Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
BILAK MUSKULLARI 
Bilak muskullari joylashishiga ko‘ra old, orqa va lateral guruhga ajratiladi. 
Bilakning oldingi guruh muskullari – Yuza va chuqur qavat bo‘lib joylashgan. 
YUZA QAVAT MUSKULLARI 
Yumaloq pronator muskul 
(m. pronator teres) yelka suyagidagi medial g‗adir-
budur tepachasidan, tirsak suyagi g‗adir-buduri (tuberositas ulnae) dan boshlanib, 
bilak suyagining lateral qirrasiga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Bilakni ichkariga buradi va bukadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CVI–ThI) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. brachialis, a. ulnaris, a. radialis.
Kaftni bilak tomonga bukuvchi muskul 
(m. flexor carpi radialis) m. pronator 
teres ning medial tomonida joylashgan bo‘lib, yelka suyagining medial g‗adir-budur 
tepachasidan va medial tomondagi muskullararo fassiyasidan boshlanib, ikkinchi kaft 
suyagining asosiga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Kaftni oldinga va bilak suyagi tomonga bukadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: m. medianus (CVI–VII) dan. 
Q o n t o m i r i: a. radialis.
Kaftning uzun muskuli 
(m. palmaris longus) oldingi muskulning medial 
tomonida joylashgan bo‘lib, yelka suyagining medial g‗adir-budur do‘mboqchasi 
(epicondylus medialis) va bilak fassiyasidan boshlanib, uning uzun payi bilakni 
pastki qismidagi retinaculum flexorum (bukuvchi muskul ushlagichi) ustidan o‘tib, 
kaft-pay plastinkasi (aponevroz) – aponeurosis palmaris ga yopishadi. Ba‘zan bu 
muskul bo‘lmasligi ham mumkin. 
F u n k s i y a s i. Kaft aponevrozini taranglashtirib kaftni bukadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CVI–ThI) dan. 
Q o n t o m i r i: a. radialis. 
Kaftni bukuvchi tirsak muskuli 
(m. flexor carpi ulnaris) bilakning tirsak 
suyagi tomonida joylashib, yelka suyagining g‗adir-budur tepachasi va tirsak 
o‘sig‗idan boshlanib, kaftning no‘xatsimon va ilmoqli suyaklariga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Kaftni oldinga va tirsak suyagi tomoniga bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. ulnaris (CVII–VIII) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. collateralis ulnaris superior, a. collateralis ulnaris 
interior, a. ulnaris. 


300 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin