o‘q atrofida son uzoqlashadi (70–75o 
atrofida) yaqinlashadi; 3) vertikal o‘q atrofida son tashqari va ichkariga buriladi (40–
60o atrofida). Bundan tashqari, sonning pastki uchi o‘z doirasi atrofida aylanib 
kelishi ham mumkin. 
Bo‗g‗im xaltasi orqa tomondan son suyagining bo‘yniga yopishmaganligi tufayli 
son juda erkin va yengil bukilishi mumkin (118–120o), lekin uning yozilishi ancha 
chegaralangan bo‘ladi (19o), chunki taranglanuvchi Yonbosh-son boylami bunga yo‘l 
qo‘ymaydi. 
Chanoq-son Bo‗g‗imi atrofida juda ko‘p va kuchli muskullar bo‘lgani uchun 
boylamlar harakat vaqtida uncha qattiq taranglashmaydi, bunga muskullar yo‘l 
qo‘ymaydi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin