Ilmiy maqola, tezislar va ma‟ruzalar tayyorlash: Talaba TIJda mustaqil tajribalar olib borgan va olingan
natijalarni alohida qayd etgan, statistik ishlovdan o‗tkazgan
va ushbu tadqiqot ishi bo‗yicha mustaqil, aniq, mantiqiy
asoslangan savodli xulosalar chiqargan. Talaba o‗quv
adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola
va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan
mavzuga tegishli materiallar to‗plagan, tahlil qilgan,
tizimlashtirgan. Tayyorlagan maqola, tezis yoki ma‘ruzasi
talabaning tajribada olgan ilmiy natijalari va adabiyot
ma‘lumotlari taxliliga asoslangan.
91-95
A‘lo «5»
Mavzu bo‗yicha talabaning javobi to‗liq, dastur doirasida,
mantiqan asoslangan, ishonch bilan javob beradi. Dasturda
tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to‗liq o‗zlashtirgan va
qo‗shimcha adabiyotlar bilan tanish. Mashg‗ulotda berilgan
vazifalarni o‗z vaqtida, sifatli bajaradi. Vaziyatli masalalarga
aniq
javob
beradi,
asoslaydi.
Mavzu
muhokamasi,
munozaralarda faol qatnashadi, o‗z fikrini himoya qila biladi.
Interaktiv o‗yinlarda faol va ijodiy qatnashadi.
Amaliy ko‗nikmalarni to‗liq egallagan, mavzuga oid
anatomik preparatlarni o‗rganishda olgan nazariy bilimlarini
qo‗llaydi, b preparatdagi barcha tuzilmalarni to‗g‗ri
ko‗rsatadi, asoslaydi va tushunib chizadi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o„zlashtirish, referat, ilmiy maqola, tezislar va ma‟ruzalar tayyorlash.Albomlarga rasmlar chizish. Referat tayyorlash . Talaba asosiy adabiyotlardan tashqari
qo‗shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy
maqolalar, Internetdan olingan ma‘lumotlar, elektron
kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar
yig‗gan, tahlil qilgan, tizimga solgan. Referat mavzusi har
tomonlama va to‗liq ochib berilgan, matn mantiqiy ketma-
ketlikda ifodalangan, to‗g‗ri hulosa chiqarilgan va ijodiy
fikrlar mavjud.
Ijodiy ishlash . Mashg‗ulotda berilgan vaziyatli masalalar,
krossvordlar, organayzerlarni to‗g‗ri echgan, ularni echishda
ijodiy Yondoshgan, javob asoslangan. Jadvallar to‗g‗ri to‗liq
to‗ldirilgan.