Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Gabriel Fallopiy
(1523-1562) tarixda birinchi bo‗lib kalla suyaklarining 
tuzilishi va taraqqiyoti, muskullar, jinsiy a‘zolar, bachadon nayi (bu a‘zo muallif 
nomi bilan ham ataladi), eshituv va ko‗ruv a‘zolarini o‗rganib "Anatomik 
kuzatishlar" kitobini yozgan. 
B. Yevstaxiy
(1510-1574) Vezaliyning anatomiyadagi ayrim xatolarini 
aniqladi va tuzatdi. U ko‗proq, a‘zolarning rivojlanish jaraYoni bilan shug‗ullandi. 
Tishlar, buyraklar, eshituv a‘zolarini o‗rganib, birinchi marta halqum bilan o‗rta 
quloq bo‗shligini qo‗shib turuvchi eshituv yo‗lini (bu a‘zo shu olim nomi bilan xam 
ataladi) aniqladi. Yevstaxiy anatomiya soxasidagi tadqiqotlari natijalarini 1714 yilda 
"Anatomiya qo‗llanmalari" nomi bilan nashr ettirdi. 
XVIII
asrda anatomiya yangi ma‘lumotlar va topilmalarga yanada boyidi. 
Jumladan, I. Mekkel (1714-1774) Yonbosh ichak, ichakda saqlanib qolgan 
qo‗shimcha o‗simta (Mekkel divertikuli) ni, qanot-tanglay va jag‗ osti nerv 
tugunchalarini, uch shoxli nerv tugunining joylashgan chuqurchasini tasvirlab berdi. 
I. Gasser (1727-1779) uch shoxli nerv tugunini aniqladi. 


52 
I. Purkine (1787-1869) suyak hujayralari, Yurak muskullaridagi alohida 
o‗tqazish tolalari (Purkine tolasi) va nerv tolalarining mikroskopik tuzilishini 
o‗rgandi. 
Rossiyada XVII asrgacha vrachlar chetdan taklif etilib, faqat imperator 
saroylaridagina xizmat qilganlar. Ammo XVII asr o‗rtalarida toun zpidemiyasi 
Moskvada birinchi tibbiyot maktabining (1654 y.) ochilishiga sabab bo‗lgan. Bu 
maktabda anatomiya Vezaliyning "Odam tanasining tuzilishi to‗g‗risida"gi 
qo‗llanmasidan o‗qitilgan. Ammo mavjud maktablarni bitirgan talabalar usha davrda 
tibbiyotga bo‗lgan eqtiyojni qondira olmaganlar. Shuning uchun Petr I (1715) 
Peterburgda va Kronshtadtda (1717), keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy 
gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan. Petr I birinchi navbatda tibbiyot 
asosi bo‗lmish - odam anatomiyasi fani bilan shug‗ullanishga da‘vat etgan, o‗zi ham 
anatomiyani o‗rgangan. U Gollandiyada bo‗lgan vaqtlarida anatomiyani, anatom va 
botanik F. RYuishdan o‗rgangan va preparatlar tayyorlagan. Petr I RYuishdan 
anatomik preparatlar sotib olib, Peterburgdagi tabiat-ilmiy muzeyi ajoyibxonasiga 
qo‗ygan. Preparatlarning bir qismi hozirda ham saqlanib qolgan. Petr I ning 
tashabbusi bilan 1798 yilda Peterburgda Tibbiyot Akademiyasi tashkil etilgan. 
Akademiyada ishlagan olimlardan biri ulug‗ rus mutafakkiri, tabiatshunos olim, 
fizika va matematikani yaxshi bilgan M.V. Lomonosov bo‗lgan. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin