Orqaning Yuqori tishli muskuli
(m. serratus posterior superior) rombsimon
muskulning old tomonida joylashgan bo‘lib, pastki ikkita bo‘yin va Yuqori ikkita
Ko‗krak umurtqasining qirrali o‘siqlaridan boshlanib, II–V qovurg‗alarning orqa
tomoniga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Qovurg‗alarni ko‘taradi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn.intercostales (ThI–IX)dan.
Qon tomirlari: aa. intercostales posteriores, a. cervicalis profunda.
Orqaning pastki tishli muskuli
(m.serratus posterior inferior) serbar
muskulning old tomonida joylashgan, pastki ikki Ko‗krak va Yuqoridagi ikki bel
289
umurtqalari qirrali o‘siqlaridan boshlanib, alohida tishsimon bo‘laklar yordamida IX–
XII qovurg‗alarga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Pastki qovurg‗alarni pastga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn.intercostales (ThIX–XII)dan.
Qon tomirlari: aa.intercostales posteriores, a.cervicalis profunda.
ORQANING
CHUQUR MUSKULLARI
Orqaning chuqur muskullari
(89, 90lar) umurtqa pog‗onasining ikki
Yonboshida umurtqa qirrali o‘siqlari bilan qovurg‗alar burchagining o‘rtasida hosil
bo‘lgan egatchalarda joylashgan. Uch qavat muskullardan iborat chuqur muskullarni
orqaning
Yuza
muskullari
berkitib
turadi.
Orqaning o‘rta qavat muskullari.
1 – m. semispinalis capitis; 2 – splenius capitis; 3 – m. splenius cervicis; 4 – m.
levator scapulae; 5 – m. rhomboideus minor; 6 – m. rhomboideus major; 7 – m.
supraspinatus; 8 – m. infraspinatus; 9 – m. teres minor; 10 – m. teres major
(kesilgan); 11 – m. latissimus dorsi; 12 – m. erector spinae; 13 – m. obliquus externus
abdominis; 14 – m. gluteus medius; 15 – m. piriformis; 16 – m. gemellus superior; 17
– m. obturatorius internus; 18 – m. gemellus inferior; 19 – m. gluteus maximus (kesib
ajratilgan); 20 – tuber ischiadicum; 21 – lig. sacrotuberale; 22 – m. gluteus maximus;
23 – fascia thoracolumbalis (Yuza varag‗i); 24 – fascia thoracolumbalis (chuqur
varag‗i); 25 – m. obliquus externus abdominis; 26 – m. serratus posterior inferior; 27
– m. serratus anterior; 28 – m. teres major; 29 – m. triceps brachii caput longum
(kesilgan); 30 – m. teres minor; 31 – m. infraspinatus; 32 – m. levator scapulae; 33 –
m. splenius capitis.
|