Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Gerofil 
(taxminan eramizdan oldingi 300-yilda tug‗ilgan) - Aleksandriya 
shahrida o‗qigan va saroy tabibi bo‗lib ishlagan. Gerofil a‘zolarning ichki tuzilishiga 
qiziqib, ularni birinchi marta kesib o‗rgangan (anatomiya - anatomeo, ya‘ni 
"kesaman", "yoraman") so‗zi ham ana shundan kelib chiqqan. Olim ko‗prok 
muskullarni, Yurakni, qon tomirlar va periferik nerv sistemalarini o‗rganib, birinchi 
bo‗lib xarakatchan va sezuvchan nervlarni aniqlagan. 
Antik davrda tibbiyot va jumladan anatomiya fani unchalik rivojlanmagan. 
Shunga qaramasdan qadimiy Rimda Ruf, Jolinus (Galen) kabi olimlar yetishib 
chiqqan, bular tarixda birinchi bo‗lib anatomiyaning lotincha atamalarini tuzishgan. 
Jolinus Xakim (
Klavdiy Galen, 130-210) - anatomiya, fiziologiya, falsafa va 
biologiya fanlarini mukammal o‗rgangan. Olim Aflotun va Arastuning idealistik 
g‗oyalarini quvvatlab, organizm o‗z vazifalarini uch xil rux orqali bajaradi: birinchisi 
- jigarda paydo bo‗lib, venalar orqali, ikkinchisi - Yurakda paydo bo‗lib,arteriyalar 
vositasida organizmga tarqaladi, uchinchisi esa miyada paydo bo‗lib, nervlar orqali 
organizmning barcha qismlarini idora qiladi, degan xulosaga kelgan. U suyaklar, 
muskullar, bosh va orqa miya anatomiyasini o‗rgangan. 
Jolinus hayvonlar Yuragini va qon tomirlarini o‗rganib, arteriyalarda havo 
emas, balki qon oqishini birinchi bo‗lib isbotlagan. U davrda odam anatomiyasini 
murdalarda o‗rganish mumkin bo‗lmaganligi tufayli olim odam a‘zolari 
anatomiyasini hayvonlarda o‗rganishga majbur bo‗lgan. Shu boisdan Jolinusning 
odam organizmining tuzilishi xaqidagi ma‘lumotlari xatolardan xoli emas. 
O‗rta (V - XI) asrlarda dinning fan rivojiga to‗siqinlik qilishiga qaramasdan 
o‗rta Osiyoda bir qancha mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri buYuk 
alloma Abu Ali ibn Sinodir (980-1037). U falsafa, adabiyot, matematika, kimyo, 
astronomiya, musiqashunoslik va tibbiyot bilan shug‗ullangan. U Buxoro shaqri 
yaqinidagi Afshona. Qishlog‗ida tug‗ilgan. Dastlabki ilmni Buxoroda olgan va 17 
Yoshlik chog‗idayoq ko‗pgina fanlarni mukammal egallagan. Abu Ali ibn Sino 
Xorazm va Eronda saroy tabibi bo‗lib xizmat qilgan. Tibbiyotdagi misli ko‗rilmagan 
buYuk va ajoyib xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mashxur etgan. 
Ibn Sino 100 dan ortiq asar yaratgan, bulardan eng kattasi - "Tib qonunlari" 
1000- yillarda yozilgan. Kitob 5 jildli bo‗lib, birinchi tomi anatomiya va 
fiziologiyaga bag‗ishlangan. Ibn Sino o‗zining bu buYuk va o‗lmas kitobida tibbiyot 
soxasidagi dunyoda bo‗lgan barcha ma‘lumotlarni to‗plabgina qolmasdan, o‗z 
kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari bilan fanni yanada boyitgan. Kitob turli 
tillarda qayta-qayta nashr qilingan, dunyodagi xamma mamlakatlarda 600 yildan 
ziyodroq muddat ichida tibbiyot bilim Yurtlarida asosiy o‗quv qullanmasi bo‗lib 
xizmat qilib kelgan va xanuzgacha hizmat qilmoqda. 
Ibn Sino organizmni o‗rganishda odam konstitusiyasiga birinchi bo‗lib e‘tibor 
berdi. "Tib qonunlari" tomlarida ichki kasalliklar, xirurgiya, farmakologiya, gigiena 
va tibbiyotning boshka qismlari tug‗risida batafsil ma‘lumotlar berilgan. "Tib 
qonunlari" o‗zbek tilida birinchi marta 1954-1956 yillarda Toshkentda bosilib 
chiqqan. 


51 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin