Talabalar bilimini joriy baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi: O„zlashtiris h (%) va ballarda Baho Talabaning bilim darajasi 96-100
A‘lo «5»
Mashg‗ulot mavzusi bo‗yicha talabaning javobi to‗liq, turli
manbalardan olingan qo‗shimcha ma‘lumotlarga boy, bilim
hajmi dastur doirasidan chiqadi. Dasturda tavsiya etilgan
asosiy adabiyotlarni to‗liq o‗zlashtirgan va qo‗shimcha
adabiyotlar bilan tanish. Mashg‗ulotda berilgan vazifalarni
o‗z vaqtida, sifatli bajaradi. Vaziyatli masalalarni echishda
ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi va javobini mantiqan
asoslaydi.
Mavzu
muhokamasi,
munozaralarda
faol
qatnashadi, o‗z fikrini himoya qila biladi. Mavzu bo‗yicha
biologiya,gistologiya normal fiziologiya va biokimyo
fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi, mustaqil xulosa
va qaror qabul qila oladi. Interaktiv o‗yinlarda faol va ijodiy
qatnashadi.
Amaliy ko‗nikmalarni to‗liq egallagan, mavzuga oid
preparatlarni o‗rganishda olgan nazariy bilimlarini qo‗llaydi,
preparatlar elementlarini aniq biladi, preparatdagi barcha
tuzilmalarni to‗g‗ri ko‗rsatadi, asoslaydi va tushunib chizadi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o„zlashtirish, referat, ilmiy maqola, tezislar va ma‟ruzalar tayyorlash.Albomlarga rasmlar chizish Referat tayyorlash . Talaba asosiy adabiyotlardan tashqari
qo‗shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy
maqolalar, Internetdan olingan ma‘lumotlar, elektron
kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar
yig‗gan, tahlil qilgan, tizimga solgan. Referat mavzusi har
tomonlama va to‗liq ochib berilgan, matn mantiqiy ketma-
38
ketlikda ifodalangan, to‗g‗ri hulosa chiqarilgan va ijodiy
fikrlar mavjud.
Ijodiy ishlash . Mashg‗ulotda berilgan vaziyatli masalalar,
krossvordlar, organayzerlarni to‗g‗ri echgan, ularni echishda
ijodiy Yondoshgan, javob asoslangan. Jadvallar to‗g‗ri to‗liq
to‗ldirilgan.