48
bog‗langan bo‗lib, biologiyaning ajralmas qismidir. Biologiyada morfologiya fani
(Yunoncha - morphe shakl so‗zidan olingan) organizm hamda a‘zolarning tuzilishi va
shakllarini o‗rgansa, fiziologiya fani ularning hayotiy vazifalarini o‗rganish bilan
shug‗ullanadi.
A‘zolarning ichki tuzilishini, ularni
tashkil qilgan tuqimalar, hujayralarni
o‗rganish bilan gistologiya fani shug‗ullanadi. A‘zolarning kasallik holatidagi
tuzilishini o‗rganish bilan esa patologik anatomiya shug‗ullanadi.
Odam anatomiyasini o‗zlashtirishni osonlashtirish uchun bu fan shartli
ravishda bir necha sistemaga ajratib o‗rganiladi
(sistematik anatomiya).
Sistematik anatomiya suyaklar qismi -
osteologiya,
suyaklarning uzaro
birlashishi (bo‗g‗imlarni o‗rganadigan qismi - sindesmologiya),
muskullar -
miologiya,
ichki a‘zolar sistemasi -
splanxnologiya,
qon tomirlar sistemasi -
angiologiya,
ichki sekret bezlar qismi - endokrinologiya, sezgi a‘zolari -
esteziologiya va nihoyat, nerv sistemasi - nevrologiya bo‗limlaridan iborat. Ular
a‘zolarning tuzilishini,
shaklini, ularning o‗zaro munosabatlarini o‗rganishda
qo‗llaniladi.
Topografik anatomiya
esa a‘zolarning tuzilishi, shaklidan tashqari ularning
o‗zaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o‗rganadi.
Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini
ularning evolYusion rivojlanish asoslariga bog‗lab, atrof-muhit ta‘sirida shakllanish
qonuniyatlari bilan birgalikda o‗rganadi.
Ularning Yoshga, yashash sharoitiga va
vazifalariga qarab rivojlanishini esa dialektik qonuniyatlarga asoslangan holda
o‗rganadi.
Bulardan tashqari, anatomiya mayib-majruh bo‗lib tug‗ilgan bolalar
organizmining tuzilishini (teratologiya Yunoncha -
teraios
), bola tug‗ilgandan
boshlab qarilik davrigacha bulgan vaqtdagi organizmdagi morfologik o‗zgarishlarni
ham (Yoshga qarab) o‗rganadi. Organizmning kasallik
davridagi anatomiyasini esa
patologik anatomiya (
patos
- xastalik, azob chekish), shu bilan birga muskullarning
qisqarishini (dinamikasini) dinamik anatomiya yoki sport anatomiyasi o‗rganadi.
ANATOMIYANI O‖RGANISh USULLARI
Asosiy o‗rganish usullarini bilmay turib anatomiyani bilish va u haqda yetarli
ma‘lumot olish mumkin emas.
Odam anatomiyasini murda ustida o‗rganish lozim. Lekin ayni vaktda tibbiyot
xodimlarining tirik odam bilan munosabatda bulishini ham e‘tiborga olmoqlik darkor.
Odam organizmi va a‘zolarining tuzilishi, topografiyasi murda ustida o‗rganilganda
turli usullardan foydalaniladi, Tirik odamlarda esa mavjud bo‗lgan texnika
vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo‗llanib o‗rganiladi.
Bular quyidagilar:
1
Antropometrik
usulda
gavdaning uzunligi, kengligi va og‗irligi o‗lchanadi,
olingan ma‘lumotlar organizmning ayrim bulaklariga taqoslanib, o‗sishi yoki
o‘zgarishi kuzatib boriladi.
2. Kesib ochish Yuli bilan
preparatlar
(preparate)
yasash usuli.
3.
Arralash
usulini birinchi marta N.I. Pirogov qo‗llagan. U dastlab murdani
qattiq, muzlatib, sungra o‗rganish kerak bulgan organizm bulagini qavatma-qavat
qilib arralagan. Bu usulda a‘zolar topografiyasini aniqrog‗ o‗rganish mumkin
49
4
In’eksiya usuli
(injectio - lotincha quyaman) - ichi kavak a‘zolarga, qon
tomirlarga turli xil kimyoviy buyoklar Yuborib o‗rganiladi.
5.
Yoritish, ravshanlashtirish usuli
. Buning uchun a‘zoni
birorta kislota yoki
ishqor suYuqligiga solib kuzatiladi. Vaqt o‗tishi bilan har xil to‗qimalar nurlarning
turlicha sinishi natijasida bir-biridan ajralib ko‗rinadi
6.
Korroziya yoki yemirish usuli
- ichi bo‗sh a‘zolar ichi tez qotadigan modda
bilan to‗ldirilib, so‗ngra uni turli kislota yoki ishkorlar suYuqligiga solinsa, a‘zo
to‗qimalari yemiriladi va bo‗shlig‗iga Yuborilgan modda a‘zolar shaklini saqlab
qoladi
7
. Rentgen nuri
yordamida o‗rganish usuli. K. Rentgen nuri kashf etilgandan
buYon (1895) qo‗llaniladi. Bu usul tirik odam tuzilishini o‗rganishga
keng imkon
beradi. Rentgen nurlari yordamida suyaklar tuzilishini, ayniqsa uning taraqiy etishini
kuzatish mumkin. Ichi kavak a‘zolar rentgen nurlarini ushlab qololmaydi. Shuning
uchun ularga rentgen nurini tutib qoluvchi kimyoviy moddalar Yuborib, ekranda
ko‗rish (rentgenoskopiya) yoki rasmini olish (rentgenografiya) Yuli bilan o‗rganiladi.
8.
Paypaslab
(palpatio)
o‘ganish usulu
.
9.
Perkussiya (percussio - barmoq yoki bolg‘acha bilan urib aniqlash usuli .
Bu ikki usul kasalni kurish paytida qo‗llanilib, a‘zo chegaralarini urganishda
keng foydalaniladi.
10
. Auskul’tasiya
(auscultatio - eshitib ko‘rish)
usuli -
maxsus eshituv asboblari
yordamida a‘zolar (Yurak va o‗pka)ning ishlab turgan paytidagi tovushi eshitiladi. Bu
usul a‘zolarning normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yordam beradi.
11. Mikroskopda ko‗rib urganish usuli. Bu usulda a‘zolarning nozik tuzilishlari
maxsus buyoklar bilan buyalib, mikroskoplar yordamida o‗rganiladi.
Dostları ilə paylaş: