Vilyam Garvey (1578-1657) anatom va fiziolog bo‗lib, o‗z kuzatishi va
tajribalari asosida 1628 yilda e‘lon qilingan "hayvonlarda Yurak va qon xarakati
to‗g‗risida anatomik tekshirishlar" degan ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish
sistemalarini tarixda birinchi marta ilmiy ravishda isbotlab bergan. Garvey qonni
arteriyadan venaga ko‗zga ko‗rinmaydigan mayda tomirchalar orqali o‗tadi, deb
taxmin qilgan.
M. Malpigi (1628-1694) 1661 yilda arteriya bilan venani bir-biriga qo‗shib
turadigan kapillyarlar borligini mikroskop ostida ko‗rib isbotladi.
Frederik RYuish (1638-1731) gollandiyalik dorixona xizmatchisi, botanik va
anatom. qon tomirlarga rangli moddalar Yuborib o‗rgangan va preparatlar
tayyorlagan.
Uyg‗onish davrida (XP - XIII asrlarda) anatomiya faniga qiziqish Italiyada,
keyin Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablarida yangitdan boshlanadi. Olimlarning
talabi bilan har besh yilda bir marta murdani ochib o‗rganishga ruxsat berilgan.
Natijada dunyoda birinchi marta (1326 y.) Mondino da LYusi (1275-1327) ikki
murdani o‗rganib, olingan ma‘lumotlar asosida anatomiya darsligini yozdi.
Leonardo da Vinchi (1452-1519) Uyg‗onish davrining buYuk allomasi,
italiyalik rassom, matematik, injener va faylasufdir. Odam portretlarini to‗g‗ri chizish
maqsadida 30 dan ortiq murdani kesib o‗rgangan va a‘zolar rasmini chizib chiqqan. U
dunyoda birinchi bo‗lib muskullarning ishlash dinamikasini o‗rganib, shu bilan
plastik anatomiyaga asos solgan.
Andrey Vezaliy (1514-1564) Venesiya dorilfununida anatomiya professori
bo‗lib ishladi. U juda ko‗p murdalarni kesib o‗rgandi, hayvonlarda tajriba o‗tqazdi.
Shular asosida 1538 yili "Anatomiya jadvallari" atlasini va "Odam tanasining
tuzilishi to‗g‗risidagi etti kitob" ni yozdi.
Vezaliyning anatomiya soxasidagi asarlariga I.P. Pavlov "Vezaliyning asari
insoniyatning yangi tarixdagi qadimiy mualliflarni takrorlamaydigan mustaqil
tadqiqotdir, bu kitob odam anatomiyasidan aql-idrokka tayanadigan birinchi
asardir",- deb baxo bergan.