Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

N.K. Lisenkov (1865-1941) 
Odessa tibbiyot oliygohining professori, odam 
organizmi-ning normal tuzilishi, topografiyasi, plastik anatomiyasini o‗rgandi. Uning 
1932 yilda V. I. Bushkevich bilan xamkorlikda yozgan "Odamning normal 
anatomiyasi" darsligi hozirgacha qayta-qayta nashr etib kelinadi. 
Yuqorida qayd etilgan olimlar qatorida hazm sistemasini o‗rganishda K.A. 
Zufarov, S.N. Kasatkin, P.O. Isaev, qon tomirlar sistemasini o‗rganishda V.V. 
Kupriyanov, B.V. Ognev, Ye.P. Melman, R.E. Xudoyberdiev, S.A. Dolimov, limfa 
sistemasini o‗rganishda M.R. Sapin, Yu.M. Borodin, nerv sistemasini o‗rganishda 
V.N. Ternovskiy, P.A. Sokolov, N.K. Axmedov, X.3. Zohidov va nerv sistemasining 
embriologik taraqqiyotini o‗rganishda akademik D.M. Golub, N.A. Ibodov, 
topografik anatomiyani o‗rganishda V.F. Voyno-Yaseneskiy, F.F. Amirov, N.X. 
Shomirzaev va boshqalar anatomiya faniga o‗zlarining munosib hissalarini 
qo‗shdilar. 
Odam gavdasining tuzilishi 
Anatomiyani o‗rganishda odam organizmining xizmati katta. Odam 
organizmining tuzilishiga Yondoshishda ikki xil bir-biriga qarama-qarshi 
materialistik va idealistik oqimlar paydo bo‗lgan va uzoq, yillar davomida ana shu 
oqimlar orasida kurash davom etib kelmoqda. 
Chunonchi, mexanik materialistlar organizm turli xil a‘zolarning mexanik 
yig‗indisidan (Morganni), tuqimalar (Bisha) yoki xujayralar yig‗indisidan (Virxov) 
iborat deb qaraydilar. V. Virxov odam organizmini xujayralar davlatiga qiyoslaydi, 


54 
unda aloxida guruhlar - xujayralar federasiyasi bo‗lib, uzi mustaqil yashash 
imkoniyatiga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Alohida a‘zolarni umumiy bir butun 
organizmdan ajratib qarash metafizik qarashdir. U xujayra guruhlarini mustaqil 
yashash imkoniyatiga ega deyish - vitalizmdir. 
Dialektika nuqtai nazaridan, organizm alohida qismlar, tuqimalar, a‘zo va 
tuqima elementlaridan tashkil topgan. Ana shu qismlarning bir-biriga uzviy 
bog‗lanishi natijasida bir butunga aylangan tuzilma bo‗lib, u beto‗xtov o‗zgarib 
turadi. Organizm uzi yashaydigan sharoitga moslashgan va shu sharoitsiz yashay 
olmaydi. 
Organizmning barcha a‘zolari bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq bo‗ladi, ya‘ni 
tomirlarda oqayotgan qon, limfa suYuqliklari yordamida gumoral yo‗l bilan 
bog‗lanadi, markaziy nerv sistemasi organizmni idora etib turadi, bularning hammasi 
organizmning bir butunligini ta‘minlaydi. 
Demak, odam organizmi tuqimalardan, a‘zolardan, sistemalardan tarkib 
topgan, ular o‗zaro birlashib, bir butun organizmni hosil qiladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin