Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Xujayra 
sitoplazma va yadrodan tashkil topgan sistema bo‗lib, o‗simlik va 
xayvon organizmining takomillashishi, tuzilishi va yashash jaraYonlarining asosi 
hisoblanadi. Hayot davomida, moddalar almashinuvida ishtirok etishi tufayli doimo 
kupayib (yangi xujayra hosil qilib) yangilanib turadi. Hujayralar orasida 
hujayralararo modda joylashgan, bu modda suYuk yoki dirildoq va zich x,oldagi 
asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan. 
Har bir xujayra sitoplazma qobigi, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. 
Sitoplazmada: hujayra organellalari, kiritmalar; yadroda: yadrocha, xromatin, yadro 
shirasi va yadro qobig‗i mavjud. Hujayra xaqidagi to‗lik ma‘lumot gistologiya fanida 
beriladi. 
Tuqimalar. 
Tuqima evolYusion taraqqiyot jaraYonida vujudga kelib, umumiy 
tuzilishga ega bo‗lgan ma‘lum funksiyani bajarishga ixtisoslashgan xujayra va 
xujayra bo‗lmagan tuzilmalar majmuasi-dan iborat. 
EvolYusiya jaraYonida 4 xil tuqima vujudga kelgan:
1) epiteliy tuqimasi;
2) ichki muxit tuqimasi;
3) muskul tuqimasi;
4) nerv tuqimasi. 
1. Qoplovchi epiteliy tuqimasi, chegaralovchi tuqima bo‗lib, tana va xazm 
qilish nayining ichki Yuzasini qoplab turadi. U jigar, me‘da osti bezi va boshqa 
bezlar tarkibiga kiradi. 
2. Biriktiruvchi toqimalar - xujayralararo oraliq moddalari ko‗prok bo‗lishi 
bilan farqlanadi. Bu xildagi tuqimalar tarkibida amorf (ma‘lum tuzilishga ega 
bulmagan) moddalar, kollagen hamda elastik tolalar bo‗ladi.
Biriktiruvchi tuqimaning turlari:
Yumshoq (shakllanmagan) biriktiruvchi tuqima - fibroblastlar (yapaloq, 
sershox hujayralar) dan tashkil topgan bo‗lib, boshqa turdagi tukimalarni bir-biriga 
bog‗laydi, a‘zolar tarkibidagi bushliqlarni tulg‗izadi. 
Yog‗ to‗qima - protoplazmasida yog‗ tomchilari bo‗lgan shar shaklidagi 
hujayralar bo‗lib, ular organizmda charvi sifatida (qorin bushlig‗ida) teri ostida, 
buyrak atrofida, ko‗z kosasi va boshqa joylarda uchraydi. Ular o‗zaro birlashib yog‗ 


55 
parchasini hosil qiladi. Yog‗ tuqima, organ, oraliq, bushliqlarni, kuz kosasi, buyrak 
atrofida (ularni silkinishdan saqlaydi) organizm haroratini tartibga solib turadi. qorin 
bushligidagi charvi va teri osti yog‗ qavati zapas oziqa hisoblanadi. 
Fibroz tuqlma yoki zich biriktiruvchi tuqima tolalari bir-biriga zich, paralel 
joylashgan tutamlardan tuzilgan bo‗lib, baquvvat va elastiklik xususiyati bo‗lmaydi. 
Organizmda tayanch vazifasini bajaradi. 
Elastik tuqimalar - orasida Yumshoq, biriktiruvchi tuqimasi bo‗lgan 
cho‗ziluvchan (elastik) tolalar mavjud bo‗lib, boylamlarda, qon tomir devorlarida 
joylashgan. 
Tog‗ay tuqima - organizmda tayanch vazifasini bajaradi, xujayralararo oraliq 
moddalari ko‗p bo‗ladi. Tog‗ay tuqima elastik va gialin tog‗aylariga ajraladi. Gialin 
tog‗ayning tashqi ko‗inishi xira shishaga uxshagan (shishasimon tog‗ay nomi 
shundan olingan), xujayralari yakka-yakka yoki to‗p-to‗p bo‗lib joylashgan. 
Organizmda nafas yo‗llarining tog‗aylari, bo‗g‗im tog‗aylari, qovurg‗alarning oldingi 
uchi tog‗aylari gialin tog‗ayidan tuzilgan. Skelet suyaklarining kup qismi embrional 
usish davrida gialin tog‗ayi kurinishida bo‗lib, keyinchalik suyaklanadi. 
Elastik yoki tolali tog‗aylar tuqimasining oraliq moddasi kollagen moddadan 
iborat bo‗lib, burim ichidagi menisklar, umurtqalar tanasining oraliq tog‗aylari shular 
jumlasidandir. Elastik tog‗ay tuqimasidagi tolalar bukiluvchan va chuziluvchan 
(elastik) tolalar bulganligidan sariq rangli bo‗lib kurinadi.
Hamma tog‗ay tuqimalarning tashqi Yuzasi zich biriktiruvchi tuqima bilan 
o‗ralgan bo‗lib, tog‗aylarni oziqlantirib turadi va o‗sishga yordam beradi. 
Suyak tuqima.Bu tuqimada oraliq qattiq modda ko‗p bo‗lganligi uchun qattiq, 
bo‗lib, boshqa tuqimalardan shu xossasi bilan farqlanadi. Yangi tug‗ilgan chaqaloklar 
suyak tuqimalarining oralik, moddalari betartib tarqalgan, kollagen tutamlardan 
tuzilsa, o‗rta yashar odamlarda suyak oralik, moddasiga ohak moddasi shimilib, uni 
borgan sari qattikqlashtirib boradi. Suyak tuqimasi boshqa tuqimalar singari hujayra 
va oralik moddalardan tuzilgan bo‗ladi. 
Suyak hujayrasi - asteositlar (osteon - suyak, cytis - xujayra) ko‗p qirrali 
shaklda bo‗lib, tanasi suyak bushliqlarida joylansa, uning usiqlari suyak kanallarida 
o‗zaro bir-biri bilan tutashib joylashadi. Suyaklarda moddalar almashinuvi jaraYoni 
ana shu tutashmalar orqali bajariladi. Rivojlanayotgan suyaklarda osxevsitlardan 
tashqari, osteoblastlar (osteon - suyak, blastos - ko‗rtak, clac - rivojlanish) va 
osteoklastlar bo‗ladi. Osteoblastlar suyak rivojlanishida ishtirok etadi, osteoklastlar 
rivojlanishdan tuxtagan suyak hujayralarni kemiradi. 
Suyak oralik moddalar deyarli mineral (kalsiy va fosfor) tuzlardan iborat 
bo‗lib, ular suyaklar mustaxdamligini ta‘minlab beradi. 
Rouber ma‘lumotiga ko‗ra suyaklar ohakdan 4-5 marta qattiq chuyan va 
temirga yaqin turadi. 
Suyak oralik kollagen tolalari ossein tolalari nomi bilan ataladi va ularning 
joylashishiga qarab ikki xil (dag‗al tolali va yassi plastinkasimon tolali) suyak 
tuqimalari tafovut etiladi.
Dag‗al tolali tuqima - asosan embrion va yangi tug‗ilgan chaqaloklarning 
suyak tuqimalarida tartibsiz har tarafga tarqalib joylashadi. Organizmning rivojlanish 
davrida asta-sekin yassi tolalar bilan almashinadi. Dag‗al tolalar katta Yoshli 
odamlarda suyaklarning faqat paylar yopishadigan qismlarida, kalla suyaklarining 


56 
o‗zaro birlashadigan choklaridagina uchraydi. Yassi plastinkasimon suyak tuqimasida 
ossein tolalari parallel Yunalib joylashadi va suyaklarning qattiq, bo‗lishini 
ta‘minlaydi. Bunday tuzilgan suyaklar katta odamlarning deyarli barcha suyaklariga 
tegishli xususiyatdir. 
3. Ichki muhit to‗qimasi mezenximadan iborat bo‗lib, uning tarkibiga qon, 
limfa, siyrak va zich biriktiruvchi tukimalar kiradi. 
4. Muskul to‗qimasi muskul tolalaridan tuzilgan bo‗lib, nerv sistemasidan 
impuls olganda qisqarish qobiliyatiga ega. Muskul tolasi qisqarganda buyiga qisqarib
eniga Yug‗onlashadi. Odatda, ikki xil ko‗ndalang-targ‗il va silliq muskul tuqimalari 
tafovut qilinadi. Bu ikki xil muskul tolalari ham morfologik, ham funksional jihatdan 
bir-biridan farq qiladi. 
Silliq muskul tolalari mikroskop ostida kuzatilganda, uning duksimon shaklga 
ega bo‗lgan muskul xujayralaridan iborat ekanligi va silliqligi (ko‗ndalang 
chiziqlarsiz) ko‗rinadi. Silliq muskul hujayralari ovqat hazm qilish kanalini, siydik 
chiqarish yo‗llarini, bachadonni, qon tomirlar devorining (odam ixtiyoriga 
buysunmay, o‗z holicha kisqaradi) muskul qavatini tashkil qiladi. Shuning uchun 
xdm sillik, muskullar aloxida avtonom (vegetativ) nerv sistemasi orqali idora 
qilinadi. Demak, sillik muskul tolalari funksional jihatdan beixtiyor ishlar ekan. 
Ikkinchi turkum muskul hujayrasiga kundalang-targ‗il muskul xujayralari kiradi. Bu 
muskul tolalari mikroskop ostida ko‗rilganda, sarkoplazmaning oq va qora chiziklari 
targ‗il xolda ko‗rinadi, ana shu hususiyatiga ko‗ra u kundalang-targ‗il nomini olgan. 
Kundalang-targ‗il muskul odam ixtiyori bilan ishlaydi va markaziy nerv sistemasi 
nazoratida bo‗ladi. 
Yurak muskul qavati (miokard) ni hosil qiluvchi mioditlar mikroskopda 
ko‗rinishi jihatidan kundalang-targ‗il muskullar qatoriga kirsa, funksional jix,atdan 
sillik muskullarga tegishli. Shuning uchun miokard aloxida turkum - Yurak muskuli 
turkumiga kiritilgan. 
5. Nerv to‗qimasi. Nerv to‗qimasi nerv hujayralaridan va oralik, tuzilmalar - 
neyrogliyalardan iborat. Nerv sistemasining morfofunksional birligini nerv hujayrasi 
tashkil qiladi. Nerv hujayrasi tanasining uzun (neyrit) va qisqa (dendrit) shoxlari 
mavjud. Nerv hujayrasi - neyrositlardan chiqqan shoxlar soniga kura: bir shoxli 
(unipolyar), ikki shoxli (bipolyar), ko‗p shoxli (multipolyar) neyrositlar deb atalgan. 
Neyrositlardan Chiquvchi shoxlarning bittasi boshqalaridan o‗zining uzunligi bilan 
ajralib turadi va "neyrit" deb Yuritiladi. Neyrit (yoki akson) ning periferiya uchi 
boshqa (ikkinchi) nerv xujayrasida, muskullarda yoki bezlarda tugaydi. Nerv 
xujayrasi va neyrogliya uzining murakkab tuzilishi, funksiyasi bilan boshqa 
tuqimalardan keskin ajralib turadi. Chunki nerv tukimasi organizm bilan atrof-muxit 
o‗rtasida o‗zaro aloqani ta‘minlab turadi. Nerv sistemasi gumoral (qon va limfa) 
sistema bilan birgalikda barcha a‘zolar ishini uyg‗unlashtirib (koordinasiya qilib) 
turadi. Nerv impulsi xujayra tanasidan akson bo‗ylab ishchi a‘zo (muskullar, bezlar) 
ga yoki ikkinchi nerv xujayrasiga qarab yo‗naladi. 
Neyronning kalta o‗siklari, dendrit oxirlari ta‘sirotni qabul qiluvchi 
retseptorlardan iborat, ular joylardagi ta‘sirotlarni markazga (xujayra tanasiga) 
uzatadi. Neyrogliya xujayralari (astrositlar) nerv xujayralaridan iborat bo‗lib, 
markaziy nerv sistemasida tayanch vazifasini o‗tasa, mikrogliya yoki makrofaglar - 
agositoz ro‗lini bajaradi. Bosh miyaning qon bilan ta‘minlanishida astrositlarning 


57 
ahamiyati katta. qon bilan miya o‗rtasidagi tusiqni (gematoensefalitik tusig‗) 
astrositlar ta‘minlaydi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin