303
budur do‘mboqchasi (epicondylus lateralis) va bilak fassiyasidan boshlanadi.
Bilakning o‘rta qismida to‘rtta payga ajraladi va retinaculum extensorum (yozuvchi
muskul ushlagichi) tagidan o‘tib, panja sohasida ularning har biri uchtadan paychaga
ajraladi. O‘rta qismi II–V barmoqlarning ikkinchi falangalariga yopishadi. V
barmoqqa boruvchi bu muskul jimjiloqning yozuvchi muskuli (m. extensor digiti
minimi) deb ham ataladi.
F u n k s i y a s i: II–V barmoqlarni va kaftni yozadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r i: a. interossea posterior.
Panjani yozuvchi tirsak muskuli
(m. extensor carpi ulnaris) yelka
suyagining
g‗adir-budur do‘mboqchasi, tirsak suyagining
orqa sathidan boshlanib, retinaculum
extensorum (yozuvchi muskul ushlagichi) ostidan o‘tadi va kaft suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Panjani tirsak tomonga tortib yozadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CVI–VIII) dan.
Q o n t o m i r i: a. interossea posterior.