52
I. Purkine (1787-1869) suyak hujayralari, Yurak muskullaridagi alohida
o‗tqazish tolalari (Purkine tolasi) va nerv tolalarining
mikroskopik tuzilishini
o‗rgandi.
Rossiyada XVII asrgacha vrachlar chetdan taklif etilib, faqat imperator
saroylaridagina xizmat qilganlar. Ammo XVII asr o‗rtalarida
toun zpidemiyasi
Moskvada birinchi tibbiyot maktabining (1654 y.) ochilishiga sabab bo‗lgan. Bu
maktabda anatomiya Vezaliyning "Odam tanasining tuzilishi to‗g‗risida"gi
qo‗llanmasidan o‗qitilgan. Ammo mavjud maktablarni bitirgan talabalar usha davrda
tibbiyotga bo‗lgan eqtiyojni qondira olmaganlar. Shuning uchun Petr I (1715)
Peterburgda va Kronshtadtda (1717), keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy
gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan. Petr I birinchi navbatda tibbiyot
asosi bo‗lmish - odam anatomiyasi fani bilan shug‗ullanishga da‘vat etgan, o‗zi ham
anatomiyani o‗rgangan. U Gollandiyada bo‗lgan
vaqtlarida anatomiyani, anatom va
botanik F. RYuishdan o‗rgangan va preparatlar tayyorlagan. Petr I RYuishdan
anatomik
preparatlar sotib olib, Peterburgdagi tabiat-ilmiy muzeyi ajoyibxonasiga
qo‗ygan. Preparatlarning bir qismi hozirda ham saqlanib qolgan. Petr I ning
tashabbusi bilan 1798 yilda Peterburgda Tibbiyot Akademiyasi tashkil etilgan.
Akademiyada ishlagan olimlardan biri ulug‗
rus mutafakkiri, tabiatshunos olim,
fizika va matematikani yaxshi bilgan M.V. Lomonosov bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: