Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
BOLDIR SUYAKLARINING 
O‟ZARO BIRLASHUVI 
Katta va kichik boldir suyaklari (82) o‘zaro proksimal va distal uchlari hamda 
tanalari orqali birlashadi. 
Kichik boldir suyagining ustki uchi (boshchasi)dagi Bo‗g‗im Yuzasi katta boldir 
suyagining tashqi do‘ng tagidagi maxsus Bo‗g‗im Yuzasi bilan birlashib, yassi va 
harakatsiz Bo‗g‗im –articulatio tibiofibularis proxcimalisni hosil qiladi. U old va orqa 


269 
tomonidan har ikki suyak o‘rtasida tortilgan boylamlar – lig. capitis fibulae anterior 
va lig. capitis fibulae posterior vositasida mustahkamlangan. 
Suyaklarning pastki uchlari qo‘shilishidan harakatsiz Bo‗g‗im vujudga keladi. 
Bu Bo‗g‗im ham xuddi Yuqoridagi singari ikki boylam – lig. tibiofibulare anterius va 
lig. tibiofibulare posterior bilan mustahkamlanadi. Bu boylamlar tashqi to‘piqdan 
katta boldir suyagining uchiga tortilgan. 
Suyaklarning bir-biriga qaragan tomonlaridagi chetlari o‘rtasida fibroz 
tolalaridan tuzilgan parda– membrana interossea cruris bo‘ladi. Parda tolalari katta 
boldir suyagidan kichik boldir suyagiga tomon qiyiq yo‘nalgan bo‘lib, suyaklar 
oralig‗ini butunlay to‘ldiradi, tepa qismida qon tomirlar o‘tishi uchun teshiklar 
qoladi. 
Suyaklararo parda shu suyaklarni ma‘lum bir tekislikda ushlab turadi. Bundan 
tashqari, pardadan boldirdagi chuqur muskullar boshlanadi. 
 
Boldir suyaklarining Bo‗g‗imlari va boylamlari. 
1–tibia; 2–lig. capitis fibulae anterius; 3–membrana interossea cruris; 4–fibula; 
5–lig. tibiofibulare anterius 
OYOQ PANJASI SUYAKLARINING
BOLDIR SUYAKLARI BILAN O‟ZARO BIRLASHUVI 
Ikki boldir suyagining pastki uchlaridagi Bo‗g‗im Yuzalari bilan oshiq 
suyagining ustki va ikki Yon tomondagi Yuzalari qo‘shilishidan oshiq-boldir 
Bo‗g‗imi – art. talocruralis hosil bo‘ladi. Bunda katta boldir suyagining pastki 
uchidagi Bo‗g‗im Yuzasi oshiq suyagining ustki Yuzasiga, boldir suyaklaridagi 
to‘piq Yuzalari esa oshiqning ikki Yon Yuzasiga to‘g‗ri keladi. Birlashgan boldir 
suyaklari oshiq suyagiga minib turadi. Bu Bo‗g‗im xaltasi old va orqa tomonda 
birmuncha erkin (bo‘sh) tortilgan bo‘lib, har uchala qo‘shiluvchi suyaklar Bo‗g‗im 
Yuzalarining cheti bo‘ylab yopishgan. Xaltaning erkin turishi harakatni 
yengillashtiradi. 


270 
Bo‗g‗im to‘rtta boylam vositasida mustahkamlangan: 1) lig. mediale deltoideum 
(deltasimon boylam) katta boldir suyagi to‘pig‗idan boshlanadi va xuddi yelpig‗ich 
singari pastga tushadi-da, qayiqsimon suyak, oshiq suyagi va tovon suyagiga 
yopishadi; 2) lig. talofibulare anterior – oldingi oshiq-boldir boylami, kichik boldir 
suyak to‘pig‗idan boshlanib, oshiq suyagiga yopishadi; 3) lig. calcaneofibulare 
(tovon-boldir boylami) kichik boldir to‘pig‗idan boshlanib, tovon suyagining tashqi 
Yuzasiga yopishadi; 4) lig. talofibulare posterius (orqa oshiq-boldir boylami) kichik 
boldir to‘pig‗idan oshiq suyagiga yopishadi. 
Oshiq-boldir Bo‗g‗imi g‗altaksimon Bo‗g‗im bo‘lganidan harakat faqat bir o‘q 
(ko‘ndalang o‘q) atrofida (63–66o) orqaga va oldinga buqiladi. Ko‘ndalang o‘q boldir 
suyaklarining to‘piqlari va oshiq suyagi o‘rtasidan o‘tadi. Panja pastga tomon 
bukilganda uni ikki Yon tomonga salgina harakatlantirish ham mumkin. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin