II. O„QUV-USLUBIY MATERIALLAR
MA‟RUZA 1.
Mavzu: Anatomiyaga kirish. Anatomiya fani rivojlanishining qisqacha
tarixi.
Odam anatomiyasi (anatomiya Yunoncha anatomeo - kesaman so‗zidan
olingan) odam organizmining shaklini,
tuzilishini, uning rivojlanish jaraYonini
o‘rganadigan fandir. Bu fan har bir a‘zoni jinsiy tafovutlar jihatidan, shuningdek atrof
muhitning a‘zolar tuzilishi xamda vazifasiga bulgan tasirini o‗rganadi.
Qadimiy anatomiya fani azolarni aloxida-aloxida o‗rganib kelgan,
ularning
o‗zaro
munosabatlarini, organizmning bir butunligini hisobga olmasdan, faqat
dalillarni tuplash bilan chegaralangan. Xozirgi davrda
esa bu fan azolarning uzaro
munosabatlarini, ularning bir
sistemaga birlashish qonuniyatlarini dialektika qonunlariga asoslangan xolda
o‗rganadi, organizmning yagona sistema ekanligini,
uning tashqi muxit bilan
chambarchas bog‗likligini, a‘zolarning shakli bilan funksiyasining bir-biriga bevosita
aloqador ekanligini nazarda tutadi.
Odam organizmi tuzilishiga kura murakkabligi, mehnatga layoqatliligi bilan
hayvonlar organizmi tuzilishidan tubdan farq qiladi.
Ana shu tuzilish, rivojlanish
qonuniyatlarini uning evolYusion taraqqiyot qonunlari - filogeneziga (phylon - avlod,
genesis-
taraqqiyot) taqqoslangan holda xamda odam holatiga o‗tish jaraYoni -
antropogenezi (antropos - odam) ni urganadi. Bu bilan
qiyosiy yoki solishtirma
anatomiya shug‗ullanadi.
Organizmning paydo bo‗lishini, tug‗ilguncha ona qornida o‗sib, rivojlanib
borishini embriologiya (embriogenez - embrYon - mo‗rtak, ko‗rtak) o‗rgansa,
tug‗ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo‗lgan davrni "Yoshga doir"
anatomiya o‗rganadi.
Organizm tuzilishining jinsiy xususiyatlari, jinsiy tafovutlari va ularning uziga
xos tomonlari xam anatomiya o‗rganadigan masalalar jumlasiga kiradi.
Anatomiya shu bilan birga a‘zolarning individual xususiyatlarini, ularning
ozaro munosabatlarini, joylashish - topografiyasini ham o‗rganadi. Odam
organizmining embrionlik davridagi va ayniqsa tug‗ilgandan keyingi rivojlanishi
muhitning ta‘siri bilan uziga xos xususiyatlarni kasb egadi.
Organizmning
shakllanishi va rivojlanishiga, shuningdek, odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy-
geografik sharoiti, ijtimoiy tuzum kabi omillari ham ta‘sir etadi. Bu ta‘sirlarni
antropologiya fani urganadi.
Odam organizmi a‘zolarining tuzilishi ularning vazifalariga bog‗liq holda
shakllanib boradi. Bu bog‗likliklarni o‗rganish funksional
anatomiya fanining
vazifasidir.
Dostları ilə paylaş: