M.V.Lomonosov (1711 -1765) Rossiyada nervizm g‗oyalarini targ‗ib qilgan,
anatomiyani o‗rganishga da‘vat etgan va tabiatshunoslik faniga asos solgan olim
bo‗lgan. Organizmdagi ko‗zga ko‗rinmaydigan mayda zarrachalarni o‗rganishda
mikroskopning axamiyatini kursatib berdi.
M.V. Lomonosov tashabbusi bilan ochilgan dorilfunun (1755) qoshida tibbiyot
fakulteti bo‗lgan.
N.I. Pirogov (1810-1881) rus xarbiy-dala jarroxligining asoschisi va topograf
anatomidir. U odam organizmidagi a‘zolarni muzlatib, sotirib, qavatma qavat qilib
kesib o‗rgangan va juda ko‗p preparatlar tayyorlab, rasmlarni chizdirgan. N. I.
Pirogov organizmdagi fassiyalar, muskullar va qon tomirlarni o‗rgandi. Olim
o‗zining ko‗p yillik ilmiy mexnatini yakunlab "Muzlatilgan murdalarni arralab
o‗rganilgan topografik anatomiya" atlasini (1859) yozdi.
V.I. Bes (1834-1894) Kiev dorilfununining professori, anatom. U bosh
miyaning pustloq, qavatini, buyrak usti bezi va jigardagi qon aylanish tartibini
o‗rgangan.
D.N. Zernov (1843-1917) moskvalik anatom. Bosh miyani o‗rganib dunyodagi
turli millat vakillarining bosh miyasi tuzilishida farq, yo‗qligini isbot etdi va shu
xususda xukm surib kelgan idealistik nazariyani fosh qildi.
V. M. Bexterev (1857-1927) nevropatolog, psixiatr va atokli anatom. U bosh
miyaning pustloq, qismida joylashgan bir qancha analizator markazlarini va ularning
utqazuvchi yo‗llarini o‗rganib, talaygina ilmiy asarlar yozdi.
Rossiyada XX asr boshlarida anatomiya fanini rivojlantirishda mashxur
fiziologlardan I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, V.M. Bexterev va boshqalarning
xizmatlari nihoyatda katta bo‗ldi.
I.M. Sechenov (1829-1905)
ulug‗
rus
olimi,
materialistiknervizm
g‗oyalarining asoschisi bo‗lib, u organizmni bir butun bo‗lib, tashqi muxit bilan
bog‗langanligini isbotladi.