283
bo‘linadi. Bittasi to‘g‗ri muskulning old tomonidan, ikkinchisi esa orqa tomonidan
o‘tib, muskulning medial chekkasida o‘zaro tutashadi, so‘ngra qorin oq chizig‗ini
hosil qilishda qatnashadi. Qorin ko‘ndalang muskulining aponevrozi to‘g‗ri
muskulning orqa tomonidan (ichki qiyshiq muskul aponevrozidan keyin) o‘tadi.
Kindikdan 4–5 sm pastroqda joylashgan uchchala serbar muskul aponevrozlari
to‘g‗ri muskulning old tomonidan o‘tadi. Qorin to‘g‗ri muskuli qinining orqa devori
esa faqat qorin ko‘ndalang fassiyasi (fascia transversalis) hisobiga tuziladi.
Qorinning oq chizig„i
(linea alba). Qorin serbar muskullarining aponevrozlari
qorin to‘g‗ri muskullari qinini hosil qilib, uning medial chekkasiga kelganda ikkala
tomonda o‘zaro birlashib, oq chiziq hosil qiladi. Qorin oq chizig‗i to‘sh suyagining
xanjarsimon o‘sig‗idan qov suyagi birlashmasigacha tortilgan. Oq chiziqning
o‘rtasida kindik halqasi bor. Qorin oq chizig‗ida qon tomir va nerv tolalari kam
bo‘ladi.
95.
Qorin to‟g„ri muskulining qini
.(
Vaginae mm. recti abdominis;)
A: 1 -linea alba (abdominis); 2-m. rectus abdominis; 3-lamina anterior vaginae m.
recti abdominis; 4-aponeurosis m.obliqui extemi abdominis; 5-aponeurosis m. obliqui
interni abdominis; 6-m. obliquus externus abdominis; 7-m. obliquus internus
abdominis; 8-m. transversus abdominis; 9-lamina posterior vaginae m. recti
abdominis. B: 1-linea alba (abdominis); 2-m. rectus abdominis; 3-lamina anterior
vaginae m. recti abdominis; 4-aponeurosis m. obliqui externi abdominis; 5-m.
obliquus internus abdominis; 6-m. transversus abdominis; 7-fascia transversalis et
peritoneum.
Kindik (chandiq) bola tug‗ilgandan keyin kindik tizimchasi kesilishidan hosil
bo‘ladi. Kindik tizimchasi pardaga o‘ralgan qon tomirlardan tuzilgan bo‘lib, bola
tug‗ilish davrigacha ana shu qon tomirlardan oziqlanib o‘sadi.
Dostları ilə paylaş: