Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

YAKUNIY BAHOLASH 
YABda talabaning bilim, ko‗nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni 
doirasida baxolanadi. YAB fan bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlari tugaganidan so‗ng 2 
bosqichda: kafedrada preperatlar va mulyajlar asosida (OSI) va test markazida test 
sinovi shaklida o‗tkaziladi.
JB, TMI va OBga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‗plagan 
talabaga YABga ishtirok etish xuquqi beriladi.
Akademiya rektorining buyrug‗i bilan ichki nazorat va monitoring bo‗limi 
rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‗tkazish jaraYoni 
davriy ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, 
yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o‗tkaziladi. 
Talabaning fan bo„yicha reytingini aniqlash 
Talabaning fan bo‗yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:
R

=
100
'
O
V

bu erda: V– semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗quv Yuklamasi (soatlarda); 
'
O
–fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo‗yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 
foizi saralash bali etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga 
ajratilgan ballning 55 va undan Yuqori foizidagi balni to‗plagan talabalar ushbu fan 
bo‗yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.


45 
Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir nazorat 
turidan (JB, OB, TMI, YAB) belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari 
yig‗indisiga teng. 
Baholash turlarini o„tkazish muddati 
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar-tematik rejaga muvofiq o‗quv-uslubiy 
bo‗lim tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‗tkaziladi. YAkuniy 
nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‗tkaziladi. 
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to‗plagan va uzrli sabablarga 
ko‗ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu 
nazorat turigacha, so‗nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha 
bo‗lgan muddat beriladi. 
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, 
oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani 
farmoyishi asosida, o‗qishni boshlaganidan so‗ng ikki hafta muddatda topshirishga 
ruxsat beriladi. 
Semestr yakunida fan bo‗yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini har biri 
bo‗yicha saralash balidan kam ball to‗plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‗zlashtirish uchun 
bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida fanni o‗zlashtira olmagan talaba 
fakultet dekani tavsiyasiga ko‗ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‗i bilan 
talabalar safidan chetlashtiriladi. 
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‗lsa, fan bo‗yicha nazorat turi natijalari e‘lon 
qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat 
etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‗ra rektor 
buyrug‗i bilan 3 (uch) a‘zodan kam bo‗lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi 
tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‗rib chiqib, shu kunning o‗zida 
xulosasini bildiradi.
Baholashning o‗rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‗tkazilishi hamda 
rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‗quv bo‗limi hamda ichki nazorat 
va monitoring bo‗limi tomonidan nazorat qilinadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin