Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

I.M. Sechenovning
1863 yili yozgan "Bosh miya reflekslari" kitobida oliy 
materiyadan tuzilgan miyaning vazifalarini materialistik nazariyalar asosida 
tushuntirib, organizm uzini o‗rab turgan tashki muhitsiz yashay olmasligini isbotladi. 
I.P. Pavlov 
(1849-1936) ulug‗ rus fiziologi. U odam markaziy nerv sistemasi 
fiziologiya-sini o‗rganishga salmog‗li hissa qo‗shgan anatom xamdir. I.P. Pavlov 
bosh miya pustlogi va unda joylashgan markazlar tug‗risidagi tushunchani 
takomillashtirdi. Jumladan, miya yarim sharlari-ning hamma qismlari (harakat 
sohalari ham) sezgi impulslarini qabul qiluvchi markazlar ekanligini isbotladi va 
ularni analizator deb atadi. U birinchi bo‗lib ikkita signal sistemasi tug‗risida, shartli 
reflekslar va oliy nerv sistemasining faoliyati turg‗isidagi materialistik nazariyani 
ilgari surib, tugallangan ta‘limot yaratdi.
 
P.F. Lesgaft 
(1837-1909) sportchilarda a‘zolarning tuzilishini o‗rgandi. U 
organizmning rivojlanishi va tuzilishiga tashki muhit, jismoniy mashg‗ulotlar ta‘sirini 
o‗rganib, "Maktab Yoshigacha bo‗lgan bolalarning badan tarbiyasiga doir qo‗llanma" 
(1888-1901), "Anatomiya nazariyasi asoslari" (1892) asarlarini nashr etdi. Bunda 
jismoniy mehnat bilan aqliy faoliyatning o‗zviy birligini aniqladi.

Akademik V.P. Vorobev 
(1876-1937) Xarkov tibbiyot bilimgohining 
professori, a‘zolar va ulardagi nerv tolalarini makro-mikroskopik o‗rganishga asos 
soldi. Murdani mumiyolash ustida ko‗p ishlar qildi, olimlar ichida birinchi bo‗lib 5 
tomlik anatomiya atlasini tuzdi. 
V.N. Tonkov 
(1872-1954) qon tomirlar sistemasini eksperimental yo‗l bilan 
o‗rganib, kollateral (Yonlama) qon aylanish tug‗risidagi g‗oyani rivojlantirdi. 
Rentgenoanatomiya ustida ishladi. 
B.A. Dolgov
-
Saburov
(1900-1960) ichki a‘zolar nerv sistemasining qon 
tomirlar bilan aloqasini, venalar innervasiyasini o‗rgandi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin