9
- organ va a‘zolarning tashkil etgan sistemalar tuzilishdagi
Yoshga nisbatan farqni
bilish
- organ va a‘zolar sintopiya va skletopiyasini bilish
- anatomik bilimlarni erkin bilish ( umurtqalar o‗sig‗i,qovurg‗a ,qo‗l va oyoq
suyaklarining o‗siqlari ko‗z osti va ko‗z usti teshigi ,so‗rg‗ichsimon o‗siq va
boshqalar)
- odam anatomiya fanini o‗rganish
natijasida ,boshqa klinik fanlarni o‗zlashtirishga
tayyor bo‗lishi kerak
-ilmiy adabiyotlardan to‗g‗ri foydalana olish va ular asosida prezentatsiyalar
tayyorlash va referatlar yozishni bilish.
- o‗z fikr-mulohaza va xulosalarini asosli tarzda aniq baYon eta olish
ko‘nikmalariga
ega bo‘lishi kerak.
1.3. Fanning o„quv rejadagi boshqa fanlar bilan o„zaro bog„liqligi va sog„liqni
saqlash tizimidagi o„rni
Mazkur fan o‗quv rejadagi tibbiy biologiya va genetika,
biofizika,gistologiya,
normal fiziologiya, biokimyo kabi fanlar bilan uzviy bog‗liqdir. Fanni o‗rganishda
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari biologiya,
anatomiya, kimyo kurslarida
olingan nazariy va amaliy bilimlar zarur bo‗lsa, o‗z navbatida bu fandan olingan
bilimlar
patologik fiziologiya, patologik anatomiya, farmakologiya va klinik
yo‗nalishdagi fanlarni chuqur o‗zlashtirishda ko‗prik vazifasini o‗taydi.
Odam anatomiyasi fani umumiy amaliyot shifokorida
tibbiy bilimlar asosini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. U boshqa zaminiy fanlar bilan birgalikda
organizm to‗g‗risida yaxlit ma‘lumot berish, shu bilan birga talabada klinik fikr
Yuritishni rivojlanishini ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: